Mundarija. Kirish. I bob oʻzbekistonda turizmning taraqqiyotida tutgan oʻrni


Oʻzbekistonda sayohatning yangi turlarini rivojlantirish istiqbollari



Yüklə 264 Kb.
səhifə4/8
tarix06.05.2023
ölçüsü264 Kb.
#108706
1   2   3   4   5   6   7   8
Kurs ishi

1.3 Oʻzbekistonda sayohatning yangi turlarini rivojlantirish istiqbollari
Oʻzbekiston ekologik turizm va uning sarguzasht turlaridan rafting, trekking, miniladigan turizm (“door of road”), agroturizm, alpinizm va boshqa sport turlarini rivojlantirish uchun boy imkoniyatlarga va oʻziga xos xususiyatlariga ega. Ekoturistlar uchun qiziqarli boʻlgan obyektlar, ya’ni alohida muhofazaga olingan hududlar doirasidagi turli tabiiy va madaniy vujudga kelgan landshaftlar, oʻsimlik va hayvonot olami resurslari, kam uchraydigan va kamayib borayotgan organizmlar genofondi, ajoyib tabiat komplekslari, tabiat yodgorliklari ekoturizmni rivojlantirishning muhim asosi hisoblanadi.
Ekologik turizm nuqtai-nazaridan alohida muhofaza etiladigan tabiiy hududlar tayanch hududlar sifatida qaralmog‘i lozim. G‘arbiy Yevropa mamlakatlari oʻzlarining tabiiy landshaftlaridan allaqachon mahrum boʻlganliklari sababli, yildan yilga boshqa mamlakatalrning tabiatiga boʻlgan qiziqishi tobora ortib bormoqda. Shuning uchun turistik resurslardan samarali foydalanishda tabiat muhofazasining oʻrni katta.
Ekologik turizm hozirgi kunga kelib jadal sur’atlarda rivojlanib borayotgan turizm sohasiga aylandi. Oʻzbekistonda ekoturizm rivojlanishi tabiatni muhofaza qilish, ekoturistlarni vatanimizga jalb etish, noyob oʻsimliklar va hayvonot
dunyosini saqlash, koʻpaytirish muammolarini hal qilishga, balki mahalliy aholini ish bilan ta’minlab iqtisodiyotimizni rivojlantirishiga katta hissa qoʻshadi.
Hozirgi vaqtda Oʻzbekiston hududida – qoʻriqxonalar, milliy bog‘lar, tabiatning nodir yodgorliklari mavjud.
Oʻzbekiston hududining muhofaza etilayotgan tabiiy hududlar tarkibida 2164 km2 maydonni tashkil etgan 9 ta davlat qoʻriqxonasi, 6061 km2 maydonni tashkil etgan 2 ta milliy bog‘ va noyob turlarga kiruvchi hayvonlarni koʻpaytirish “Jayron ekomarkazi”, 12186 km2 maydonni tashkil etgan 9 ta davlat buyurtmaxonalari mavjud. Muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni umumiy maydoni 20520 km2, yoki Oʻzbekiston hududining 5,2 % ni tashkil etadi. Muhofaza etiladigan tabiiy hududlarda yetarli darajada shart – sharoitlar, infratuzilma, hamda moddiy – texnik bazasining, servis xizmatlarini yaxshi yaratilmaganligi mamlakatimizda ekoturizmni rivojlanishiga toʻsqinlik qilmoqda. Shu munosabat bilan, Prezidentimizning 2006 yil 17 – aprelda “Oʻzbekiston Respublikasi 2006 – 2010 yillarda xizmat koʻrsatish sohasini rivojlantirishni jadallashtirish chora – tadbirlari toʻg‘risida”gi 325 sonli qarori chiqdi. Bu boʻyicha Respublikamizda ayrim ishlar boshlangan. Masalan, hozirgi kunda Oʻzbekistonda ekoturizm yoʻnalishlari
“Ekosan” xalqaro jamg‘armasining ekoturizm boʻlinmasi tomonidan ishlab chiqilmoqda. Yoʻnalishlar hozircha Zomin milliy bog‘i va Nurota qoʻriqxonalariga uyushtirilgan. Undan tashqari ekoturizmni rivojlantirish maqsadida Tabiatni muhofaza qilish Davlat qoʻmitasi “Oʻzbekiston Respublikasida ekologik turizmni rivojlantirish Konsepsiyasi va uning yaqin kelajakdagi istiqbollari”ni ishlab chiqdi.
Oʻzbekiston tabiati rang – barang boʻlib, yilning issiq vaqtlaridan tashqari, qish va kuz fasllarida ham dam olishni tashkil etishni imkoniyati mavjud. Misol uchun tog‘li hududlarda qishki sport – dam olishni amalga oshirish mumkin. Toshkent viloyatida joylashgan Chimyon sport – dam olish majmuasi katta imkoniyatlarga ega.
Xuddi shunday majmualarni Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlari tog‘li mintaqalarida ham tashkil etish mumkin. Sog‘likni tiklash manbasi hisoblangan mineral suv va balchiqlar soni mamlakatimizda 200 dan ortadi. Bu yer osti suvlari
kimyoviy tarkibi, tibbiy – biologik va boshqa xususiyatlariga koʻra bir – biridan farq qiladi. Shuning uchun bu joylarda turli shifoxonalar, sanatoriy – kurortlar va boshqa sog‘lomlashtirish muassasalar qurish mumkin. Qashqadaryo, Surxondaryo, Zarafshon, Sangzor, Ohangaron va boshqa bir qancha daryolarga oqib tushuvchi tog‘ soyliklari rekreasiya resurslariga boy boʻlib, bu mintaqalarda dam olish oromgohlarini tashkil etish koʻpaysa, birinchidan, aholini salomatligi yaxshilanadi, ikkinchidan, shu joy aholisi ish bilan ta’minlanib, iqtisodiy daromad oshadi.

Yüklə 264 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin