Mundarija: kirish I. Bob. Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida rivojlantiruvchi muhitni tashkil etishning ilmiy-pedagogik asoslari


Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida tarbiyachining rivojlantiruvchi muhitni tashkil etishdagi pedagogik mahorati



Yüklə 94,41 Kb.
səhifə5/6
tarix26.10.2023
ölçüsü94,41 Kb.
#161542
1   2   3   4   5   6
Rivojlantiruvchi muxitni tashkil etishni loyihalashtirish

2.2. Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida tarbiyachining rivojlantiruvchi muhitni tashkil etishdagi pedagogik mahorati.
Zamonaviy ta’limda ilg‘or xorijiy tajribalar STEAM (S-fan, T-texnologiya, E - muhandislik, A - can’at, M - matematika) - ilm-fan, texnologiya, muhandislik, san’at va matematikani birlashtiruvchi zamonaviy yondashuv. STEAM bolalarda quyidagi muhim xususiyatlar va ko‘nikmalarni rivojlantirishga yordam beradi Muammolarni keng qamrovli tushunish Ijodiy fikrlash Muhandislik yondashuv Tanqidiy fikrlash Ilmiy metodlarni tushunish va qo‘llash Dizayn asoslarini tushunish Bu yondashuv kelajakda bolalarda hayotiy muammolarni hal etishda yordam beradi. Ko‘pgina rivojlangan davlatlarda, jumladan AQSH, YAponiya, Izrail, Singapur, Rossiyada maktabgacha ta’lim muassalarida bolalarni
STEAM farzandlarimizga - ixtirochilar, kashfiyotchilarning kelajak avlodi, olim sifatida tadqiqotlar olib borish, texnologiyani shakllantirish, muhandis sifatida loyihalash, rassom sifatida yaratuvchi, matematik sifatida analitik fikr yuritishni o‘yin orqali yuzaga keltiradi. Bugungi kunda STEAM-ta’lim dunyodagi asosiy tendensiyalardan biri sifatida rivojlanmoqda va amaliyot yondashuvni qo‘llashda beshta sohani yagona o‘quv sxemasiga integratsiyalashga asoslangan. Bunday ta’limning shartlari uning uzluksizligi va bolalarning guruhlarda o‘zaro muloqot qilish qobiliyatini rivojlantirish bo‘lib, bunad ular fikrlarni to‘plashi va fikrlar almashadi. SHuning uchun, asosiy ta’lim dasturiga quyidagilar Lego-texnologiyalar, bolalar tadqiqotlari kabi mantiqiy fikrlashn rivojlantirish modullari kiradi.
STEAM yondashuvi tufayli bolalar tabiatni tushunib, dunyoni muntazam o‘rganishadi va shu bilan qiziqishlarini, muhandislik fikrlash uslubini, tanqidiy vaziyatlardan chiqish qobiliyatini, jamoaviy ish qobiliyatini rivojlantirish va liderlik, o‘z-o‘zini namoyon qilish asoslarini o‘rganishadi, o‘z navbatida, bolalar rivojlanishining tubdan yangi darajasini ta’minlaydi. 34 O‘z-o‘ziga ishonchni shakllantirish. Bu yondashuvda bolalar o‘z qo‘llari bilan yaratgan ko‘prik va yo‘llar, samolyotlar va avtomobillarni "ishga tushirib", suv osti va havo tuzilmalarini "rivojlantirib", sinovdan o‘tkazib, har safar ular maqsadga yaqinlashib borishadi. YAxshi natija bermagan “mahsulot”ni qayta-qayt sinovdan o‘tkazib, takomillashtirib borishadi. Natijada barcha muammolarni o‘zi hal qilish, maqsadga erishish bolalar uchun ilhom, g‘alaba, adrenalin va quvonch olib keladi. Har bir g‘alaba, o‘zlarining qobiliyatlariga ko‘proq ishonch uyg‘otadi. Faol muloqot va jamoaviy ish. STEAM dasturlari ham faol muloqot va guruh ishi bilan ajralib turadi. Muhokama bosqichida ular fikr bildirishga qo‘rqmaslikka o‘rganadilar.
Ko‘pincha, stol atrofida o‘tirmaydi, o‘zlarining dizaynlari asosidagi “mahsulot”larni sin novdan o‘tkazadi va rivojlantiradi. Ular hamma vaqt hamkorlikni ta’minlaydigan jamoada tarbiyachilar va ularning do‘stlari bilan muloqot qilish bilan band bo‘lishadi. Texnik fanlar bo‘yicha qiziqishlarni rivojlantirish. Maktabgacha va boshlang‘ich maktab yoshidagi STEAM ta’limi vazifasi qiziqishning rivojlanishi uchun dastlabki shart-sharoitlarni yaratishdir. Bolalar uchun tabiat fanlari va texnik fanlar bo‘yicha, qilgan ishni yaxshi ko‘rish, qiziqishni rivojlantirish uchun asosdir. STEAM –bolalar uchun juda qiziqarli va dinamik bo‘lib, bolalarning zerikishlariga to‘sqinlik qiladi. Ular vaqt o‘tayotganini sezmaydilar, lekin ham charchamadilar. Raketalar, avtoulovlar, ko‘priklar, osmono‘par binolarni qurish, elektron o‘yinlar, fabrikalar, logistika tarmoqlarini yaratish, dengiz osti kemalari, ilm-fan va texnologiyaga qiziqishi ortib borada. Loyihalar uchun ijodiy va innovatsion STEAM ta’limi oltita bosqichdan iborat: savol (vazifa), muhokamalar, dizayn, 35 qurilish, test vatakomillashtirish. Ushbu bosqichlar muntazam ravishda loyiha yondashuvining asosidir. O‘z navbatida hamkorlik yokiturli imkoniyatlardan birgalikda foydalanish ijodkorlik asosi hisoblanadi. SHunday qilib, bir vaqtda bolalarda fan va texnologiyalarni qo‘llash, yangi innovatsiyalarni yaratishi mumkin. Blended learning (aralash o‘qitish). Axborot texnologiyalari ta’limning turli yangi ko‘rinishlarini taklif etmoqda, xususan keyingi vaqtlarda modulli ta’lim tizimida majmuaviy yondashuv tamoyili kuchayib bormoqda. Unda turli shakl, usullar moslashtirilgan holda joylashtirilishi aralash ta’limning innovatsiya sifatida kirib kelishiga sabab bo‘ldi.Deklan Bern "blended learning" (aralash ta’lim) haqida shunday deydi –“ushbu ta’lim boy pedagogik tajribadan samarali foydalanishga qaratilgan”. Bunday yondashuv axborotni taqdim etishda turli uslubiyotlardan foydalanishni, ta’limni tashkil etishda va ta’lim jarayonida axborot texnologiyalari, yakka tarzda va guruhlarda an’anaviy faoliyatni tashkil etishga asoslanishi mumkin. Bunday turlicha yondashuv talabani charchatmaydi va o‘qishga bo‘lgan motivlarini kuchaytiradi. Asosiy masala - tanlangan uslubiyotlarning o‘zaro mutanosibligini ta’minlash va kam harajat asosida yuqori samaradorlikka erishish hisoblanadi. Bugungi kunda blended learning kunduzgi an’anaviy ta’lim vamasofaviy ta’limning unsurlari kombinatsiyasi hisoblanib, bunda an’anaviy metodika va yangi texnologiyalarni uyg‘unlashtirishga imkon yaratiladi. Bu tizimda o‘qituvchi ta’lim markazida qoladi va internet imkoniyatlaridan keng va samarali foydalanadi. Blendedlearning masofaviy ta’lim (Distancelearning), sinf xonada ta’lim (Fake-to-Fakelearning) va internet orqali ta’lim (Onlinlearning)dan iborat. Vebinar metodi.
Xar bir til o‘zining asosiy qismlariga ega – bu lug‘at boyligi (leksika), tovush tizimi (fonetika) va grammatik tuzilishi (grammatika)dir. Lug‘at boyligi (leksika) go‘yo o‘zida bizning atrof-olam xaqida, bir odamning psixik xayoti xaqidagi turli xil bilimlarimizni saqlaydi. So‘zdagi asosiy narsa – uning mazmuni va semantik tarkibidir. Leksika tilning qurilish materiali, uning mazmun tomoni xisoblanadi. Til qanchalik rivojlangan bo‘lsa, uning lug‘at tarkibi xam shunchalik boy bo‘ladi. Xar bir tildagi ko‘p sonli so‘zlar ichidan tilning asosiy lug‘at jamg‘armasini tashkil qiladigan asosiy o‘zak so‘zlarning muayyan guruxini ajratish mumkin. Tilning lug‘at jamg‘armasi – bu leksikaning juda barqaror, asrlardan buyon yashab kelayotgan qismi bo‘lib, u barcha yoki deyarli barcha yangi so‘zlar va so‘z birikmalarining vujudga kelishi uchun asos bo‘lib xizmat qiladi. Tovush tizimi leksika va grammatika bilan uzviy bog‘liqdir. Jaranglayotgan nutq yordamida inson boshqa kishilar bilan muloqotda bo‘ladi xamda o‘z fikrlari va xis-tuyg‘ularini ifoda qiladi. Bir til fonetikasi odatda, boshqa til fonetikasiga o‘xshash emas, ya’ni jaranglayotgan nutq go‘yo bir tilni boshqasidan uzoqlashtiradi. Bir til doirasida talaffuz me’yorlari yagona bo‘ladi (shevalar adabiy tildan katta bo‘lib, ular undan farq qiladilar.
Tilning grammatik qurilishi gapda so‘zlar va so‘z birikmalarini o‘zgartirishga oid qonunlar xamda qoidalarning umumiyligi xisoblanadi. Grammatika yordamida gapdagi so‘zlar joylashtiriladi va bir-birlari bilan qo‘shiladilar. So‘zlar faqat gaplar orqaligina muloqot vositasiga aylanadilar. Gapdan tashqarida xar qanday so‘z, xox u ona tilidagi, xox chet tilidagi so‘z bo‘lsin, muayyan ma’noga ega bo‘lmaydi. SHuning uchun tilni o‘rganishda uning grammatik tuzilishini o‘zlashtirish ulkan axamiyat kasb etadi. Bolalarga ta’lim berishda orfoepiya, grammatika va leksikaning zamonaviy me’yorlarini xisobga olish zarur. Nutqni rivojlantirish metodikasi psixolingvistikaning asosiy qoidalari asosida quriladi. Uning «til inson faoliyatining barcha soxalarida muloqot vositasi bo‘lib xizmat qiladi» degan asosiy qoidasi nutqni rivojlantirish metodikasida dasturilamal bo‘lib xisoblanadi.
SHu bois nutqni rivojlantirish metodikasi tarbiyachini muloqot vositasi sifatida bolalar nutqini rivojlantirishga oid bilimlar va qobiliyatlar bilan qurollantirishga qaratilgandir. Tilning asosini ona tilining leksikasi, tovush tizimi va grammatik tuzilishi tashkil qiladi. Maktabgacha ta’lim tashkilotsining nutqni rivojlantirishga doir dasturi lingvistikada erishilgan yutuqlar asosida ishlab chiqildi va u bolalar lug‘atini boyitish, ona tilining fonetik jixatlarini, grammatik qurilishini rivojlantirishni ko‘zda tutadi. Bolalarning turli nutqiy qobiliyatlarini shakllantirishda ularga o‘zlarining ona tili bo‘lmish o‘zbek tili o‘qitiladi, ya’ni ular o‘zbek leksikasi, o‘zbek tilining o‘ziga xos fonetikasi va o‘zbek tili grammatikasining o‘ziga xos xususiyatlarini o‘rganadilar. Bolalarga ona tilini o‘qitishda professional maxoratga ega bo‘lish uchun pedagog nutqni rivojlantirish metodikasi nazariyasini chuqur o‘rganishi, ushbu rivojlanishning ilmiy usullarini o‘zlashtirishi xamda bolaning nutqini o‘zlashtirish qonuniyatlarini bilishi shart. 46 SHoir asarlarining pedagogik xususiyatlaridan biri shuki, u bolalarning ichki dunyosini, ularning kayfiyatini, kechinmalarini va shaxsiy intilishlarini xis qila olgan. U yaratgan qaxramonlar obrazlari xayotdan olingan. SHu nuqtai nazardan olib qaraganda, G‘afur G‘ulom asarlari nafaqat yuqori saviyali badiiy proza namunasi xisoblanadi, balki ular tarbiyaviy axamiyatga xam egadir. G‘.G‘ulom bolalarni oilada tarbiyalash masalasiga katta axamiyat bergan. U bolaning qanday voyaga etishi, uning jamiyatda qanchalik munosib o‘rin egallashi bevosita ota-onalarga bog‘liq deb xisoblardi. Oilaviy tarbiyada u ota-onalarga asrlar sinovidan o‘tgan xalq pedagogikasini qo‘llashni tavsiya qilgan. Bolada ziyo va ma’naviyat urug‘ini ekmay turib, uni xaqiqiy fuqaro qilib voyaga etkazish mumkin emas, degan fikr Oybek ijodining muxim jixatlaridan biri edi. SHuning uchun u yoshlarni bilim olishga, xalqning boy tarixiy tajribasini, butun insoniyatning ma’naviy boyliklarini o‘zlashtirishga chaqirgan. U yosh avlodni tarbiyalashda mexnatning tutgan o‘rniga katta axamiyat bergan, faqatgina mexnat yordamida xar tomonlama rivojlangan barkamol avlodni voyaga etkazish mumkin, deb xisoblangan. Ta’lim amaliyotida “til” so‘zi qo‘llanilganida ko‘pincha til bilan birga nutq ham tushuniladi. Bu shu bilan izohlanadiki, o‘quvchi nutqi undan tashqaridagi til tizimi bilan belgilanadi. U nutqni egallar ekan, mohiyatan ushbu til tizimi mavjudligining qoida va usullarini ham egallaydi. Va yana: kishilarning nutqiy muloqotini muayyan miqdordagi so‘zlarni va ushbu til qoidalarini bilishsiz, muayyan mazmunni ifodalash uchun ushbu so‘zlarni bir-biriga bog‘lash ko‘nikmalarisiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. SHunday qilib, til va nutq turli tushunchalar bo‘lgani holda birbiri bilan uzviy bog‘langan.
Til – bu “imkoniyatli muloqot vositasi”, nutq esa – “harakatdagi aynan o‘sha vositalar” hisoblanadi.Til va nutq eng bevosita tarzda fikrlash bilan bog‘langan, chunki u mohiyatan uning quroli hisoblanadi. “Til ong kabi qadimiydir; til boshqa kishilar uchun va shu bilan birga mening o‘zim uchun ham amalda mavjud bo‘lgan haqiqiy ongdir va ongga o‘xshab til faqat ehtiyojdan, boshqa kishilar bilan muloqot qilish zaruratidan paydo bo‘ladi”. Bola ona tilini o‘zlashtirar ekan, o‘z ongida tegishli til qurilmasini shakllantiradi. O‘zbek oilalaridagi bolalarda tabiiyki, o‘zbek tili qurilmasi shakllanadi. Bola ona tilini egallash orqali hali to‘liq bo‘lmagan til qurilmasidan foydalanishga o‘rganadi, chunki u hali ko‘p so‘zlarning ma’nosini, ularning qanday qilib to‘g‘ri talaffuz etilishini bilmaydi; u hali grammatikani to‘liq o‘zlshtirmagan.

Xulosa
Xulosa qiladigan bo‘lsak, maktabgacha ta’lim tashkilotlarida zamonaviy metodlaridan foydalanish ta’lim sifatini yanada takomillashtirish va yaxshilashga olib keladi. Pedagogik faoliyat o‘z mohiyatiga ko‘ra ijodiy xarakterga ega. Ma’lumki, inson oldida biror muammo turgandagina ijodkorlikka extiyoj tug‘iladi. Tarbiyachi faoliyati ana shunday xususiyatga ega. Pedagogik ijodkorlikning asosiy mohiyati pedagogik faoliyatning maksadi va xarakteri bilan bog‘liq. Pedagogik faoliyat kishi shaxsini, uning dunyoqarashi, e’tiqodi, ongi, xulq-atvorini shakllantirishdek umumiy maqsadga bo‘ysungan son-sanoqsiz pedagogik masalalarni echish jarayonidir. Tarbiyachi faoliyatidagi ijodkorlik ana shu masalalarni echish usullarida, ularni xal kila olish yo‘llarini kidirib topa bilishlarida ifodalanadi.
Pedagogik ijodkorlik manbai — bu pedagogik tajribadir. Pedagogik tajriba — muammoli vaziyatlarga juda boydir. Ilg‘or pedagogik tajriba deganda biz o‘kituvchining o‘z pedago­gik vazifasiga ijodiy yondoshishini, o‘kuvchilarning ta’lim-tarbiyasida yangi, samarali yo‘l va vositalarni kidirib topishini tushunamiz.
Ilg‘or pedagogik tajriba tarbiyachi tomonidan qo‘llaniladigan ish shakli va usullari, uslub va vositalaridir. Ular vositasida o‘quv-tarbiyaviy ishlarda eng yuqori natijalarga erishiladi.
Ilg‘or pedagogik tajribani o‘rganish, unga asoslanib yangi pedagogik hodisa va qonuniyatlarni ochish ukuv-tarbiya jarayoniga yaxshi sifatli o‘zgarishlar kiritadi, o‘kuvchilarning bilish faoliyatini boshqarish, yangi ko‘rinishdagi o‘quv jarayonini modellashtirish muammolarini echishga sabab bo‘ladi.
Ijodiy ishlaydigan tarbiyachi faqatgina bolalarni muvaffaqiyatli o‘qitish va tarbiyalash, ilg‘or o‘kituvchilar ish tajribalarini o‘rganish bilangina cheklanib qolmasdan, tadqiqotchilik ko‘nikma va malakalariga ham ega bo‘lishi zarur.
Hozirgi zamon fan va texnika taraqqiyoti tarbiyachining ijodkor bo‘lishini, fanning muhim muammolari yuzasidan erkin fikr yurita olishi, fan yutuqlarini bolalarga etkaza olishi ea nihoyat bolalarni ham ijodiy fikrlashga, tadqiqot ishlariga o‘rgata olishini talab qiladi. SHuning uchun Tarbiyachi avvalo tadqiqotchilik malakalarini egallashi zarur. Tarbiyachi ilmiy-tadqiqot ishlari olib borish davomida omillarni to‘playdi, tahlil qiladi, ular asosida xulosalar chiqaradi. U fan xulosalaridan o‘zining amaliy faoliyatida foydalanish jarayonida hozirgi zamon tarbiyachisi uchun zarur bo‘lgan juda muhim fazilatlarni egallaydi.


Yüklə 94,41 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin