Mundarija: Kirish I bob. Hindistonda turizmning ahamiyati va o’rni


Tanishlar va qarindosh – urug’larnikiga tashrif



Yüklə 48,84 Kb.
səhifə6/10
tarix20.02.2023
ölçüsü48,84 Kb.
#85093
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Hindistonda turizmning rivojlanish dinamikasi

Tanishlar va qarindosh – urug’larnikiga tashrif. Turistik statistikaning ko’rsatilishicha, sayohatning bu turi o’zida xalqaro turizmning katta segmentini mujassam etgan. Qarindoshlar bilan uchrashish maqsadida juda tez-tez safarlar qayta takrorlanadi, bo’lish davomiyligi esa ishga doir va rekreatsion safarlardan ortiqdir.
Turistik bozorning mazkur segmenti yana etnik yoki qo’msash - sog’inish turizmi deb ham ataladi. Bu odamlar do’stlari, qarindoshlari bilan uchrashish ehtiyojga bog’liq bo’lib, xalqaro turistik almashinishda muhim o’rin egallaydi. Odatda, bozorning bu segmentida ishlarga bir necha turfirmalar ixtisoslashadi.
Diniy (ziyorat) turizm hozirgi paytda ommaviy tus olyapti. Uning bir necha turlari ajratiladi:


  • Ziyorat ( muqaddaj joylarga tashrif va ibodat qilish );

  • Bilimni orttirish safari (diniy, tarixiy yodgorliklar va boshqalar bilan tanishish);

  • Ilmiy safar din bilan shug’ullanuvchi tarixchi va boshqa mutaxassislarning safari.

Harakatlanish usullari bo’yicha tasniflash. Harakatlanish usuliva tanlangan transport turiga bog’liq holda turizmni aviatsion, temiryo’l, avtoturizm, avtobusli, suv piyoda, velosipedli turlarga ajratish mumkin.

18
I BOB. RUMINIYADA TURIZMNING AHAMIYATI VA


O’RNI

    1. Xalqaro turizmning rivojlanishi va tasnifi

Turizm fransuzcha tour so’zidan olingan bo’lib, sayr-sayohat ma’nosini anglatadi.
Endi turizmning taraqqiyot jarayoniga nazar tashlab o'tamiz. Zamonaviy texnika vositalari harakatlanish xarakterini tubdan o’zgartirib yuborib, xohlangan vaqtda sayohat qiilish imkonini berdi. Manbalarda 1815-yilda Fransiya – Angliya o’rtasida maxsus turlar tashkil qilinganligi yoziladi. Yozuvchi va sayohatchi D.Galinyany keng omma uchun Parijdan Londonga uyushtiriluvchi bunday turlarning tashabbuskori bo’lgan. 1829-yilga kelib sayohatchilar uchun maxsus tayyorlangan dastlabki yo’l ko’rsatgich K. Beadeker tomonidan tayyorlangan va nashr qilingan bo’lib, U hozirgi kunda ham chop etilib, Evropa bo’ylab sayohat qiluvchi turistlar o’rtasida keng tarqalgan. Texnika taraqqiyoti ommaviy turizmning rivojlanishiga katta turtki bo’ldi. 1830-yilda jahonda birinchi temir yo’l Manchester va Liverpul o’rtasida ishga tushib, u amalga sayohat uyushtirishning vaqt chegaralarini o’zgartirib yubordi. Ilgari haftalab davom etgan sayohatlarni endilikda arzimagan haq to’lab amalga oshirish har bir kishining qo’lidan keladigan bo’lib qoldi. Temir yo’llar barcha mamlakatlarda misli ko’rilmagan suratlarda qurila boshladi. 1833-yilda Rossiyada CHerepanovning birinchi parvozi quruldi. 1842-yilga kelib Angliyada temir yo’l orqali yo’lovchi tashish ko’rsatkichi 23 million kishiga yetdi. AQSH da 1850-yilga kelib 15 ming chaqirim masofali temir yo’llar qurib bitkazilgan. Toshkentda esa birinchi temiryo’l 1899-yil Krasnovodsk –Toshkent va keyinchalik 1905-yil Toshkent – Orenburg yo’nalishda ishga tushirilgan
6
O’zbekiston Respublikasining “Turizm to’g’risida”gi Qonunida turizm tushunchasiga quyidagi tarzda ta’rif berilgan: “Turizm-jismoniy shaxsning doimiy istiqomat joyidan sog’lomlashtirish, ma’rifiy, kasbiy-amaliy yoki boshqa maqsadlarda borilgan joyda (mamlakatda) haq to’lanadigan faoliyat bilan shug’ulllanmagan holda uzog’I bir yil muddatga jo’nab ketishi ( sayohat qilishi)”
Bugungi kunda zamonaviy turizm asoschisi deb tan olingan baptist ruxoniysi – Tomas Kuk birinchilardan bo’lib sayohatchilarning ommaviy safar uyushtirishning foydaliliginianglab yetdi hamda 1843-yilda o’z qavmi uchun dastlabki temir yo’l orqali turni tashkillashtirdi va muvaffaqiyatga erishdi. Kuk 1851-yili mamlakatning barcha burchagidan kelgan inglizlarning Parijdagi ko’rgazmada ishtirok etishni tashkillashtirib, 165 ming kishini olib kelishga musharraf bo’ldi. Ko;rgazma turlari katta foyda keltirganligi sababli, Kuk Angliyalik turistlarning 1865-yilda Parijdga Butunjahon ko’rgazmasiga ommaviy ravishda tashrif buyurishi tashkilotchisi bo’ldi.1856-yildan boshlab Evropa bo’ylab turli odatiy holga aylandi, Kukning turistik agentligi va joylarda uning filiallari tuzildi. Turistik kompaniyaning misli ko’rilmagan muvaffaqiyatga erishganligini Kuk turistlarga taklif etgan katalogdan 8 mingdan ortiq mehmonxonalarning o’rin olganligi ham tasdiqlaydi. 1870-yilda “Tomas Kuk” turistik firmasi mijozlari soni 500 ming kishiga etdi.
Evropa va Amerika qit’alari o’rtasida muntazam kema qatnovi 1832-yilda yo’lga qo’yilgan bo’lib, 1866-yilda Kuk AQSHga turistlarning dastlabki ikki guruhini jo’natadi. Turlar uzoq muddatli, besh oygacha davom etgan. Tomas Kuk xizmatlaridan foydalangan Amerikalik taniqli turistlardan biri Mark Tven bo’lib, u oltmish kishidan iborat guruh
7

tarkibida ishtirok etgan va keyinchalik bu sayohatni qalamga olgan. Tomas Kuk 1872-yilda birinchi bo’lib sanoat asosida jahon bo’ylab sayohat uyushtirishni taklif qilgan. Dastlabki 20 sayohatchi butun Jahon bo’ylab 220 kun davomida sayohat qilganlar. Tomas Kuk 1892-yilda vafot etdi va uning ishlari o’g’illari va sheriklari davom ettirishgan. Kompaniya o’z faoliyat sohasini kengaytirib, yirik moliyaviy institutga aylangan va sayohatchilar uchun yo'l cheklari chiqara boshlagan. Bu esa o’z mohiyatiga ko’ra asr ixtirosi-xavfsiz pullar edi. Bugungi kunda “Tomas Kuk” kompaniyasi butun dunyoda 12000 dan ortiq turistik agentliklarga ega bo’lib, yiliga 20 milliondan ortiq turistga xizmat ko’rsatadi.


Sayohatlardan hayot faoliyatining alohida jozibador usuli sifatida yangi shakl-turizm ajralib chiqib, u o’ziga xos xususiyatlar va xislatlari bilan tavsiflanadi. Turizmni sayohatlardan ajratib turuvchi asosiy jihati bu uning tashkiliy jihatdan yo’lga qo’yilganligida, maqsadli va ommaviyligidadir.
Sayohatchi-bu birinchi navbatda agar ta’bir joiz bo’lsa kasb bo’lib, odamlarning kun ko’rish manbai yoki sayohatda ishtirok etuvchilarning turmush tarziga aylanishi mumkin. Bu esa faoliyatning maqsadi bo’lib, turizm maqsadlaridan farq qiladi. SHunday sayohatlar ham borki, ularni kasb ham deb bo’lmaydi. Bunday sayohatlar e’tiqod bilan bog’liq. Masalan, Imom Buxoriyni olaylik. U Payg’ambarimiz alayhissalomning hadislarini to’plash maqsadida Hijoz, Makka, Madina, Toif, Jidda, Basra, Kufa , Bag’dod,SHom, Misr, Balx, Hirot, Nishopur, Ray, Jibol shaharlarida bo’lib, o’ta mashaqqatli tarzda Bahovuddin Naqishband, Amir Temur, Mirzo Ulug’bek, Bobur Mirzo va boshqa ko’plab sarkarda , aloha ahli donishlarimizning o’zga yurtlarga o’z maqsadlarini amalga oshirish uchun borganliklarini ham sayohatlar
8
qatoriga kiritishimiz mumkin. Afsuski, musulmon bo’lmagan mutaxasislar tomonidan yozilgan birorta adabiyotda ularning ism shariflari ko’rsatib o’tilmagan.
Shulardan kelib chiqib aytish mumkinki, turizm-bu sayohatlarning bir turi bo;lsada, (biz yuqorida aytib o’tgan tavsifnomaga asosan) odamlarning turli hududlarga tashrif buyurishi bo’lib, unda ishtirok etuvchi shaxs maqsadlari, yo’nalishi va harakatlanish vositalaridan qat’iy nazar turist deb ataladi. Sayohatlardan farqli ravishda, turizm iqtisodiyot va siyosatning kuchli ta’siriga uchrovchi toifadir.
Turizmning o’ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqqan holda turistni dengizchi, kosmonavt, biznesmen, naturalistva hokazo deb atash mumkin. Statistikada sayohat qiluvchi shaxs vizitordeb ataladi. Tashrif buyuruvchilar tunovchi, ya’ni, vaqtinchalik bo’luvchi joylarga hech bo’lmasa bir kecha yotib qoluvchilar va bir kunlik (24 soatgacha bo’luvchi) turistlarga bo’linadi.
Turizm bu:

  1. Turistlar tomonidan amalga oshiriluvchi, aniq belgilangan turistik maqsadlarga ega ommaviy sayohatlar turi, ya’ni turistning faoliyatidir.

  2. Bunday sayohatlarni uyushtirish va amalga oshirish bo’yicha turistik faoliyatdir. Bunday faoliyat turli xil turistik sanoat korxonalari va ular bilan bog’liq tarmoqlar tomonidan amalga oshiriladi.

Xo’sh, turizm qadimda ham mavjud bo’lganmi? – degan haqli savol tug’lishi, tabiiy. Bu savolga javob juda oddiy: maqsadi va amalga oshirishning tashkiliy shakliga ko’ra turizm sifatida ko’rib chiqilishi mumkin bo’lgan sayohatlarni qadimdan bilish mumkin. O’rta asrlar
9
esa diniy – ziyoratchilar guruhlarini kuzatib boorish bo’yicha tashkillashtirilgan faoliyatning boshlanishi ko’zga tashlanadi. Bu jarayonlarni detalli ravishda ko’rib chiqqanda ularni turizmga, yanayam to’g’rirog’I, turizm ibtidosiga borib taqash mumkin. Hozirgacha Tomas Kuk turizmni tashkillashtirganligi uchungina bu faoliyatning asoschisi sifatida tan olinadi. Nima, xaj va umra ziyoratini tashkillashtirgan tashabbuskorlar o’sha vaqtlarda bo;lgan emasmi? Albatta bo’lgan. Bunday ziyoratlarda ham odamlar guruh-guruh bo’lib borishgan. Ota-bobolarimiz ularni uyushtirishgan. Kimlardir shunday ishlarga bosh bo’lgan. Yoki, savdogarlikni olaylik, ayniqsa, “Buyuk ipak yo’li” tarixida bunday ishlarni tashkil etgan, savdogarlarning omon-eson manzillariga yetib borishlarini tahskillashtirib bergan kishilar bo’lmaganmi? Bo’lgan albatta. Balki, ularning mingboshi, yuzboshi, bo’lsa, turizm faoliyati amalga osirilgan. Bizning galdagi vazifamiz shunday zahmatkash kishilarni sayohat ( turizm ) ishi tashkilotchilarini eski manbalardan izlab toppish va uni xalqimizga yetkazishdir.
Turizm XIX asrning oxiriga borib shakllangan bo’lsada, faqat
XX asrga kelib u jadal suratlarda rivojlandi hamda texnika va texnalogiyalarning rivojlanishi, jamiyat munosabatlarining yuksalishi natijasida u “XX asr fenomeni “ nomini oldi. Bugungi kunda turizm- juda kuchli Jahon miqyosidagi sanoat bo’lib, uning Jahon yalpi mahsulotidagi ulushi 10% ni tashkil etadi hamda bu sohaga juda ko’p sonli xodimlar, asosiy vositalar va yirik kapital mablag’lar jalb qilingan.
Turizmdan tushadugan foydani tahlil etish qiziq taqqoslarga olib keladi. Rossiyaliklarga qaraganda AQSH aholisining har biriga ikki barobar ko’p turist to’g’ri kelsa, bu tarmoqdan tushadigan foyda esa besh barobar ko’pdir. Sankt-Peterburg kurortining 250 ming aholisidan 60 ming nafari turizm sohasida band bo’lib, har yili 5 mlrd turistga
10

xizmat ko’rsatishadi. Andorrada esa ahvol yanada keskinroq. Bu yerda


50-60 ming kishi 12 mln. Turistlarga xizmat qilib, ularga mahsulot sotishadi. Andorra soliqsiz savdo hududidir. Demak, bu holat ishni yanada avj oldirish uchun muhim.
Turizm xizmat ko'rsatish tarkibidan qat’I nazar, xizmatlar ko’rsatish joyiga va mazkur xizmatlarni iste’mol qiluvchi turistlar guruhiga ko’ra: ichki va xalqaro turizmga bo’linadi.
Ichki turizm ( domestic or internal tourism )- ma’lum bir davlatning o’z hududi doirasida aholi tomonidan turistlarga xizmat ko’rsatish faoliyati. Bunday turistlar mahalliy ( yoki milliy ) turistlar kategoryasiga kiradi. Xalqaro turizm ( international tourism ) esa, biror davlatga boshqa davlat turistlarining borishi va ularga xizmat ko’rsatilishidir. Bunday turistlar xorijiy turistlar kategoriyasiga kiradi.
Jahon xalqaro iqtisodiy munosaabatlarida xalqaro turizm muhim rol o’ynaydi. U odatdagi eksport shakli sifatida baholanmaydi chunki, sayyohga sayyohlik mahsuloti yetkazib berilmaydi va u sayyohlik maxsulotini iste’mol qilish uchun o’sha joyga o’zi keladi.
Sayyohlik mahsuloti deganda sayyohlik yo’llanmalariga kiradigan xizmatlar jamlanmasi tushuniladi. Bu esa xalqaro turizmning boshqa eksport turlaridan farqi mavjudligini ko’rsatadi. Xalqaro turizmda qatnashgan turistlar soni boshqa davlatga o’zimizdan ketgan turistlarga teng. Xalqaro turizm qancha yaxshi rivojlansa shunchalik davlatga ko’proq valyuta tushumi bo’ladi.

Yüklə 48,84 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin