Mundarija Kirish i-bob. Iqtisodiy muvozanatlilikning mohiyati va unga erishish yo‘llari


Yalpi sarflar va ishlab chiqarish hajmini taqqoslash



Yüklə 334,4 Kb.
səhifə3/7
tarix13.05.2023
ölçüsü334,4 Kb.
#113041
1   2   3   4   5   6   7
Kirish (4) (2)

Yalpi sarflar va ishlab chiqarish hajmini taqqoslash uchun ishlab chiqarish umumiy hajmining miqdoriy ko‘rsatkichi sifatida sof milliy mahsulot (SM M ), iqtisodiyotda yalpi sarflar sifatida iste’mol hajmi va sof investitsiya sarflarining um umiy summasi (S + In) olinadi. Mazkur modelda yalpi investitsiyalar o‘rniga sof investitsiyalar ko‘rsatkichidan foydalanish ishlab chiqarish um umiy hajmini ifodalashda YalM o ‘rniga SM M ning qollanishi bilan izohlanadi. Iqtisodiy muvozanat darajasini tahlil qilish jarayonini soddalashtirish maqsadida yalpi sarflar tarkibidagi davlat (G) ham da chet el omili (Xn) e’tiborga olinmaydi.
Iqtisodiyotning muvozanatli darajasi bu ishlab chiqarishning shunday hajmiki, u ishlab chiqarish mazkur hajmini sotib olish uchun etarli umumiy sarflarni ta’minlaydi. Boshqacha aytganda, sof milliy mahsulot muvozanatli darajasida ishlab chiqarilgan tovarlaming umumiy miqdori (SMM) xarid qilingan tovarlar umumiy miqdoriga (S+In) teng bo‘ladi (2-chizma).
1.1-chizma

Chizm adan ko‘rinadiki. yalpi sarflar hamda ishlab chiqarish hajmi o‘rtasidagi tenglik ushbu ko‘rsatkichlar joylashgan o‘qlarning o‘rtasidan 45° burchak ostida o‘tuvchi to‘g‘ri chiziq orqali ifodalanadi. Haqiqatan ham bu to‘g‘ri chiziqning har qanday nuqtasidan chiqarilgan yotiq va tik yo‘nalishdagi chiziqlar teng m iqdorlarni ko‘rsatadi. S chizig‘i esa, iste’mol sarflari m iqdorini aks ettirib, daromad (ya’ni SM M ) hajmi oshib borishi bilan uning darajasi ham o‘sib boradi. Yalpi sarflar (S + In) chizig‘ini hosil qilish uchun iste’mol sarflarining (S) turli hajmiga mos tushuvchi sof investitsiyalar ( ln) miqdori qo‘shib boriladi. Bu o‘rinda tadbirkorlar tom onidan amalga oshirish ko‘zda tutilayotgan investitsiyalar hajmi darom ad darajasiga bog‘liq emas, deb qabul qilinadi. Shu sababli yalpi sarflar chizig‘i iste’mol sarflari chizig‘idan In miqdoriga teng uzoqlikda joylashadi.
Chizmada iqtisodiy muvozanatga E nuqtada erishiladi, ya’ni aynan shu nuqtada ishlab chiqarilgan sof milliy mahsulot hajmi (SM M e) iste’mol qilingan mahsulot hajmiga ( S + l n)E teng keladi.
To‘la bandlik sharoitida yalpi sarflar SMM hajmi bilan mos kelmasligi mumkin. Bu mos kelmaslik chizm ada retsession yoki inflyatsion farq ko‘rinishida ifodalangan. Yalpi sarflarning SM M hajmidan kam bo‘lgan miqdori retsession farq. yalpi sarflarning SM M hajm idan ortiqcha bo‘lgan m iqdori inflyatsion farq deyiladi.
Jamg‘arma va investitsiyalami taqqoslash usulming mohiyati shundaki, ishlab chiqarilgan mahsulotning har qanday hajm i shunga mos darom ad hajmini beradi. Biroq aholi bu darom adning bir qismini iste’mol qilmasdan jam g‘arm aga qo‘yishi m um kin. Jamg‘arma “sarflar- darom adlar” oqimidan potensial sarflarni olib qo‘yish hisoblanadi. Bunda jam g‘arm aga qo‘yilgan mablag‘ investitsiyalar bilan to‘liq qoplansa, yalpi sarflar ishlab chiqarish hajmiga teng bo‘ladi (3-chizma).
1.2-chizma

Investitsion sarflarning ko‘payishi ishlab chiqarish hajmi va daromad darajasining o‘sishiga olib keladi. Bu o‘zaro natija multiplikator samarasi bilan izohlanadi. Multiplikator tushunchasi «ko‘paytiruvchi» degan ma’noni anglatadi. Multiplikator samarasining mohiyati investitsiya hajm ining o‘sishi jam iyat milliy darom adining unga nisbatan ko‘proq o‘sishiga olib kelishi orqali ifodalanadi.
Multiplikator samarasi — bu sof milliy mahsulot o ‘zgarishining investitsiya sarflaridagi o‘zgarishga nisbati:

Yoki, multiplikator koeffisitentini quyidagicha ifodalash ham m um kin:

Investitsion sarflardagi o‘zgarishdan tashqari iste’mol, davlat xaridi yoki eksportdagi o‘zgarishlar ham m ultiplikator samarasiga ta ’sir ko‘rsatadi.
Multiplikator samarasi ikkita holatga asoslanadi. Birinchidan, iqtisodiyotda bir subyekt tom onidan qilingan sarf, boshqasi tom onidan daromad shaklida olinadi. Ikkinchidan, daromaddagi har qanday o‘zgarish iste’mol va jam g‘arm ada xuddi shunday yo‘nalishda o‘zgarish bo‘lishiga olib keladi.
Shu o‘rinda ta ’kidlash lozimki, jam g‘arm a va investitsiya darajasi ham o‘ziga xos chegaralarga ega bo‘lib, bu borada klassik va keynscha qarashlar tafovutlanadi. Klassik nazariya qarashlariga ko‘ra, jam g‘arm a investitsiya manbai bo‘lib, jam g‘arm aga nisbatan moyillikning yuqori darajasi muqarrar ravishda iqtisodiyotning yuksalishiga olib keladi.
Keynscha nazariya esa klassik talqinga qarshi chiqib, iqtisodiy jihatdan rivojlangan mamlakatlarda bu jarayon o‘zgacha kechishi ta ’kidlanadi. Chunki, rivojlangan mam lakatlarda jam g‘arm aga bo‘lgan intilish investitsiyalashga bo‘lgan intilishdan jadalroq bo rib, u quyidagi sabablar bilan izohlanadi:
Birinchidan, yuqori foyda keltiruvchi kapital qo‘yilm alarning muqobil imkoniyatlari qisqarib boradi. Natijada kapital jam g‘arishning o‘sishi bilan uning amal qilishining keyingi qo‘shilgan samaradorligi pasayib boradi.
Ikkinchidan, rivojlangan mam lakatlarda darom adlarning o‘sishi bilan jamg‘arm aning ulushi oshib boradi. Shunga ko‘ra, jamg‘arma hajmi investitsiya sarflari hajmidan oshib ketsa, jamg‘arma egalari muvaffaqiyatsizlikka duchor bo‘ladilar. Bu holatni iqtisodiy adabiyotlarda «tejamkorlik paradoksi» tushunchasi orqali izohlanadi.
Bu paradoksning mohiyati shundan iboratki, investitsiyalar nazariy jihatdan avtonom va hosilaviy investitsiyalarga ajratilib, avtonom investitsiyalar milliy daromad hajmi va uning o‘zgarishiga bog‘liq bo‘lm asa, hosilaviy investitsiyalar milliy darom adning o‘zgarishiga ham bog‘liq bo‘ladi. Aynan avtonom investitsiyalarga qo‘shim cha ravishda o‘sib boruvchi hosilaviy investitsiyalar iqtisodiy o‘sishni kuchaytirishi, uni jadallashtirishi natijasida akselerator samarasi ro‘y beradi («akselerator» tushunchasi jadallashtiruvchi degan m a’noni anglatadi).
Hosilaviy investitsiyalarning iqtisodiy tabiatidagi o‘ziga xoslik shundaki, u milliy daromadning o‘sishiga qanchalik uzviy bog‘liq bo‘lsa, uning qisqarishiga ham shu darajada ta ’sirchan bo‘ladi. Ya’ni, iqtisodiyotdagi darom adlarning qisqarishi hosilaviy investitsiyalarning undan ham tezroq qisqarishiga olib keladi. Natijada iqtisodiyotda ishlab chiqarish resurslarining bandlilik darajasi pasayadi. Bunday sharoitda jamg‘armaga bo‘lgan moyillikning o‘sishi o‘z navbatida iste’molga bo‘lgan moyillikning pasayishini anglatadi. Iste’mol sarflarining qisqarishi esa. mavjud tovar va xizm atlam ing sotilmay qolishiga, ya’ni ishlab chiqarish zahirasining ko‘payishiga olib keladi. Oqibatda yangi kapital qo‘yilmalar amalga oshirilmaydi, ishlab chiqarish qisqaradi, ishsizlikning o‘sishi va darom adlam ing pasayishi ro‘y beradi. Aholi tomonidan jam g‘arm aning haddan ortiq ko‘paytirib yuborilishi oqibatida kelib chiquvchi salbiy jarayonlar, ya’ni «tejamkorlik paradoksi» shunday tarzda namoyon bo‘ladi. Mazkur jarayonni quyidagi chizma orqali ham kо'rib chiqish mumkin (4-chizma):
1.3-chizma

Chizmaning yotiq o‘qida milliy darom ad, tik o‘qida esa, jam g‘arm a va investitsiyalar hajmi joylashtirilgan bo‘lib, F chizig‘i iqtisodiyotdagi to‘la bandlik sharoitida milliy darom ad hajmini ifodalaydi.
E ’tibor berilsa, chizmadagi investitsiya sarflari chizig‘i yotiq o‘qqa parallel emas, balki o‘sib boruvchi ko‘rinishda nam oyon bo‘lm oqda. Bu esa, avtonom investitsiyalardan farqli o‘laroq, hosilaviy investitsiyalarning milliy darom ad hajmiga bog‘liqligini ko‘rsatadi.
Chizm adan ko‘rinadiki, iqtisodiyotdagi jam g‘arm a hajmi S dan S| ga qadar o‘smoqda. Natijada, jam g‘arm aning investitsiya bilan m uvozanat nuqtasi E dan Ei ga ko‘chdi. Biroq, bu o‘sish E nuqtadagi milliy darom ad hajmi ON ning Ej nuqtadagi ON | hajmiga qadar qisqarishiga olib keldi. Tegishli ravishda investitsiya hajmi ham EN darajadan EjN) darajaga qadar qisqardi. EjEoE nuqtalarini tutashtirish natijasida hosil bo‘luvchi uchburchak yuzasi jam g‘arm a hajmining o‘sishi natijasida investitsiya imkoniyatlarining qisqarishini. EEo kesma esa, investitsiyalarning qisqarishini ko‘rsatadi. Aynan shu holat, ya’ni jam g‘arm alarning o‘sishi natijasida investitsiyalarning qisqarishi «tejamkorlik paradoksi» mohiyatini nam oyon etadi.
Iqtisodiy muvozanatlik darajasini aniqlashda yuqoridagi usullardan tashqari balans usulidan ham da xarajat va natijalarni taqqoslash usulidan ham foydalaniladi. Balans usulida tarm oqlararo balans, moddiy, moliyaviy va ishchi kuchi balanslaridan foydalanilib iqtisodiyotdagi muvozanatlik darajasiga baho beriladi.

  1. Iqtisodiy mutanosiblik va uning turlari.

Milliy iqtisodiyotdagi muvozanatlik uning turli tomonlari va sohalari o‘rtasida mutanosiblik bo‘lishini taqozo qiladi.
Iqtisodiy mutanosiblik - iqtisodiyotning turli tom onlari va sohalari o‘rtasida m iqdor va sifat jihatdan m a’lum moslik bo‘lishidir. Bunda tenglik bo‘lishi shart emas. Ular mos keluvchi nisbatlarda (masalan, 2:3, 5:3, 3:1) bo‘lishi mumkin.
Makroiqtisodiy jarayon g‘oyat murakkab va ko‘p qirrali bo‘lishi sababli mutanosiblik turlari ham ko‘p va xilma-xil. Jum ladan, professor A.G.Gryaznova va boshqalar iqtisodiyotda muvozanatga erishishni ta ’minlovchi beshta asosiy mutanosiblikni ajratib ko‘rsatadilar:

  1. resurslarning hajmi, tarkibiy tuzilishi va samaradorligini moddiy ne’m atlar va xizmatlar ishlab chiqarish tarkibiy tuzilmasi bilan bogMovchi omillar (ishlab chiqarish, m ehnat, moliyaviy resurslar) mutanosibligi;

  2. jam g‘arish m e’yorini, ya’ni ishlab chiqarishning m a’lum hajmiga erishish uchun uni kengaytirishga yo‘naltiriluvchi mamlakat milliy daromadidagi ulushni belgilovchi jamg‘arish mutanosibligi;

  3. ishlab chiqarish faoliyatidan olingan darom adlarni ishlab chiqarish om illarining barcha egalari o‘rtasida taqsimlanishi nisbatini belgilab beruvchi taqsimot mutanosibligi;

  4. iste’molchi talabi va taklifining hajmi, tarkibiy tuzilishi va qiymati bo‘yicha nisbatini belgilab beruvchi ayirboshlash (sotish) mutanosibligi;

  5. tovar va pul massasi o ‘rtasidagi nisbatni aks ettiruvchi tovar-pul mutanosibligi.3

Iqtisodiy mutanosibliklarni bu kabi turli ko‘rinishdagi turkum lashlar boshqa manbalarda ham ko‘plab uchraydi. Shunga ko‘ra, ularning barchasini urnumlashtirib m utanosiblikning quyidagi guruhlari tarkibiga kiritish mumkin.

  1. Umumiqtisodiy tavsifdagi mutanosibliklar. Bunga milliy daromaddagi tarkibiy qismlar: iste’mol fondi va jam g‘arish fondi o‘rtasidagi; iqtisodiyotdagi tovar va xizm atlar massasi bilan pul massasi o‘rtasidagi; aholining darom adlari bilan xarajatlar o‘rtasidagi mutanosibliklarni misol qilib ko‘rsatish mumkin.

  2. Tarmoqlararo mutanosibliklar. Milliy iqtisodiyotning muvozanatini ta ’minlashda tarm oqlararo mutanosibliklar alohida o‘rin tutadi. Mamlakat xalq xo‘jaligi juda ko‘p tarm oq va sohalardan iborat b o ‘lib, ularning rivojlanishi bir-birini taqozo qiladi. Bir tarm oqda yaratilgan mahsulot boshqa tarm oqda iste’mol qilinadi yoki pirovard mahsulotga aylantirilib, o‘z iste’m olchisini topadi. Masalan, qishloq xo‘jalik m ahsulotlarning ko‘pchilik qismi (paxta, g‘aila, pilla, sut va h.k.) sanoatning tegishli tarm oqlarida qayta ishlanib, pirovard mahsulotga aylantiriladi va iste’molchilik tovarlari bozoriga chiqariladi. O ’z navbatida sanoatning ishlab chiqarish vositalari yaratadigan sohalarning mahsulotlari xalq xo‘jaligining boshqa tarm oqlari (qishloq xo‘jaligi, qurilish va h.k.)da unumli iste’mol qilinadi. Bu ularning bir-biriga bog‘liqlikda rivojlanishini taqozo qiladi. Tarm oqlararo mutanosibliklarga sanoat bilan qishloq xo‘jaligi va xalq xo‘jaligining boshqa tarm oqlari o‘rtasidagi m utanosibliklar misol bo‘ladi.

  3. Tarmoq ichidagi mutanosibliklar. Tarm oqlararo m utanosiblik va milliy ishlab chiqarish darajasidagi muvozanatlik tarm oqlar ichidagi mutanosiblik orqali ta ’minlanadi. Tarm oqlar ichidagi m utanosiblik alohida olingan tarm oq tarkibidagi soha va ishlab chiqarishlar o‘rtasidagi bog‘liqlikni ifodalaydi. M asalan, sanoatning ishlab chiqarish vositalari va iste’mol buyumlari ishlab chiqaradigan sohalari, qishloq xo‘jaligining dehqonchilik va chorvachilik sohalari o‘rtasidagi m utanosibliklar va h.k. Shu bilan birga, ta ’kidlab o ‘tilgan sohalarning ichidagi tarkibiy bo‘linm alar o‘rtasida ham bog‘liqlik bo‘lishi zarur. M asalan, sanoatning qazib olish va qayta ishlash tarmoqlari, chorvachilikning sut va go‘sht ishlab chiqarish sohalari o ‘rtasida va boshqalar.

  4. Hududiy (territorial) mutanosibliklar. Iqtisodiy rivojlanish mamlakat ayrim hududlari o ‘rtasidagi bog‘liqlikni ham taqozo qiladi. Yuzaki qaraganda hududlar o ‘rtasidagi m utanosibliklarning mamlakat iqtisodiy rivojidagi roli to‘liq namoyon bo‘lmaydi. Lekin alohida hududiy boiinm alar (viloyat, tum an, shahar va boshqa hududiy birliklar)ning birbiriga iqtisodiy va tashkiliy jihatdan bog‘liqligi, ixt isoslash ish, ishlab chiqarish kooperatsiyasi va kommunikatsiya nuqtai nazaridan qaralsa, bu bog‘liqlikning ahamiyati yaqqol ko‘rinadi.

  5. Davlatlararo mutanosibliklar. Bu mutanosiblikni ikki holat taqozo qiladi. Birinchidan, dunyoning ko‘pchilik m am ­ lakatlari xalqaro m ehnat taqsimoti orqali bir-biri bilan bog‘langan, ikkinchidan, shu bog‘liqlik orqali milliy ishlab chiqarishning bir qismi chet elliklar tom onidan xarid qilinadi yoki milliy ishlab chiqaruvchilar o ‘z iste’m olining bir qismini chetdan keltirilgan m ahsulotlar hisobiga qondiradi. Bu bog‘liqlik qanchalik katta bo‘lsa, sof eksport hajmi orqali makroiqtisodiy muvozanati ikka shunchalik kuchli ta ’sir ko‘rsatadi.



Yüklə 334,4 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin