Mundarija kirish i-bob organik moddalarning tuziLİSHİ nazariyasi Va a. M. butlerovning ijodi


Organik birikmalarning nomenklaturasi va Nomenklaturaga qisqacha tavsif



Yüklə 452 Kb.
səhifə10/14
tarix19.05.2023
ölçüsü452 Kb.
#117260
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
I-BOB ORGANİK MODDALARNİNG TUZİLİSHİ NAZARİYASİ VA A.M.BUTLEROVNİNG İJODİ

Organik birikmalarning nomenklaturasi va Nomenklaturaga qisqacha tavsif
Nomenklatura-lotincha «nomenclatura» so`zidan olingan bo`lib, fan va tehnikaning biron bir sohasida ishlatiladigan tovar nomlarining ro`yhatlar yig’indisidir.
Barcha organik moddalar uch xil nomenklatura bo‘yicha nomlanadi:

  1. Tarixiy nomenklatura.

  2. Ratsional nomenklatura.

  3. Xalqaro ilmiy nomenklatura.

Organik kimyoning dastlabki rivojlanish davrida organik birikmalar asosan olingan manbasiga, tashqi belgilariga qarab, masalan chumoli aldegidi, vino spirti, limon kislotasi, oksalat kislotasi, glitsin, glitserin kabi nomlar tarixiy nomlardir.
Tarixiy nomlardan so‘ng fan rivojlangan sari fikrlab, aqliy ratsional nomlash usullari ishlab chiqildi. Ratsional nomenklatura mezonlariga ko‘ra barcha to‘yingan uglevodorodlar metanning hosilalari deb, etilen qator uglevodorodlari etilenning hosilalari deb, barcha spirtlar metil spirtining hosilalari deb qaraladi. Masalan, metilmetan CH3CH3, dimetilmetan CH3CH2CH3, dietilmetilmetan CH3CH2CH(CH3)CH3CH3, trimetilmetan (CH3)3CH, dimetiletilmetan CH3CH2CH(CH3)2 kabi nomlar ratsional nomlardir[3].
Organik moddalarning sonini ko‘payib ketishi ularni ratsional nomenklatura qoidalari asosida nomlashda bir qator muammolarni keltirib chiqardi. XIX asrning 80-yillariga kelib organik birikmalar uchun yagona kimyoviy nomenklaturani ishlab chiqishga bo‘lgan ehtiyoj paydo bo‘ldi. 1892-yilda Jeneva shahri (Shveysariya) da bo‘lib o‘tgan xalqaro kimyogarlar kongressida organik birikmalar nomenklaturasining yangi qoidalari tasdiqlandi. Ushbu qoidalar Jeneva nomenklaturasi yoki rasmiy nomenklatura deb nomlanadi. Jeneva nomenklaturasi bo‘yicha mashhur Beylshteyn ma’lumotnomasi tuzilgan.
Organik birikmalarning turlari va soni ortib borishi bilan ularni nomlash murakkablashib bormoqda. Nomenklaturaga bag‘ishlangan navbatdagi anjuman 1930-yilda Belgiyaning Lej shahrida bo‘lib o‘tdi. Unda nomenklatura qoidalariga yangi qo‘shimchalar kiritildi.
Keyingi paytda organik birikmalarning nomenklaturasini takomillashtirish bilan nazariy va amaliy kimyo xalqaro ittifoqi-IYuPAK (International Union of Pure and Applied Chemistry –IYuPAC) shug‘ullanadi. Ushbu tashkilotning 1957, 1965 va 1986-yillardagi kongresslarida maxsus komissiya tomonidan ishlab chiqilgan va IYuPAK nomenklaturasi deb ataladigan nomenklaturani tavsiya qildi. Mazkur nomenklatura ilmiy adabiyotlarda va darsliklarda keng qo‘llanilmoqda. IYuPAK ma’lumotlari ingliz tilida nashr etib boriladi. Shuning uchun boshqa tillarga tarjima qilinganda tegishli til qoidalariga moslashtiriladi, lekin xalqaro qoidalarning asosiy tamoyillari saqlanib qolishi zarur.
IYuPAK qoidalari nomlarni keltirib chiqarish uchun bir nechta tamoyilni taklif qiladi. Birinchisi o‘rin olish tamoyili. Unga ko‘ra o‘rinbosar nomenklaturasi ishlab chiqilgan. Ikkinchi tamoyil bir harakteristik guruhlar (funksiyalar) va uglevodorod qoldiqlari (o‘rinbosarlar, radikallar) tamoyili. Ushbu tamoyilga muvofiq radikal-funksional nomenklatura ishlab chiqilgan.
Bundan tashqari IYuPAK karbo- va geterotsiklik birikmalar uchun maxsus nomenklatura ham ishlab chiqqan[5].

Yüklə 452 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin