2.2. Markaziy bank diskont siyosatining tijorat banklarida pul-kredit faoliyatiga ta'siri tahlili 2014 yilda pul-kredit siyosati “Monetar siyosatning 2014 yilga
mo'ljallangan asosiy yo'nalishlari” asosida amalga oshirilib, iqtisodiyotni
rivojlantirishning ustuvor vazifalari, xususan belgilangan makroiqtisodiy
ko'rsatkichlarning so'zsiz bajarilishini ta'minlashga qaratildi. Bunda, yalpi ichki
mahsulotning o'sish sur'atlariga muvofiq iqtisodiyotning pulga bo'lgan oshib
borayotgan talabini to'liq qondirish va bank tizimi likvidligini maqbul darajada
saqlab turish orqali inflyatsiya darajasini belgilangan maqsadli parametridan
oshirmaslik maqsadida Markaziy bank o'z tasarrufidagi pul-kredit siyosati
instrumentlaridan faol foydalandi.
Ochiq bozordagi operatsiyalar muomaladagi pul massasini boshqarish,
bank tizimi likvidligini tartibga solish va foiz stavkalari barqarorligini
ta'minlovchi asosiy instrumentlardan biri sifatida Markaziy bank tomonidan
muntazam ravishda keng qo'llanilib kelinmoqda.
Markaziy bank tomonidan pul-kredit ko'rsatkichlarining maqsadli
parametrlaridan kelib chiqqan holda, to'lov balansining ijobiy saldosi hisobiga
shakllangan qo'shimcha likvidlikni sterilizatsiya qilish operatsiyalari o'tkazilib
borildi. Jumladan, 2011 yilda tijorat banklari mablag'larini Markaziy bankning
36
maxsus depozitlariga jalb qilish operatsiyalari hajmi 2010 yilga nisbatan 1,4
martaga oshib, 4,3 trln. so'mni tashkil qildi (5-rasmga qarang).
5-rasm.