1.4.Intellektual mulk va kapital Intellektual mulk obyektlarini boshqarishda, vujudga kelgan muammolarga huquqiy jihatdan yondashuv borasida huquqiykategoriyalaming o‘mi katta. Moddiy mol-mulkka egalik qilishda bo‘lgani kabi intellektual mulk ham egalik qilish, undan foydalanish va tasarruf etish huquqi mavjudligini belgilaydi. Biroq, himoya obyektlarining nomoddiyligi intellektual mulkning o‘ziga xos jihatlarini ko‘rsatadi, ya’ni intellektual mulk qancha iste’mol qilinmasin, u tugamaslik tavsifiga ega bo‘lib qolaveradi. Agar siz biror bir mulkdordan moddiy buyum yoki ashyo olar ekansiz, ushbu vaziyatda u o‘z moddiy mulkidan ayriladi va mulk huquqi bevosita sizga o‘tadi. Mabodo siz o‘zgalaming intellektual faoliyati natijalariga egalik qiladigan bo‘lsangiz, siz o‘zingizga tegishli bo‘lmagan bilimlarga ega bo‘lasiz, bundan mavjud bilimlar kamaymaydi, tugamaydi va hatto o‘zining dastlabki egasini o‘zgartirmaydi ham. Intellektual mulk masalalarini qarab chiqar ekanmiz, ko‘pincha intellektual mulkning bir qismi sifatida sanoat mulki tushunchasidan foydalanishga to‘g‘ri keladi. Intellektual mulk huquqiga oid qonunchilik tarixan ikki yo‘nalishda rivojlanib kelgan: 1) mualliflik huquqi to‘g‘risidagi qonunchilik va 2) sanoat mulki to‘g‘risidagi qonunchilik. Sanoat mulkini muhofazalash bo‘yicha Parij konvensiyasiga muvofiq, sanoat mulki tushunchasi nafaqat sanoat yoki savdoga nisbatan qo‘llaniladi, balki keng ma’noda qishloq xo‘jaligi, undiruvchi sanoat va kelib chiqishi tabiiy yoki sanoat ishlab chiqarishi bilan bogiiq bo‘lgan: sharob, g‘alla, meva, qoramol, foydali qazilmalar, mineral suvlar, gullar, un kabi barcha mahsulotlarga nisbatan ham qoilaniladi. Shunday qilib, “sanoat mulki” atamasi yetarlicha shartli hisoblanadi va intellektual mulkning ishlab chiqarishda (faqat sanoatda emas) foydalanilayotgan bir qismini ifoda etadi. Bular ixtiro patentlari, foydali modellar, sanoat namunalari, tovar belgilari, xizmat ko‘rsatish belgilari, firma nomlari va tovarlaming kelib chiqish joy nomlari kabilar bo‘lishi mumkin. 1970-yillardan boshlab sanoat mulkining zamonaviy konsepsiyasi “nou-xau” ni o‘z ichiga qamrab ola boshladi, so‘nggi paytlarda seleksiya yutuqlari va integral mikrosxemalar topologiyasini ham ular tarkibiga kiritish holati kuzatilmoqda. Ta’kidlash joizki, sanoat mulki obyektlari va mualliflik huquqi obyektlari innovatsion faoliyat mahsulotlariga bevosita bog‘liqdir. Iqtisodiyotni innovatsion tarzda rivojlantirishda intellektual salohiyatdan samarali foydalanish bo‘yicha harakatlar rejasigamuvofiq, “Inteliektual mulk to‘g‘risidagi qonun hujjatlari takomillashtirilishi munosabati bilan 0‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga qo'shimcha va o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risida”gi qonun loyihasi ishlab chiqildi. Ushbu qonun loyihasini tayyorlashning zaruriyati bir necha sabablarga asoslangan. Birinchidan, foydali modellar sifatida muhofaza qilinadigan patentga layoqatli obyektlar doirasini kengaytirish. Ikkinchidan, muallifning patent olish uchun talabnoma topshirish hamda sanoat mulki obyektidan foydalanish tartibini aniqlashtirish. Uchinchidan, talabnoma beruvchiga uning istagi bo‘yicha talabnomani ko‘rib chiqish muddatlarini qisqartirish imkoniyatini berish. To‘rtinchidan, talabnoma beruvchining seleksiya yutug‘iga patent berish jarayonini tezlashtirish hamda patent berish muddatlarini qisqartirish. Beshin- chidan, talabnoma beruvchiga seleksiya yutug‘iga patent amal qilish muddatini tiklash imkoniyatini berish hamda inteliektual mulk muhofazasini ta’minlash. Oltinchidan, tovar belgisiga doir guvohnomani berish muddatlarini aniqlashtirish. Inteliektual mulk instituti mazkur mulk obyektlariga inteliektual mulk huquqlarining mavjudligini nazarda tutadi. Ushbu huquqlar qonunchilik tomonidan kafolatlanadi va quyidagilar:
• uchinchi shaxslarga nisbatan mutlaq tavsifga ega boiishi;
• u muhofaza qilinuvchi mamlakat chegaralari bilan cheklanishi;
• amal qilish muddatlarining cheklanganligi bilan tavsiflanadi. Inteliektual mulk huquqining mutlaq tavsifga ega boiishi shunda ko‘rinadiki, u mulkdoming roziligisiz o‘zgalaming inteliektual mulk obyektlaridan foydalanishga yoi qo‘yib bergan har qanday shaxsning harakatlariga nisbatan qarshi chiqadi. Inteliektual faoliyat natijalariga boigan inteliektual huquqlar mutlaq (mulk) huquqi, shaxsiy nomulkiy huquqlar va boshqa huquqlami o‘z ichiga qamrab oladi. Moddiy naf olish imkonini beruvchi mutlaq huquq:
• eng avval inteliektual faoliyat natijalarming muallifida vujudga keladi;
• qonunga muvofiq shu huquqni qoiga kirituvchida paydo boiadi;
• davlat ro‘yxatiga olingan taqdirda u himoyalanadi;
• Fuqarolik Kodeksida ko‘zda tutilgan hollardan tashqari maium bir muddat davomida amalda bo’ladi
• huquq egasiga intellektual faoliyat natijalaridan qonunga zid bo‘lmagan tarzda va o‘z xohishiga ko‘ra foydalanish, boshqa shaxslar tomonidan intellektual faoliyat natijalaridan foydalanilishiga ruxsat berish yoki foydalanishni taqiqlash imkoniyatini beradi;
• huquq egasiga litsenziya shartnomasi asosida intellektual faoliyat natijalaridan boshqa shaxsning foydalanishi uchun ruxsat berish huquqini beradi;
• intellektual faoliyat natijalari ifodalangan moddiy tashuvchilarga mulk huquqi bilan bog‘liq emas.
Shaxsiy nomulkiy huquqlar doimo muallif bilan qoladi, ular ko‘chirilmaydi, meros qoldirilmaydi va abadiy himoyalanadi. Shaxsiy nomulkiy huquqlar qatoriga mualliflik huquqi, nomga mualliflik huquqi, asaming daxlsizlik huquqi va boshqalar kiradi. 0‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik Kodeksining 99-moddasida shaxsiy nomulkiy huquqlar to‘g‘risida quyidagilar keltirib o‘tiladi: “Shaxsning hayoti va sog‘lig‘i, sha’ni va qadr-qimmati, shaxsiy daxlsizligi, ishchanlik obro‘si, shaxsiy hayotining daxlsizligi, xususiy va oilaviy siri, nomga boigan huquqi, tasvirga bo‘lgan huquqi, mualliflik huquqi, boshqa shaxsiy nomulkiy huquqlar hamda tug‘ilganidan boshlab yoki qonunga muvofiq fuqaroga tegishli bo‘Igan boshqa nomoddiy ne’matlar tortib olinmaydi va o‘zga usul bilan boshqa shaxsga berilmaydi. Vafot etgan kishiga tegishli boigan shaxsiy nomulkiy huquqlar va boshqa nomoddiy ne’matlar qonunda nazarda tutilgan hollarda va tartibda boshqa shaxslar, shu jumladan huquq egasining vorislari tomonidan amalga oshirilishi va himoya etilishi mumkin.”48 Intellektual mulk to‘g‘risida gapirar ekanmiz, muallif va huquq egasi institutlarini farqlab olishimiz talab etiladi. Oliy Majlis Qonunchilik palatasi tomonidan 2006-yil 23-martda qabul qilingan va Senat tomonidan 2006-yil 9-iyunda ma’qullangan “Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar to‘g‘risida”gi 0‘zbekiston Respublikasi Qonunining 3-moddasida muallifga - ijodiy mehnati bilan asar yaratgan shaxs, deb ta’rif berilgan. Huquq egasiga esa-mualliflik huquqiga nisbatan muallif yoki uning merosxo‘rIari, turdosh huquqlarga nisbatan ijrochi yoki uning merosxo'rlari, fonogrammani tayyorlovchi, efir yoki kabel orqali ko‘rsatuv yoxud eshittirishberuvchi tashkilot, shuningdek, shartnomada yoki ushbu Qonunda nazarda tutilgan boshqa asos bo‘yicha asarlardan yoxud turdosh huquqlar obyektlaridan foydalanish huquqini olgan boshqa yuridik yoki jismoniy shaxslar sifatida tushuntirish berilgan.
Hammualliflaming har biri, agar ular o‘rtasidagi kelishuvda boshqacha qoida nazarda tutilgan bo‘lmasa, asarning o‘zi yaratgan, mustaqil mazmunga ega bo‘lgan qismidan o‘z xohishiga ko‘ra foydalanishga haqlidir. Hamrnualliflar o‘rtasidagi munosabatlar, qoida tariqasida, kelishuv asosida belgilanadi. Bunday kelishuv bo‘lmagan taqdirda, asarga boigan mualliflik huquqi barcha mualliflar tomonidan birgalikda amalga oshiriladi, mualliflik haqi esa ular o‘rtasida teng taqsimlanadi.Agar hammualliflaming asari boMinmas bir butunni tashkil etsa, asardan foydalanishni yetarli asoslar bo‘Imay turib taqiqlab qo‘yishga hammualliflardan hech biri haqli emas. Amaldagi qonunchilik hujjatlariga ko‘ra, mutlaq mualliflik huquqlari egasi o‘z huquqlaridan xabardor qilish uchun mualliflik huquqining muhofaza belgisidan foydalanishi mumkin bo‘lib, bu belgi asarning har bir nusxasida aks ettiriladi va quyidagi uch unsurdan iborat bo‘ladi:
• aylana ichidagi lotincha «S» harfi;
• mutlaq mualliflik huquqlari egasining ismi-sharifi (nomi);
• asar birinchi marta chop etilgan yil. Mualliflik huquqining muhofaza belgisida ko‘rsatilgan shaxs, agar boshqacha hoi isbotlangan boimasa, mutlaq mualliflik huquqlari egasi hisoblanadi. Mamlakatimizda inteliektual mulk sohasida davlat siyosatini amalga oshirish maqsadida 0‘zbekiston Respublikasi inteliektual mulk agentligi tashkil etilgan bo‘lib, mazkur agentlikning nizomi 0‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 24-noyabrdagi 394-sonli qarori bilan tasdiqlangan. Mazkur nizomga ko‘ra quyidagilar Agentlikning asosiy vazifalari hisoblanadi:
• inteliektual mulk sohasida yagona davlat siyosati amalga oshirilishini ta’minlash, ixtirolar, foydali modellar, sanoat namunalari, tovar belgilari va boshqa inteliektual mulk obyektlarini huquqiy muhofaza qilish;
• ixtirolar, sanoat namunalari, foydali modellar, tovar belgilari va boshqa inteliektual mulk obyektlarini ekspertizadan, ro‘yxatdan o‘tkazish hamda hisobga olishni tashkil etish va amalga oshirish;
• Davlat patent fondini va inteliektual mulkning rasmiy ro‘yxatdan o‘tkazilgan obyektlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar bazasini shakllantirish va yuritish, ularning saqlanishini hamda iqtisodiyot real sektorining xo‘jalik yurituvchi subyektlari, ilmiy tashkilotlar, olimlar va mutaxassislar tomonidan samarali foydalanilishi uchun qulayligini ta’minlash;
• inteliektual mulk sohasida zamonaviy axborot texnologiyalarini joriy etish, tadbirkorlik subyektlariga va aholiga «yagona darcha» tamoyili bo‘yicha davlat interaktiv xizmatlari ko‘rsatish;
• korxonalar va tashkilotlarga chet eldagi milliy inteliektual mulk obyektlarini huquqiy himoya qilishni ta’minlash bo‘yicha konsultativ va amaliy ko‘maklashish, shuningdek, inteliektual mulk sohasida xalqaro hamkorlikni kengaytirish;
• inteliektual mulk sohasida mutaxassislami qayta tayyorlash va ulaming malakasini oshirish.
• Agentlik o‘ziga yuklangan vazifalami bajarish uchun quyidagi funksiyalami amalga oshiradi:
• inteliektual mulk sohasida davlat siyosati va qonunchilikni takomillashtirish masalalari bo‘yicha takliflar ishlab chiqadi hamdaulami ko‘rib chiqish uchun belgilangan tartibda 0‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga taqdim etadi;
• ixtirolar, foydali model lar, sanoat namunalari, seleksiya yutuqlari, tovar belgilari, xizmat ko‘rsatish belgilari, tovarlaming kelib chiqish joylari nomi, elektron hisoblash mashinalari (keyingi o‘rinlarda EHM deb ataladi), ma’lumotlar bazalari va integral mikrosxemalar topologiyasi uchun muhofaza qilish hujjatlari berish yuzasidan buyurtmanomalami ko‘rib chiqishga qabul qiladi;
• ixtirolar, foydali modellar, sanoat namunalari, tovar belgilari, xizmat ko‘rsatish belgilari, tovarlaming kelib chiqish joylari nomlarini davlat ekspertizasidan o‘tkazadi, ko‘rsatilgan obyektlaming ustuvorligini belgilaydi, seleksiya yutuqlari, EHM uchun dasturlar, ma'lumotlar bazalari va integral mikrosxemalar topologiyalarining rasmiy ekspertizasini o‘tkazadi;
• ixtirolar, foydali modellar, sanoat namunalarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni, seleksiya yutuqlari, tovar belgilari, xizmat ko‘rsatish belgilari, tovarlaming kelib chiqish joylari nomlarini ro‘yxatdan o‘tkazishni, EHM uchun dasturlami, ma’lumotlar baza- larini rasmiy ro ‘yxatdan o‘tkazishni hamda integral mikrosxemalar topologiyalarini ro‘yxatdan o‘tkazishni amalga oshiradi, muhofaza qilish hujjatlarini beradi, 0‘zbekiston Respublikasida umumiy ma’lum bo‘lgan tovar belgilarining tegishli reyestrlarini va ro‘yxatini yuritadi;
• ixtiro, foydali model, sanoat namunasi, tovar belgisi, xizmat ko‘rsatish belgisi, tovarlaming kelib chiqish joylari nomi, EHM uchun dasturlar, ma’lumotlar bazalari va integral mikrosxemalar topologiya- lariga, berilgan buyurtmanomalaming belgilangan tovarlarga muvofiqligini tekshirish natijalari bo‘yicha, muhofaza qilish hujjatlarini berish yoki berishni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qiladi; • ko‘rsatilgan seleksiya yutuqlarining patentga loyiqlik shartlariga muvofiqligini belgilash natijalari bo‘yicha, 0‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining ixtisoslashtirilgan tashkilotlari xulosalari asosida muhofaza qilish hujjatlarini berish yoki berishni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qiladi;
• Muhofaza qilish hujjatlarining va boshqa zarur hujjatlaming yagona shakllarini belgilaydi v.h;
• 0‘zbekiston Respublikasining tegishli xalqaro shartnomalaridan kelib chiqadigan majburiyatlaming bajarilishini o‘z vakolatlari doirasida ta’minlaydi. Inteliektual faoliyatning natijasi-ilmiy-texnologik mahsulotning yuqori iste’mol xususiyatlariga ega boigan bozorbop tovarga aylanishi amalga oshadigan innovatsion soha yangi bilimlar va texnologiyalarga asoslangan zamonaviy iqtisodiyotning taraqqiy etishida hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi. Aynan, inteliektual mulk obyektlari yangi tovarlar va yangi texnologiyalaming asosini tashkil etadi. Innovatsion iqtisodiyotda inteliektual mulkning o‘mi va ahamiyati uning ko‘p funksionalligi bilan belgilanadi. Inteliektual mulk:
• qiymat yaratishning hal qiluvchi omillaridan biri sanaladi;
• egalariga va foydalanuvchilariga sezilarli iqtisodiy foyda keltiradi;
• kompaniyaning uzoq muddatli raqobat afzalliklarini shakllantiradi;
• kompaniya kapitallashuv darajasining oshishiga xizmat qiladi;
• biznesni raqiblardan himoya qiladi;
• litsenzion daromad olish imkoniyatini beradi;
• ishlab chiqarish va sotishni nazorat qilish imkonini beradi;
• standartlami yaratishga yordam beradi. Ushbu funksiyalar, agar inteliektual mulk samarali himoya qilingan boisagina, o‘z natijasini ko‘rsatishi mumkin. Tadbirkorlaming inteliektual mulkka boigan qiziqishi asosan yangi texnik yechimlardan foydalanish yoki patentlar va litsenziyalami sotishdan daromad olish imkoniyatlari bilan ko‘p jihatdan bogiiq. Odatiy mahsulotlardan farqli oiaroq, inteliektual faoliyat mahsulotlari, davlat tomonidan maxsus huquqiy himoya bilan ta’minlanmagan boisa, ulaming egalariga kafolatli daromad keltira olmaydi. Inteliektual mulkni himoya qilishning ishonchli mexanizmlarming mavjudligi:
• raqobat ustunligini saqlab qolishni ta’min etadi;
• investitsion iqlimni sezilarli darajada yaxshilash imkonini beradi;
• qaroqchilik va kontrafakt mahsulotlarga qarshi kurashishda samarali vosita hisoblanadi;
• texnologiyalar transferi jarayonlarini jadallashtirishadi;
• korxonaning nomoddiy aktivlaridan ruxsatsiz foydalanishning oldini oladi.