Mundarija kirish I bob. Mustaqillikdan keyingi yillarda tarix fanining o’zgarishi



Yüklə 59,99 Kb.
səhifə1/8
tarix06.06.2023
ölçüsü59,99 Kb.
#126030
  1   2   3   4   5   6   7   8
Kursavoy behzod


Mundarija
KIRISH
I BOB. MUSTAQILLIKDAN KEYINGI YILLARDA TARIX FANINING O’ZGARISHI

    1. Tarix fanidagi yangi dunyo qarashlar.

    2. Vatan tarixining yangi konsepsiyasining paydo bo’lishi.

II BOB. MUSTAQILLIKDAN KEYINGI YILLARDA TARIX DARSLARINI TASHKIL QILISHDAGI O’ZGARISHLAR.
2.1. Darslarni tashkil qilishda yangi texnologiyalardan foydalanish.
2.2. Tarix o’qituvchilarning yangi metodlar yordamida darsga yondashuvi
XULOSA
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
GLOSSARIY

KIRISH
Mavzuning dolzarbligi. O`zbekiston Mustaqil davlat deb e‘lon qilinishi
davlatimizning bugungi kunini emas, balki istiqbolini ham belgilab beruvchi asosiy omildir. O`zbekiston Respublikasining istiqlol yo`li avlod-ajdodlarimizning tarixiy an’analari va ma’naviy merosiga suyangan holda tanlab olindi. Tarix o`qitish uslubiyati ilmiy pedagogik fan bo`lib, u o`quvchilarga tarixdan puxta bilim berish, ularni tarbiyalash va kamol toptirishda maktabda o’qitiladigan tarix kursining maqsadini, ta‘lim-tarbiyaviy vazifalarini, mazmuni, uslub-usullarini hamda tarix o`qitishning eng muhim vositalarini belgilab beradi. Tarix o`qitish uslubiyatining asosiy fan sifatida oliy o`quv yurtlaridagi tarix fakul’tetlarining o`quv rejasiga kiritilishi va uni o`rganishdan ko`zda tutilgan maqsad kelgusida o`qituvchi bo`lib chiqadigan talabalarni maktabda tarix o`qitishning ilmiy asoslari bilan qurollantirishdan iborat. “Tarix o`qitish uslubiyati o`zining Mustaqil tekshirish predmetiga ega. Ta’lim muassasalarida tarix fanining o`qitilishi va o`qitish jarayonining o`rganilishi tarix o`qitish uslubiyatining predmetini tashkil etadi. O`qitish jarayonining ob‘ektiv suratda amal qiladigan o`z qonuniyatlari bor. Ularni bilib olish va talim-tarbiya jarayonida bu qonuniyatlarga amal qilish, ulardan oqilona foydalanish maktabda tarix o`qitishni ilmiy asosda olib borishning muhim kalitidir. Zotan, Mustaqil-huquqiy davlat qurishining hozirgi bosqichida tarix o`qitishni yanada takomillashtirib borish, o`qitish jarayonida uning ob‘ektiv ravishda amal qiluvchi qonuniyatlarini aniq va mukammal bilib olish, bu qonuniyatlardan komil insonni tayyorlab yetishtirish maqsadida to`g`ri foydalanish
zarur”1.Mustaqilikka erishganimizdan keyin, davlatimiz tarixi haqqoniy ravishda qayta tiklana boshlandi. SSSR davrida qoralangan tariximiz
endi qo’rqmasdan kitoblarga yozilina boshlandi.Aynan millat tarixi xalqni jipslashtirishga, ularni bir xalq bo’lib shakllanishida asosiy ro’l o’ynaydi. Shu sababli mustaqilikka erishganimizdan keyin, tarix darsi maktablarda, o’rta ta’limda va oliy ta’limda asosiy fanlardan biri sifatida dars rejasiga kirgizildi. Tarix darslarini tashkil qilish asosan mavzularning
Mavzuning o’rganilganlik darajasi. Mavzu asosan metodikaga yaqin bo’lganligi sababli, bu mavzu bo’yicha pedogogika instutlarining professor o’qituvchilari o’zlarining ilmiy kitoblari va maqolalari mavjud.Misol tariqasida aytish mumkinki,Yuldashev.A, Ishmuhamedov, N. Jurayev, A.Zamonov va boshqalar. Sagdiev A, Fuzailova G, Hasanova M, ‘’Tarix o`qitish metodikasi’’, Ishmuhamedov R. ‘’O`quv jaraѐnida interfaol uslublar va pedagogik texnologiyalarni qo`llash uslubiyati’’, Yo`ldoshev J, Yo`ldosheva F, Yo`ldosheva G, ‘’Interfaol ta`lim sifat kafolati’’ kabi kitoblar mavjud.

Yüklə 59,99 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin