Mundarija kirish i-bob organik moddalarning tuziLİSHİ nazariyasi Va a. M. butlerovning ijodi


Tarixiy, ratsional va xalqaro nomlash usullarining asosiy mohiyati



Yüklə 452 Kb.
səhifə13/14
tarix19.05.2023
ölçüsü452 Kb.
#117260
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
I-BOB ORGANİK MODDALARNİNG TUZİLİSHİ NAZARİYASİ VA A.M.BUTLEROVNİNG İJODİ

Tarixiy, ratsional va xalqaro nomlash usullarining asosiy mohiyati. Organik moddalarning tarixiy nomlari u yoki bu moddaning tarixi bilan bеvosita bog`liq bo`lib, darsliklar va ilmiy adabiyotlarda trivial nomlar (TN) dеb ham yuritiladi. Tarixiy nomlar o`zining aniqligi va foydalanish uchun qulayligi jihatidan afzal hisoblanadi, lеkin ko`pchilik organik birikmalarning turli-tuman izomеrlarga ega ekanligi hamda tarixiy nomlarni amalda qo`llash bir qator chalkashliklarni kеltirib chiqaradi. Hozirgi paytda ham alkaloidlar, fеrmеntlar, gormonlar singari murakkab tuzilishli kimyoviy birikmalar tarixiy nomlar yordamida nomlanadi.
XULOSA
Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, bugungi kunda jadal sur’at bilan rivojlanayotgan kimyo fani, borgan sari fanlararo chuqur ildiz otib boraveradi. Zero organik va noorganik moddalarning nomenklaturasi hamda izomeriyasiga doir ilmiy yangliklar ham ko`payib, kengayib kimyo fani soxasida chuqur va mustahkam ildiz otadi. Buning uchun esa tinimsiz izlanish va yana izlanish joizdir. Ushbu bitiruv malakaviy ishim ham izlanishlar samarasi desam mubolag`a qilmagan bo`laman. Shu bilan izlanishlarimiz hali nihoyasiga yetgani yo`q. Chunki organik va noorganik moddalarining nomlanishiga doir keng qamrovli masala tugallanmadi. Sabab to`laqonli barcha, kimyoviy birikmalarning nomlanishiga doir adabiyotlarni jamlash anchagina izlanishni talab qilar ekan.
Shuningdek organik birikmalarning nomenklaturasi va izomeriyasi mavzusini o’qitish metodikasi haqida yozilgan kurs ishim davomida kimyo o’qitish metodikasi sohasida ishlatiladigan metodlariga doir bilimimni boyitish yordam berdi. Organik birikmalarning nomenklaturasi va izomeriyasi mavzusini o’qitishda audio, video va ko’rgazmali qurollar dars o‘tish o’z samarasini beradi.
Kimyo fanini o`qitishda ma`naviy va ma`rifiy ishlar tizimli yo`lga qo`yilgan bo`lib, unda professor-o`qituvchilar va talablar bevosita ishtirok etishadi. Iqtidorli talabalarimiz Xalqaro va Respublikamizdagi turli xil tanlovlarda muntazam ishtirok etib kelishmoqda ustoz-shogird tizimi, hamda to`garaklarning tashkil etilishi talabalarning tarbiya ahloq normalari bilim darajalarining oshishiga olib kelmoqda.
Yangi pedagogik texnologiyalarni o’quv jarayoniga joriy qilishda musiqa va ashula fragmentidan foydalanish o’quvchilarni dars jarayoniga bo’lgan qiziqishlarini orttiradi, dars samaradorligini yuqori bo’lishiga olib keladi. Videoroliklar tayyorlash, taqdimotlar tayyorlash, kimyo kechalari, to`garaklar, davra suhbatlari, ochiq darslar, na`munali darslar tashkil etish, ustoz-shogird tizimini yo`lga qo`yishni o`rganish talabalarning kimyo ta`limida tarbiyaning nihoyatda muhimligini tushuntirishda unga amal qilishda muhimligini ko`rsatadi.

Yüklə 452 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin