2.2 O‘zbekistonda makroiqtisodiy barqarorlikni ta'minlash va iqtisodiyot tarkibiy tuzilishini o‘zgartirish vazifalari. Iqtisodiyotni butunlay yangi tartiblar asosida isloh qilish uning rivojida nomutanosibliklar bo‘lishi va tanglik holatlarning kelib chiqishiga muqarrar qilib quyadi. Shu sababli iqtisodiyotni barqarorlashtirish, bozor iqtisodiyotiga o‘tish jarayonida uni jonlantirish va bir tekis rivojlantirish yo‘lidagi qonuniy bosqichdir. U iqtisodiy rivojlanish butunlay inqirozga uchrashiga chap berish uchun ishlab chiqarshi chiqarilayotgan mahsulot tarkibini o‘zgartirishiga, ya'ni tangli hodisalariga barham berishga yo‘naltiriladi. Rsspublikada barqarorlashtirish siyosatidan ko‘zda tutilgan maqsad eng avvalo, makroiqtisodiyotda muvozanati saqlash, ishlab chiqarishni keskin darajadaa pasayishining oldini olish va ommaviy ishsizlikning kelib chiqishiga no‘l ko‘ymasliqdan iborat bo‘ladi. Shu bilan birga bu siyosat pul emissiyasining boshqarish, uning qadrsizlanishining oldini olish, mamlakat to‘lov balansini bir me'yorda saqlash kabi maqsadlarni ham o‘z ichiga oladi.
Respublikada barqarorlashtirish siyosatini ishlab chiqish jahon tajribasida sinalgan yondashuvlar hisobga oliiib ishlab chiqarish sohalariga o‘simlik beriladi. Modsiy ishla chiqarish sohalarining rivojlaiishida ularni tarkibiy qayta qurish ham ko‘zda tutiladi. Bunda asosiy e'tibor katta istiqbolga ega bo‘lgan, butui xalq xo‘jaligining rivojlanish tamoyillariii belgilab beradigan yetakchi tarmoq va sohalarga qaratiladi.
Prezideitimiz I.A. Karimov ta'kidlab o‘tganlaridek «Tarkibiy tuzilishda chuqur o‘zgarishlarni amalga oshirish makroiqtisodiy barqarorlikka erishishning, istiqbolda O‘zbekistonning barqaror iqtisodiy o‘sishini va aholi farovonligini ta'minlashning, jahon iqtisodiy tizimi qo‘shilishning eng asosiy shartlaridan biridir.»
Iqtisodiyotda zarur tarkibiy o‘zgarishlarni amalga oshirguncha ishlab chiqarishni orqaga ketshiiga barham berish eng muhim maqsad bo‘lib qoladi. Shu sababli rsspublikamizda kekingi yillarda makroiqtisodiy barqarorlikni ta'minlash orqali iqtisodiy o‘sishga erishildi. 1998 yilda ishlab chiqarilgan yalpi ichki mahsulot 1997 yilga nisbatan 104.4 foizni tashkil etadi.
Sanoatda muayyan ijobiy tarkibiy o‘zgarishlar amalga oshirilishi natijasida, uning mahsuloti 1998 yil oldingi 01ga nisbatan 105,8 foizni tashkil qildi. Sanoatning yetakchi asosiy tarmoqlari ayniqsa barqaror rivojlandi.
Tarkibiy qayta qurishlar asosida butunlay yangi xalq xo‘jalik majmuasini bunyod etish birinchi navbatda eng muhim maroiqtisodiy va takror ishlab chiqarish nisbatlarini tartibga solishni zarur qilib qo‘yadi. Bunda asosiy e'tibor iqtisodiyotning tarmoq tuzilishi, hududlarning tarkibiy tuzilishini takomillashtirishga qaratiladi.
Tarkibiy siyosatning hududiy jihatlari odamlar turmush darajasida vujudga kelgan hududiy nomutanosiblikni bartaraf etish, resurslar va ishlab chiqarish imkoniyatlaridan samarali foydalanishdni ta'minlash katta ahamiyatga ega.
Iqtisodiyotning tarkibiy tuzilishidagi qayta qurishda ishlab chiqarilayotgan mahsulot turiii o‘zgarirish, uning sifatini yaxshilash va mahsulox tayyorlashga kstadigan jami xarakatlarni kamaytirish talablari ham hisobga olinadi.
Iqtisodiyot tuzilishidaga o‘zgartirshilar, chetdan mahsulot olib kelishi qisqarishi, xalq xo‘jaligi xom ashyo yetishtirishga qaraltilgan bir tomonlama yo‘nalishini bartaraf etishi va uning eksport imkoniyatlarini kengaytirish, tarmoqlar ichidaga va xududiy jihatdan vujudga kslgai nomutanosibliklarni bartaraf etish asosida iqtisodiyotning mutanosib va barqaror rivojlanishini ta'minlash vazifalarini hal etish bilan bog‘liqdir.
Shu vazifalardan kelib chiqib, iqtisodiyot ichki tuzishidagi o‘zgarishlar respublikaning energetika va oziq-ovqat mustaqilligini ta'minlovchi tarmoqlarni rivojlantirishga qaratiladi. Bunda birinchi navbatda eng muhim o‘zak tarmoqlarni neft va gaz sanoatini, energetikani, rangli metallurgaya sanoatini, mashinasozlik majmuasini, qishloq xo‘jalik va agrosanoat majmuasining boshqa sohalariga rivojlantirishga ustunlik beriladi.
Xalq xo‘jaligining takror ishlab chiqarish tuzilishini tubdan o‘zgartirish asosida umumiqtisodiy barqarorlikka erishishda iste'mol bilan jamg‘arish fondi o‘rtasida eng maqbul mutanosiblikni ta'minlash asosiy o‘rin tutadi. Iste'mol fondining eng maqbul darajasiga erishish ichki bozorda talab bilai taklif o‘rtasida nomutanosiblikni ta'minlash muhim rol o‘ynaydi. Shu sababli davlat eng muhim makroiqtisodiy takror ishlab chiqarish nisbatlarini tartibga solib turuvchi omillarga ko‘proq e'tibor beradi.
Bozor iqtisodiyotiga o‘tish darida iqtisodiyotni barqarorlashtirish muammosini hal etishda ishlab chiqarish infratuzilmasining muhandislik kommunikatsiyalari, transport va aloqa tizimi singari tarmoqlarini ustivor rivojlantirishga ham alohida e'tibor beriladi.
Nomoddiy ishlab chiqarish sohasida tarkibiy qayta qurishlar faol investitsiya siyosatini o‘tkazish orqali amalga oshiriladi. Shu sababli respublika investitsiya bazasini rivojlantirishga katta e'tibor berib, bunda o‘z sarmoyalarimiz, tashqi kreditlar, bevosita investitsiyalar va ularning barcha manbalaridan foydalanish ko‘zda tutiladi. Tashqi investitsiyalarni jalb qilishda bevosita investitsiyalar tarzida, davlat qarzlari, xalqaro moliya va iqtisodiy tashkilotlar, qarz beruvchi mamlakatlar moliyaviy kredit resurslari shakllarida amalga oshirish mumkinligi hisobga olinadi.
Shunday qilib, respublikada iqtisodiy islohotlar davomida makroiqtisodiy barqarorlikni ta'minlash va iqtisodiyot tarkibiy tuzilishini qayta qurish vazifalariga aholining real turmush darajasini yaxshilash uchun zaruriy shart-sharoitlar sifatida qaraladi.
Barcha sohalarda amalga oshirilayotgan islohotlarni davom ettirish maqsadida «Yangi O‘zbekiston»ning 2022–2026 yillarga mo‘ljallangan taraqqiyot strategiyasi va uni amalga oshirish bo‘yicha «yo‘l xaritasi» loyihasi jamoatchilik muhokamasiga taqdim etildi. Rivojlanish strategiyasi loyihasi yettita ustuvor yo‘nalishdan iborat bo‘lib, Prezident Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlis palatalarining yangi saylangan Prezident ochilishiga bag‘ishlangan qo‘shma majlisidagi ma’ruzasida belgilangan vazifalar asosida tuzilgan. Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi infografikasida «Yangi O‘zbekiston» strategiyasining uchinchi yo‘nalishi — milliy iqtisodiyotni rivojlantirish, uning o‘sish sur’atlarini ta’minlash keltirilgan.
Xususan, kelgusi besh yilda aholi jon boshiga yalpi ichki mahsulot hajmi 1,6 barobar oshishi, 2030 yilga borib aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan daromad esa 4 ming dollarga yetishi kutilmoqda, buning natijasida O‘zbekiston qator «o‘rtacha daromad darajasi yuqori bo‘lgan davlatlar»qatoriga kirishi mumkin.
2023-2025 yillarda o‘rtacha yillik YaIM o‘sish sur’ati 6,5% ni tashkil etadi va iqtisodiyotni kreditlashning yillik o‘sish sur’ati 16-18% darajasida rejalashtirilgan.
Makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlash sohasida yillik inflyasiya darajasini 2022 yildagi 9 foizdan 2023 yilgacha 5 foizga bosqichma-bosqich pasaytirish, shuningdek, 2023 yildan boshlab yalpi ichki mahsulotga nisbatan 3 foizdan oshmasligi kerak bo‘lgan davlat byudjeti taqchilligini kamaytirish ko‘zda tutilmoqda. Dasturiy byudjetlashtirish tizimiga o‘tish ham rejalashtirilgan. Fuqarolik byudjeti qabul qilinib, aholi takliflaridan kelib chiqib, har bir tuman byudjetining 5 foizi dolzarb masalalarni hal etishga yo‘naltiriladi. Ichki yo‘llarni ta’mirlash uchun ajratilgan mablag‘ning 50 foizi jamoatchilik fikridan kelib chiqib taqsimlanadi.
Xulosa. Ma’lumki, har yili yilning boshida mamlakatimizda oldingi yildagi ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning yakunlari va yangi yildagi iqtisodiy islohotlami chuqurlashtirishning eng ustuvor yo‘nalishlari belgilab olinadi. Ushbu ustuvor yo‘nalishlardan kelib chiquvchi vazifalar amalga oshirilib, salmoqli natija va sezilarli o‘zgarishlar qo‘lga kiritilmoqda. Iqtisodiyotning yuqori barqaror sur’atlar bilan o‘sishi va makroiqtisodiy muvozanati va mutanosibligi ma’lum darajada ta’minlanmoqda, ishlab chiqarishni tarkibiy o‘zgartirish va modernizatsiya qilish, texnik va texnologik yangilash, diversifikatsiyalash ishlari davom ettirilmoqda. Shuni aytish kerakki, bugungi kunda mamlakatimizda bu boradagi ishlar tanqidiy tahlil qilinib, yangicha yondashuv bilan olib borilmoqda. Ayni vaqtda bu tahlillar yuqori salohiyatga ega bo‘lgan korxonalarga har bir turdagi mahsulotni xomashyo va yarim fabrikat bo‘yicha chuqur qayta ishlashning uzoq va yaqin kelajakdagi yillarga mo‘ljallangan aniq istiqbolga ega bo‘lgan mutlaqo yangi dasturiy kompleks yondashuvi asosida ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni talab etmoqda.
Bu borada prezidentimiz Sh.Mirziyoyevning quyidagi so‘zlarini keltirib o‘tish o‘rinlidir: «Makroiqtisodiy barqarorlikni yanada mustah-kamlash va iqtisodiy o‘sishning yuqori sur’atlarini saqlab qolish, jumladan, Davlat byudjeti barcha darajada mutanosib, milliy valyuta va ichki bozordagi narx darajasi barqaror bo‘lishini ta’minlash - eng muhim ustuvor vazifamizdir».4 Hozirda O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasida ko‘rsatilgan ustuvor yo‘nalishlariga ko‘ra, 2017-yilda makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar, ayniqsa, valyuta bozori holati ustidan tizimli monitoringni amalga oshirish, zaruriyat tug‘ilganda, milliy valyuta va ichki bozordagi narxlaming barqarorligini oshirish, makroiqtisodiy muvozanatni saqlash va yuqori iqti-sodiy o‘sish sur’atlarini ta’minlashga yo‘naltirilgan qonunchilikni takomillashtirish ishlarini olib borish ko‘zda tutilmoqda.
Mavjud iqtisodiy tizimni butunlay yangi tartiblar asosida isloh qilish iqtisodiyotning rivojlanishidagi turli nomutanosibliklar hamda tanglik holatlarini keltirib chiqarishi mumkin. Shu sababli bozor iqtisodiyotiga o‘tish yo‘lida iqtisodiyotni jonlantirish, bir tekis rivojlantirish va barqarorlashtirish jarayoni qonuniy bosqich hisoblanadi. Barqarorlashtirish jarayoni iqtisodiy rivojlanishda inqiroz holatlarining oldini olish uchun ishlab chiqarish va chiqarilayotgan mahsulot tarkibini o‘zgartirishga yo‘naltiriladi. Respublikada iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishning dastlabki davrida barqarorlashtirish siyosatidan ko‘zda tutilgan maqsad eng awalo, makroiqtisodiyotda muvozanatni saqlash, ishlab chiqarishni keskin darajada pasayishining oldini olish va ommaviy ishsizlikning kelib chiqishiga yo‘l qo‘ymaslikdan iborat bo‘ldi.