Mundarija kirish I bob. Mustaqillikdan keyingi yillarda tarix fanining o’zgarishi


II BOB. MUSTAQILLIKDAN KEYINGI YILLARDA TARIX DARSLARINI TASHKIL QILISHDAGI O’ZGARISHLAR



Yüklə 59,99 Kb.
səhifə5/8
tarix06.06.2023
ölçüsü59,99 Kb.
#126030
1   2   3   4   5   6   7   8
Kursavoy behzod

II BOB. MUSTAQILLIKDAN KEYINGI YILLARDA TARIX DARSLARINI TASHKIL QILISHDAGI O’ZGARISHLAR.
2.1. Darslarni tashkil qilishda yangi texnologiyalardan foydalanish.
Metodik adabiyotda metodistlar tomonidan “metod”, ”metodik usullar” tushunchasi turlicha talqin etiladi va klassifikatsiya qilinadi. O’qitish metodlarini ilmiy asosda klassifikatsiyalash masalasi pedagogika fanida o’qitishning turli bosqichlarida turlicha h’al qilib kelindi. O’qitish metodlari klassifikatsiyasiga bazan analiz sintez deduktsiya va induktsiya kabi mantiqiy operatsiyalar asos qilib olinib, o’qitish metodlari intuktiv, analitik va boshqa mantiqiy usullar sifatida, xarakterlanadi. O’qitish metodiga bu xil qarash, A.Vagin takidlaganidek, tarix o’qitish metodikasida tan olinadi. (Vagin A. Metodika prepodavaniya istorii v sredney shkole.M., 1988, c 296). Bu mantiqiy operatsiyalar o’qitish va o’rganishning barcha bosqichlarida turli xarakterdagi xilma-xil didaktik va metodik vazifalarni h’al qilishda ishtirok etsa da, mustaqil o’qitish metodlari bo’lib xizmat qila olmaydi. Uslubi A.İ.Strajev aytganidek: “Tarix o’qitish metodi tarixiy material bo’yicha qilinadigan ana shu mantiqiy operatsiyalardan tashkil topadi” (Strojev A.İ.) Metodika prepodavaniya M., 1964, c-i7). Maktabda tarix talimi taraqqietining turli bosqichlarida o’qitish usullaridan turlicha foydalanib kelindi. 20 yillarda tarixni o’rganishning asosiy usuli-o’quvchilarning tarixni materiallar ustida olib boradigan mustaqil ishlaridan iborat bo’lsa, 30-yillarda esa, o’qituvchining jonli so’zi o’quvchilar bilimining yagona manbai va asosiy o’qitish usuli bo’lib xizmat qildi. O’qituvchilarning asosiy etibori material tanglash va uni baen qilishga qaratiladi8. Shuningdek, 30- yillarda materialni baen qilish, suh’bat usuli h’amda o’quvchilardan so’rash usullari ishlab chiqilib, oinoma saqifalarida elon qilindi. Bernadskiyning tarix o’qitish usullarini 1-marta tadqiq etgan muh’im qo’llanmasi (”Metodı prepodavaniya istorii v starshix klassax”, L., 1939) h’am nashr etildi. 40-50 yillarda A.M. Strojevning oliy o’quv yurtlari tarix fakultetlarining talabalari uchun mo’ljallangan ”Tarix o’qitish metodikasi, programmasi” va boshqa ilmiy-metodik maqolalari shu yangi vazifalar asosida ezilgan bo’lib, tarixiy fikrlar taraqqietida yangi, muh’im yo’nalishni boshlab berdi. A.İ. Strajevning tarix o’qitish usullari asosida, N.V.Andreevskaya bilan V.N.Bernadskiy o’qituvchilar dasturi tinglovchilari uchun ”Etti yillik maktablarda tarix o’qitish metodikasi” (M., 1947) darsligini yaratdilar. Bu yillardagi tarixiy uslubiy fikrlar taraqqietining muh’im xususiyati, avvalo, ilmiytadqiqot ishlarining kuchayganligi, uning keng ko’lamda olib borilganligi bilan xarakterlanadi. Ularda psixologiya fani yutuqlariga asoslanishga jiddiy etibor berildi. Ammo bu tadqiqot ishlarining kupchiligi o’qituvchinig materialni baen qilib berishi, evristik suh’bat, surash va darsda o’quv qo’llanmalaridan foydalanish masalalariga bog’ishlangan bo’lib, ularda o’quvchilarining mustaqil fikrlash, ijodiy ishlash faoliyatini uyushtirish, o’nda o’qutuvchining rah’barligiga kam etibor berilgan edi. Bu h’am milliy ong siesiy madaniyat rivojlanishidan manfaatdor bo’lmagan mafkuraviy h’ukmdorlik talablariga moslashishning natijasi edi. Shunga qaramay 40-50- yillarda tarix o’qitish jaraenida o’quvchilarda tarixiy 23 bilim va tushunchalarni shakllantirishning ilmiy tizimini ishlab chiqish vazifasi kun tartibiga qo’yildi va uni amalga oshirish soh’asida muh’im ishlar qilindi. 1956 yildan etiboran, tarix fanini, maktab tarix talimi mazmunini shaxsga sig’inish va uning oqibatlaridan tozalashga kirishildi. Jumh’uriyatlar va o’lkalar tarixini o’rganish, darsliklar yaratishga kirishildi. Lekin, tarixiy h’aqiqat to mustaqilligimizga erishgunga qadar cheklangan h’olda qoldi. O’qituvchining jonli nutqi uquvchilarning ko’z ungida tarixiy o’tmish va h’ozirgi ijtimoiy h’aetning erqin manzarasini, xalq ommasining meh’nat va qudratini, kishilarning erqin qiefasini gavdalantiradi. O’qituvchining baeni ishontiruvchi kuchga ega. Jonli nutq o’quvchi ongiga tez etib boradi, uni malum xulosalarga olib keladi, tarixiy jaraenning qonuniyatlarini tushunishni osonlashtiradi. O’quvchilarga tarixiy materialni tah’lil qilish va umumlashtirish namunasini ko’rsatib beradi. O’qituvchining jonli nutqi puxta bilim va malaka manbai bo’lish bilan birga, juda katta tarbiyalovchi kuchga ega. O’qituvchi nutqidagi mantiq, urg’uning kuchi, dalillarning jonli va ishonarli bo’lishi o’quvchilarning ongiga, xistuyg’ulariga kuchli tasir ko’rsatadi, ularni fikrlashga o’rgatadi, malum xulosalarga olib keladi, tarixiy jaraenni, uning qobiliyatlarini to’g’ri tushunishga (olib) erdam beradi. Jonli nutq darsda monologik va suh’bat eki dialoglik formasida bo’ladi. O’qituvchining tarix darsligidagi nutqi shunday qilib, birinchidan informatsiyaviy funktsiyani amalga oshiradi. Yuqorida takidlab o’tilganidek, u o’tmish va bugungi kun h’aetining barcha, to’la manzarasini gavdalantiradi. İkkinchidan, nutqning mantiqiy (logik) funktsiyasi bor. Unda inson uylashining, mantig’ining dalillovchi kuchini ko’rsatadi, u orqali o’quvchilar ongiga tarixiy jaraen qonuniyatlari etkaziladi. Uchinchidan jonli nutq tarbiyaviy funktsiyani h’am amalga oshiradi. Tarix o’qitish jaraenida o’quvchilarning o’quv materialini puxta uzlashtirib olishni taminlashga erdam beridagan h’ar xil matnlar: darsliklar, o’quv qo’llanmalari, ilmiyommobop va badiiy asarlardan keng foydalanish mumkin. 28 Tarixni yangi yo’nalishlar bo’yicha o’qitishdan maqsad o’quvchilarga bilim berish va malakalar h’osil qilish bilan birga juda murakkab va masuliyatli tarbiyaviy vazifalarni h’am amalga oshirishdir. Bunda ko’proq o’qituvchining g’oyaviy siesiy tayergarligi, axloqiy qiefasi, madaniyati muh’im o’rin tutadi. Demak, maktabda tarix o’qitish eng avvalo, o’qituvchilarning saviyasiga, ularning nazariy bilimi va pedagogik mah’oratiga, uqituvchi jonli nutqining didaktik talablariga javob bera olishiga bog’liqdir. O’qituvchining nutqi, baenining ilmiyligi g’oyaviy-siesiy pishiqligi, h’aetiligi, tarbiyaviy xarakteri, ko’rsatmaliligi, o’quvchilarning mustaqilligi va faolligini oshirishga, ularda ko’nikma va malakalarni h’osil qilishga erdam berishi, fikrlar izchilligi va tushunarli bo’lishi jih’atidan h’ozirgi zamon uslublariga to’liq javob beradigan bo’lishi lozim. Tarix o’qitishda o’qituvchi h’am, ayniqsa o’quvchilar o’qituvchi baenini o’zlashtirishda bazi qiyinchiliklarga duch kelishadi. O’quvchilar ezdirilgan izoh’ matnlarni h’oh’lagan vaqtda qayta-qayta o’qib chiqishlari mumkin, ammo o’qituvchining baenini qayta eshita olmaydilar. Shunda o’qituvchining nazorati va rah’barlik qilishi ayniqsa katta ah’amiyat kasb etadi. Tarixni o’quvchilar yanada puxta o’zlashtirib olishlari uchun qo’yidagilarga etibor berish lozim: a’) o’quvchilarning o’rganishi pedagogik jih’atidan tug’ri tashkil etilishiga; g’) o’qituvchi baen tizimlarining pedagogik jih’atdan tug’ri tashkil etilishiga; q) baen qilinadigan materialni o’quvchilarning ezib olishiga etibor berish lozim. O’quvchilarning o’qituvchi baen qilaetgan mavzuni etibor va qiziqish bilan o’rganishini qo’yidagicha yo’llar bilan tashkil etish mumkin; a) O’quvchilarga darsning vazifalari, maqsadi va baenning asosiy jih’atlari tug’risida qisqacha so’zlab beriladi. Masalan: Bugungi kunda darsimiz Ching’izxon boshliq mug’ullarning O’rta Osiega bostirib kirishi, yurishning vaqiylik xarakteri bosqinchilarga qarshi O’rta Osie xalqlarining qah’ramonona kurashi, mo’g’ullarning h’ukmronligi o’rnatilgandan keyin h’am kurashning davom etishi, chunonchi, xoin feodallarga va bosqinchilarga qarshi Maxmud Tarabiy boshchiligidagi qo’zg’olon h’aqida bo’ladi, shu bilan birga bu voqeaning kimlar tomonidan va qanday manbalar asosida ezilganligini h’am ko’rib o’tamiz: b) O’qituvchi o’quvchilarga ushbu mavzuning muh’imligini eki qiyinligini aytib, uni puxta tushunib, bilib olish uchun nima qilish kerakligini, aytaylik, baenning qaysi joylariga etibor berish kerakligini, o’tilgan materiallardan nimalarni eslash zarurligini qo’shimcha qanday materiallarni badiiy asardan qaysi parchani, qanday h’ujjatni, eki vaqtli matbuotda elon qilingan maqolani o’qib chiqish zarurligi va boshqalarni o’qtirish lozim. O’qituvchining vazifasi shunday buladiki, u baen qilgan mavzu o’zining xarakteri bilan umumiy voqeaning ichki aloqalarini o’quvchilarning tushunib olishlariga erdam berishi kerak. Tarix o’qitishning h’amma soatlarida h’am o’quvchilarga darsni baen qilish rejasini berish va h’atto uni doskaga ezib qo’yish, materialni shu reja asosida baen etish lozim bo’ladi. Bu birinchidan o’qituvchi baenining muntazamligi va izchiligini taminlasa, ikinchidan, o’quvchilar olgan bilimning h’am aniq, puxta va mustaqil bo’lishini, eng muh’imi uning tizimli ravishda, izchillik bilan yaxlit o’zlashtirilishini taminlaydi. Tarix o’qitish jaraenida o’qituvchining baeni-jonli nutqi monolog eki dialog formasida bo’lishi mumkin. Monolog qisqacha baen, h’ikoya, tariflash, tavsifnoma, tushuntirish, muh’okama, maktab maruzasi va boshqa shu kabi formalarda, dialog h’am ochiq eki epiq formada olib boriladi. Qisqacha baenning h’ikoyadan farqi shuki, unda biror tarixiy voqea h’aqida qisqa axborot berish bilan chegaraniladi. Masalan: ”Dukchi eshon qo’zg’oloni” yilda Andijonda bo’ldi”-deyiladi, ammo qo’zg’olonning maqsadi, vazifalari va h’okazolar h’ikoya qilinmaydi. Hikoya da esa tarixiy voqeaning to’liq surati beriladi. Hikoya uslubining asosiy didaktik vazifasi o’quvchilarda tarixiy voqea h’aqida aniq tasavvur yaratishdan iborat. Tarix o’qitishda tariflash tasvirlash usuli h’am muh’im o’rin tutadi. Tariflash ikki turga: suratli va analitik tariflashga bo’linadi. Suratlab tariflaganda o’quvchilarda o’rganilaetgan joy h’aqida yaxlit tasavvur yaratildi. Masalan: o’qituvchi tarif-tasvirlash erdamida o’quvchilarning ko’z o’ngida mo’g’ullar h’ujimidan keyin O’rta Osie erlarining yaxlit manzarasini gavdalantiradi. Analitik tavsiflashda esa o’rganilaetgan joy bo’laklarga bo’lib o’rganiladi. O’rganilaetgan voqealarning ichki tuzilishini, analitik usulda tavsiflashda o’qituvchining baeni tushuntirish usuli bilan qushilib ketdi. O’qituvchi o’zining baenida tarixiy voqealarning muh’im belgilarini, ularning ichki aloh’alarini, xususiyatlarini, tarixiy shaxslar, siesiy partiyalar, mamlakatlarning malum davrdagi iqtisodiy oh’voli, siesiy tuzulishini aniq ifoda etish uchun tavsifnoma berish usullaridan foydalanadi. Masalan, qisqacha tavsifnoma: “Amir Temur g’ayratli, jasur ko’p o’tkir, lekin sotqinlarni kechirmaydigan inson edi. U nih’oyatda istedodli bo’lib, juda yaxshi h’arbiy talim olgan edi9. Misol: “a’9a’: yil g’o’-iyundagi podsho ukaziga binoan Amudare bo’limi bo’yicha 5 mingdan zied bo’lgan mardikor olinishi kerak edi. Ukaz bo’yicha mardikorlikka 19 eshdan 43 eshgacha bo’lgan erkaklar olinadigan bo’lsa, buning usha davr o’lka ixtisodietida qancha zarar keltirishi mumkinligini eslab ko’ramiz”. Shunday qilib, og’zaki baenlashning monologik formasining asosiy turalir: baenlash, tariflash, xarakteristika, tushuntirish. Baenlash takidlaganimizdek h’ikoya eki tarixiy voqeani baenlashdan iborat. U birinchidan bilim beruvchilik va tarbiyaviy ah’amiyatga ega. İkkinchidan, o’quvchiga yangi bo’lgan h’odisalar h’aqida konkret, obrazli manzara shakllantirishda qo’llaniladi. Masalan: Ulug’bek davridagi fan va madaniyatning rivojlanishi ko’rsatishimiz uchun biz observatoriyaning solinishi, Kuk-Gumbaz maschitining solinishi, Buxoro, Samarqanddagi Ulug’bek madrasalariga etibor beramiz. Uchinchidan o’qituvchining (baeni) h’ikoyasi o’quvchilarni tarixiy faktlar bilan qurollantiradi. O’larni tah’lil qilish ah’amiyati xulosalarga olib keladi. Masalan : a’h’o’q yili a’g’-avgustdagi Gendimien shartnomasining tuzilishi usha vaqtdagi Xiva xoni Muh’ammad Raximxon II ning (Feruz) noiloj ah’voli, uning misolida qoraqalpoq biylarining h’am et yurtlilarning h’okimiyatini qabul qilishga majbur bo’lishlari ochib beriladi. O’qitish metodi deganda ta'lim jarayonida o’qituvchi va o’quvchilarning ma'lum maqsadga erishishga qaratilgan birgalikdagi faoliyat usullari tushuniladi. Boshqacha qilib aytganda, o’qitish metodlari har ikkala faoliyatning, ya'ni o’qituvchi tomonidan o’quvchilarni bilim, ko’nikma va malakalar bilan qurollantirish, ahloqiy jihatdan tarbiyalash, ularda ilmiy dunyoqarashni shakllantirish hamda o’quvchilar tomonidan o’sha nazarda tutilgan ilmiy bilim, ko’nikma va malakalarni o’zlashtirish faoliyatida ko’llaniladigan usullarni o’z ichiga oladi. O’rta ta'lim va o’rta maxsus ta'lim tizimini isloh qilishning asosiy yo’nalishlarida ta'lim mazmunini takomillashtirish, uning tarbiyaviy yo’nalishini kuchaytirish bilan birga, o’qitish metodlarini ham aktivlashtirish asosiy vazifa qilib qo’yildi. Endilikda, ta'lim mazmuni insoniyat to’plagan tayyor bilimlar, ko’nikma va malakalarni puxta egallash bilan birga, o’quvchilarning mustaqil fikr yuritish, ijodiy ishlash qobiliyatlarining o’sishini ta'minlay oladigan ijodiy faoliyatni ham o’zida birlashtirmog’i lozim. Ta'limning rivojlanish prinsiplariga ko’ra, o’quvchilarni mustaqil fikrlash va ijodiy ishlay bilishga o’rgatish va ularda zarur ko’nikma, malakalarni yuzaga keltirishda ta'lim mazmuni bilan birga o’qitish metodlari ham muhim rol o’ynaydi. O’qitish metodlari murakkab muammo bo’lib, o’rta ta'lim va o’rta maxsus ta'lim tizimida oldiga qo’yilgan mas'uliyatli vazifalarning hal etilishi ko’p jihatdan uning to’g’ri hal qilinishiga bog’liqdir. Biroq, hozircha o’qitish metodikasining bu muhim problemasi, xususan tarix o’qitish metodlari sistemasi yetarli darajada ishlab chiqilmagan. Metodik adabiyotda metodistlar tomonidan «Metod», «Metodik usullar» tushunchasi turlicha talqin etiladi va klassifikatsiya qilinadi. O’qitish metodikasida shaxs va jamiyat ta'limi metodlari tizimining yetarli darajada ishlab chiqilmaganligi va bu sohada yagona fikr bo’lmaganligi o’rta ta'lim va o’rta maxsus ta'lim tizimida tarix o’qitish amaliyotida jiddiy kamchiliklarga olib keldi. Ko’p hollarda o’qituvchilar o’qitish metodlari va usullarini tanlashda dars va darsdan tashqari mashg’ulotlarda o’quvchilarga faqat tayyor bilim berish, ya'ni ularni o’qitish (ta'limning bir tomonini)ni ko’zda tutib, o’quvchilarning o’rganishi (ta'limning ikkinchi muhim tomonini)ni uyushtirish, unga rahbarlik qilish, bilish, malaka va qobiliyatlarini sistemali ravishda o’stirib borish kabi muhim momentlarni e'tibordan chetda qoldiradilar. Shuningdek, o’qitishning metod va usullarini tanlashda o’quv materialining mazmunidagi o’ziga xosliklarni, uning ta'lim-tarbiya vazifalarini, o’quvchilarning bilimi va malakalarini e'tiborga ola bilmaslik hollari ham shunday jiddiy kamchiliklar jumlasidan edi. Bu hol ma'lum darajada o’quvchilarning shaxs va jamiyat predmetiga qiziqishlari pasayishiga, umumiy ta'lim-tarbiya ishlarining natijasiga salbiy ta'sir ko’rsatdi. Shu bilan birga, o’rta ta'lim va o’rta maxsus ta'lim tizimida amaliyotida, ayniqsa keyingi yillarda o’quvchilarni tarix predmeti vositasida tarbiyalashda, uni o’qitishni ilmiy asosda olib borish, ta'lim-tarbiya ishlari samaradorligini oshirish sohasida ko’pgina ilg’or tajribalar to’plandi va umumlashtirildi10. Belgilab bergan muhim vazifa — bilimlarning samaradorligi va sifatini oshirishning muhim sharti va vositalaridan biri bo’lgan bu ishlar shaxs va jamiyat o’qitish metodlari sistemasini va metodik usullarini ham ilmiy asosda ishlab chiqish va amalda ulardan muvaffaqiyatli foydalanish imkoniyatini beradi. O’qitish metodlarini ilmiy asosda klassifikatsiyalash masalasi pedagogika fanida o’qitishning turli bosqichlarida turlicha hal qilib kelindi. O’qitish metodlari klassifikatsiyasiga ba'zan analiz va sintez, deduktsiya va induktsiya kabi mantiqiy operatsiyalar asos qilib olinib, o’qitish metodlari induktiv, analitik va boshqa mantiqiy usullar sifatida xarakterlanadi.
O’qitish metodlarini ba'zan o’quvchilarning bilish faoliyati, faollik darajasiga qarab klassifikatsiyalash tavsiya qilinadi. Bu tarzda ajratish o’qitish metodlaridan ko’ra, ko’proq o’qitishning umumiy xarakteriga taalluqlidir. Metodlar haqidagi nazariyaning metodologik asosini, ya'ni jonli mushohadadan abstrakt tafakkurga va undan amaliyotga o’tish tashkil etadi. 60-yillar pedagogikasida o’rganilayotgan fanni bilish manbalari (o’qituvchining jonli so’zi, ko’rsatmalilik va tekstlar) ni o’qitish metodlariga asos qilib olishga katta o’rin berildi. O’qitish metodlarini bilish manbalari bo’yicha klassifikatsiyalash masalasi Leningrad olimlarining 1966 yilda nashr qilingan asarlarida aniq ta'riflab berildi. 50-yillarning oxirlariga kelib tarix o’qitish metodikasida ham o’qitish metodlari klassifikatsiyasiga o’quvchilarning bilish manbalari asos o’qilib olina boshladi. Metodist P.S.Leybengrub ta'lim manbalari, ya'ni bilish manbalari asosida o’rta ta'lim va o’rta maxsus ta'lim tizimidada shaxs va jamiyat o’qitishning quyidagi metodlarini ko’rsatadi. 1) hikoya metodi va o’rta ta'lim va o’rta maxsus ta'lim tizimida lektsiyasi: 2) suhbat metodi; 3) ko’rsatmali metod; 4) darslik bilan ishlash metodi; 5) tarixiy hujjatlar bilan ishlash metodi; 6) badiiy adabiyotlardan foydalanish metodi. P.S.Leybengrub nimagadir, og’zaki bayon qilish metodlarining hammasini hikoya va lektsiyadan iborat qilib qo’yadi. U o’qitish metodlarini quyidagi uch gruppaga bo’ladi: 1) jonli so’z: hikoya, tavsiflash, harakteristika, problemali bayon; 2) ko’rsatmali metodlar: rasmlar va boshqa ko’rsatmali qurollar, doskaga chiziladigan grafik yozuvlar, texnika vositalari va boshqalar; 3) tekstlar bilan ishlash metodlari. A.Vagin o’qitish metodlari klassifikatsiyasiga bilim manbalari va bilish usullarini asos qilib olish bilan birga, bilish manbalari didaktik vazifalarga muvofiq o’qitish protsessining asosiy bosqichlarida qay tarifa konkret amalga oshirilishini jadval shaklida beradi. Bu jadval har bir darsda o’tiladigan materialning mazmuniga qarab o’qitishning turli xil metod va usullaridan foydalanish zarurligini aniq ko’rsatadi. Keyingi yillardagi o’rta ta'lim va o’rta maxsus ta'lim tizimida da tarix o’qitish tajribasi A. Vagin tavsiya etgan o’qitish metodlarining juda real ekanligini ko’rsatdi. Prof. P.V.Gora o’zining «Ta'lim metodlari va metodik usullari sistemasiga doir masala» nomli maqolasida pedagogikasi nazariyasi va praktikasidasida erishilgan yutuqlarga suyanib, o’qituvchining o’qitishi va o’quvchilarning o’rganishi (bilish faoliyati) bilan o’zaro organik bog’langan metod va metodik usullarni tavsiya qiladi11.


Yüklə 59,99 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin