Mundarija Kirish I bob. Iqtisodiy o'sishning g'oyalar iqtisodiyoti



Yüklə 0,69 Mb.
səhifə3/8
tarix23.06.2023
ölçüsü0,69 Mb.
#134649
1   2   3   4   5   6   7   8
Ruziyev Ilkhom Referat ishi

Tovarlarni ishlab chiqarish. Xizmatlar ko' rsatish. Mahsulotlarga sof soliqlar
1.2.Inson kapitali to’g’risida ma’lumot
Neoklassik nazariyasiga ko‘ra, bunda neoklassik texnologiya va raqobatchilik iqtisodiy o‘sishning asosiy omillari deb belgilangan. Ammo iqtisodchilar qaysi yo‘l bilan fan-texnika taraqqiyotiga erishiladi. 80-yiIlardan boshlab ko‘pchilik iqtisodchilar iqtisodiy o‘sishning aniq omilini o‘zlarining izlanishlarini qaratganlar. Natijada «iqtisodiy o‘sishning yangi nazariyasi» yoki «endogen iqtisodiy o‘sish» kabi ishlar qilingan. Albatta bunday ishlar mazmunini bir bobda qisqacha yoritib berish qiyin, shuning uchun izlanish predmetini uchta keng kategoriyaga bo‘lib chiqiladi. Yuqorida aytilganidek mehnat unumdorligi yoki malakasi oshishini faqatgina ularga kiritilgan investitsiya orqali ko‘paytirish mumkin. Bu jarayon ta’lim (bilim) deya yuritiladi, ammo aytib o‘tganimizdek bu jarayonni ishdan uzluksiz ravishda ham olish mumkin. Biz daromadni qisqarib ketish qonuniyatini rad etishimiz mumkin, agar biz bir vaqtning o‘zida investitsiyani inson kapitaliga hamda fizik kapitaliga kiritsak. Bu model doimiy samaradorlikni nazarda tutganligi uchun (fizik va inson kapitallarining yig‘indisidan olinadigan doimiy daromad), unda agar fizik va inson kapitalini ikki barovarga oshirsak, u holda bizda ikki barobar daromad olish imkoniyatlari bo‘ladi.
Dastlabki paytda inson kapitali deganda odamlaming mehnatga bo‘lgan qobiliyati — ta’lim va kasb ko‘nikmalariga investitsiyalar jamlanmasi tushunilgan. Keyinchalik inson kapitali tushunchasi jiddiy ravishda kengaydi. Jahon banki ekspertlari tomonidan amalga oshirilgan eng so‘ngi hisob-kitoblarda inson kapitaliga iste’mol xarajatlari - oilalaming ovqatianishi, kiyim-kechak, turar joy, ta’lim, sog‘liqni saqlash, madaniyatga va hokazolarga sarflar, shuningdek davlatning bu maqsadlar uchun xarajatlari kiritilgan. Yuqorida qayd etilganlar umumlashtiradigan boisa, inson kapitali tor ma’noda - bu insonning intellekti, sogiigi, bilimi, sifatli va unumli mehnati hamda uning turmush sifatidir. Keng ma’nodagi inson kapitali - bu iqtisodiy rivojlanishning intensiv ishlab chiqarish omili, jamiyat va oilani rivojlantirish, mehnat resurslarining bilimli qismi, inteliektual va boshqaruv mehnati, yashash va ish joyi muhitidir. Ular inson kapitalini rivojlantirishning ishlab chiqarish omili sifatida samarali va oqilona amal etishini ta’minlashi kerak. Inson kapitali nazariyasiga muvofiq odamlar o‘zlariga investitsiya kiritib, imkoniyatlarini kengaytirishlari, davlat esa inson kapitalini boyitish uchun mablag‘ sarflab, milliy daromadni ko‘paytirishi mumkin. Bunday investitsiyalaming samaradorligi sarf qilingan mablagiarning mehnat unumdorligi ortishi va ish haqi ko‘payishi orqali qoplanishida o‘z ifodasini topadi. Umuman, keng manodagi kapital deyilganda to‘planadigan, ishlab chiqarishda foydalaniladigan va daromad keltiradigan ijtimoiy boylikning barcha uslublari nazarda tutiladi. Bu T. Shuls32 fikriga ko‘ra, kapitalni: inson kapitali va ashyoviy kapitalga izchil taqsimlash imkonini beradi
Inson kapitali konsepsiyasiga toiiqroq aniqlik kiritish uchun jismoniy va inson kapitali o‘rtasidagi farqni ajratish talab etiladi. Kapitalning bu ikki turi muayyan darajada, ayniqsa kelajakda foydatopgan daromaddan o‘rta ma’lumotga ega xodimlamiki ayriladi. Ta’limga chiqimlar ham ta’lim olish uchun bevosita xarajatlar, ham muqobil chiqimlar - o‘qish davrida boy berilgan daromadlardir. Uning hisoblab chiqishicha, ta’limga investitsiyalar yiliga taxminan 12,0 - 14,0 % miqdorida foyda keltiradi. Mazkur tadqiqotlaming amaliy ahamiyati shundan iboratki, G. Bekker inson kapitaliga investitsiyalar rentabelligining miqdorini aniqladi va uni AQSH dagi ko‘pgina flrmalaming rentabelligi bilan taqqosladi. Xususiy ta’lim muassasalari sonining ko‘payishi, qisqa muddatli seminarlar va maxsus kurslar tashkil etadigan konsalting firmalari faoliyatining kengayishi natijasida ta’lim faoliyatining xususiy sektordagi rentabellik darajasi tijorat faoliyatining boshqa turlari rentabelligi darajasidan 10,0 - 15,0 % ortiq ekanligini ko‘rsatdi36. Jamlanma ishlab chiqarish tarkibida alohida inson kapitali kategoriyasini ajratib ko‘rsatish uni aniqroq tarkibiy tahlil qilish imkonini beradi
Amerikalik iqtisodchi I. Ben-Poratning tasniflashiga ko‘ra, inson kapitali quyidagi tarkibiy qismlardan iborat: 1) inson kapitalini yaratishda ishtirok etayotgan odamlaming sifat xususiyatlari va qobiliyati; 2) bozorda taklif etilayotgan hamda boshqa ashyoviylar ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatishga kiritilgan kapital qismi G.Bekker tomonidan, shuningdek “maxsus inson kapitali” tushunchasi ham muomalaga kiritilgan. Bu kategoriya “umumiy inson kapitalidan” farqli ravishda maxsus tayyorgalik natijasida egallangan hamda faqat o‘zining korxonasi uchun ishlab chiqarishda manfaat keltiradigan bilimlar va ko‘nikmalar jamlanmasidir. S. Fisher: “Inson kapitali insonda mujassamlashgan daromad keltirish qobiliyati mezonidir. Inson kapitali tug‘ma qobiliyat vaiste’dod, shuningdek olingan ta’lim va malakadan iborat” deb ko‘rsatgan.
Ayrim olimlar inson kapitali tarkibiga uning egasining ishlab chiqarish jarayonida ishtirok etish imkoni nuqtai nazaridan yondashadilar. Jumladan O. Nordxoug quyidagilami ta’kidlaydi: “Tahlil etish nuqtai nazaridan, bir tarafdan, xodimlaming sog‘lig‘i va malakasini, ikkinchi tomondan, ulaming motivatsiyasi va firmaga sodiqligini farqlash foydalidir. Dastlabki ikki unsur alohida bir xodimning topshiriqni bajarish, ya’ni mehnat qilish bo‘yicha asosiy qobiliyatini tashkil etadi. Inson kapitalining keyingi ikki unsuri esa mazkur xodim o‘z malakasiga ko‘ra, ishda qanday faoliyat olib borishini aks ettiradi. Qobiliyat va xohish birgalikda mazkur xodimning mehnatga qobiliyatini shakllantiradi”
I.V. Uinskiy inson kapitali ta’lim kapitali, sog‘liq kapitali va madaniyat kapitalida iborat deb hisoblaydi
Inson kapitali tarkibini kengroq tahlil etish uchun funksiyaviy yondashuv prinsipini hisobga olish lozim. Funksiyaviy yondashuvning metodologik prinsipi hodisani faqat uning ichki tarkibi bo‘yicha emas, balki uning funksiyaviy maqsadi, pirovard foydalanish maqsadi nuqtai nazaridan ko‘rib chiqishni talab etadi. Rossiyalik iqtisodchi S.A. Dyatlov ushbu prinsip bo‘yicha inson kapitali investitsiyalar natijasida shakllantirilgan va inson tomonidan jamlangan sog‘lik, bilimlar, ko‘nikmalar, qobiliyat, motivatsiyaning muayyan zaxirasidir degan fikmi bildiradi. Bu zaxira ijtimoiy ishlab chiqarishning u yoki bu sohasida maqsadga muvofiq foydalanar ekan, mehnat unumdorligini va ishlab chiqarish samaradorligini oshirishga yordam beradi, bu bilan mazkur insonning ish haqi (daromadi) ko‘payishiga ta’sir ko‘rsatadi4’. V.T. Smimov va I.V. Skoblyakova esa inson kapitalini alohida inson, alohida korxona yoki korxonalar gumhi darajasida baholash lozimligini ko‘rsatadilar
Inson kapitalini tahlil etish va ular turlariga turlicha yondashuvlami umumlashtirish bu iqtisodiy kategoriyani 1-rasmda aks ettirilgandek tassavur etish imkonini beradi: 1. Madaniy-ahloqiy kapital. Xodimning obro‘si, firmaning nufuzi ishlab chiqarish ko‘rsatkichlari kabi juda muhimdir. Ma’suliyat, halollik, va’daning ustidan chiqish amaliy munosabatlarda nihoyatda qadrlanadi. Sotsiologiya fanlari doirasida madaniy-ahloqiy kapital intellektual qobiliyat, bilim, maxorat, ko‘nikmalar, ahloqiy sifatlar, malaka jamlanmasini ifoda etadi.





Yüklə 0,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin