Mundarija. Kirish. I bob oʻzbekistonda turizmning taraqqiyotida tutgan oʻrni


Kurs ishining maqsadi va vazifalari



Yüklə 264 Kb.
səhifə2/8
tarix06.05.2023
ölçüsü264 Kb.
#108706
1   2   3   4   5   6   7   8
Kurs ishi

Kurs ishining maqsadi va vazifalari. Turizmdagi maxsus turlarni o‘rganish va maxsus turlarga ta’rif berish, turizmga jalb qilish hisoblanadi.
Kurs ishining tarkibiy tuzilishi: Kurs ishi mundarija, kirish qismi, 2 ta bob, 5 ta bo‘lim, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar, ilovalar roʻyxatidan iborat.


I BOB Oʻzbekistonda turizmning taraqqiyotida tutgan oʻrni.

    1. Turizm – viloyatlarni bir-biriga bog‘lovchi muhim vosita

Turizm (fransuzcha: our — sayr, sayohat), sayyohlik — sayohat (safar) qilish; faol dam olish turlaridan biri. Turizm deganda jismoniy shaxsning doimiy istiqomat joyidan sogʻlomlashtirish, maʼrifiy, kasbiyamaliy yoki boshqa maqsadlarda borilgan joyda (mamlakatda) haq toʻlanadigan faoliyat bilan shugʻullanmagan holda uzogʻi bilan 1 yil muddatga joʻnab ketishi (sayohat qilishi) tushuniladi.Turizmning tarixi 19-asr boshlariga borib taqaladi. Dastlab Angliyadan Fransiyaga uyushgan sayyohlik tashkil etilgan (1815). Turizmning asoschisi hisoblanmish ingliz ruhoniysi Tomas Kuk 1843-yilda 1-temir yoʻl sayyohligini tashkil qildi. Shundan soʻng u oʻzining xususiy turistik korxonasini tuzdi va 1866-yilda dastlabki sayyoxlik guruhlari AQShga joʻnatiddi. Sharqda arab sayyohi Ibn Battuta 21 yoshida sayohatini boshlab, deyarli barcha Sharq va Shimoliy Afrika mamlakatlarini piyoda kezib chiqdi.Movarounnahrda ilk sayyohlarning safarlari Amir Temur va Temuriylar davrida faollashgan. Amir Temur fransuz qiroli Karl VI va ingliz qiroli Genrix IV bilan doimiy aloqada boʻlgan. Uning elchisi 1403-yili Parijga kelgan. Ispaniyalik Klavixoning “Buyuk Temurning hayoti va faoliyati” kitobida Movarounnahrdagi ijtimoiy hayot va sayyohlarning Temur davlatiga intilishi aks etgan.Hozirgi davrda Turizm dunyoning juda koʻp mamlakatlarida ommaviy tus olgan. Odatda, Turizm turizm tashkilotlari orqali turizm marshrutlari boʻyicha uyushtiriladi. Turizmning juda koʻp turlari va shakllari mavjud (ichki, xalqaro, havaskorlik turizmi, uyushgan turizm, yaqin joyga sayohat, uzoqqa sayohat, bilim saviyasini kengaytirish maqsadidagi turizm, toqqa chiqish, suv turizmi, avtoturizm, piyoda yuriladigan turizm, sport turizmi va boshqalar).Oʻzbekistonda turizm sohasiga rahbarlikni “Oʻzbek turizm” milliy kompaniyasi (27-iyul 1992-yilda tuzilgan) olib boradi. Kompaniyaning asosiy vazifasi turizm infrastrukturasini rivojlantirish, chet el sarmoyasini jalb qilib zamonaviy turistik komplekslarni barpo etish, yangi turistik yoʻnalishlarni ishlab chiqish, xizmatlar doirasini kengaitirish va boshqalardan iborat.“Oʻzbek turizm” milliy kompaniyasi sayohat qilish turiga qarab quyidagi turistik yoʻnalishlarni ishlab chiqqan: klassik yoʻnalish (Toshkent, Samarqand, Buxoro, Xiva, Toshkent; Toshkent, Samarkand, Buxoro, Shahrisabz, Toshkent). Bu yoʻnalish eng qadimiy yodgorliklar va boshqa tarixiy-madaniy obidalarga tashrif bilan bogʻliq; ekologik turizm yoʻnalishi (Chimyon, Chorvoq dam olish va davolanish oromgohi, Zomin qoʻriqxonasi, Buxoro viloyatidagi qoʻriqxonalar). Bu yoʻnalish alohida muhofaza qilinadigan tabiiy hududlar va sayyohlar uchun ekologik jihatdan qulay hisoblanadigan joylarga tashrif bilan bogʻliq; arxeologik turizm yoʻnalishi (Qoraqalpogʻiston, Surxondaryo, Samarqand hududlari boʻylab). Bu yoʻnalish Oʻzbekistonning eng qadimiy topilmalari va arxeologik qazishmalar olib borilayotgan joylari bilan tanishishni maqsad qilib qoʻyadi; ekstremal turizm yoʻnalishi (Chimyon, Fargʻona vodiysi, Orol boʻyi, Buxoro, Navoiy viloyati hududlari boʻylab); liniy turizm yoʻnalishi (Toshkent, Samarkand, Buxoro, Toshkent) — mamlakatimizdagi tarixiy diniy obidalarni ziyorat qilish bilan bogʻliq. Turizm sohasidagi munosabatlarni huquqiy jihatdan tartibga solish, turistik xizmatlar bozorini rivojlantirish, shuningdek, turistlar va turistik faoliyat subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasining “Turizm toʻgʻrisida”gi qonuni qabul qilingan (20-avgust 1999-yil). Shu bilan birga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “2005-yilgacha boʻlgan davrda Oʻzbekistonda turizmni rivojlantirish davlat dasturi toʻgʻrisida”gi farmoni (15-aprel 1999-yil) sohani rivojlantirishda muhim omil boʻldi.
Turizm tashkilotlarini takomillashtirish hamda kichik va oʻrta turistik korxonalarning xizmat koʻrsatish bozorini faollashtirish, shuningdek, xorijiy sarmoyani turizm sohasiga jalb kilish maqsadida 1998-yilda Oʻzbekiston Respublikasi hukumati qarori bilan Toshkentda “Xususiy sayyohlik tashkilotlari uyushmasi” tashkil etildi. U 300 dan ziyod turistik korxonalar bilan yaqindan aloqada boʻlib faoliyat olib boradi. Oʻzbekistonda “Kumushkon” turistik bazasi va “Sanzar” kemping majmuasi mavjud boʻlib, ular “Oʻzbekturizm” milliy kompaniyasi tizimi tashkilotlari hisoblanadi. Shu bilan birga Chorvoq, Chimyon, Beldersoy dam olish oromgohlari va yuzga yaqin xususiy mehmonxonalar ishlab turibdi. Oʻzbekistonda koʻplab turistlarni qabul qilish va ularga xizmat koʻrsatish imkoniyatiga ega boʻlgan mehmonxonalar soni tobora oʻsib bormoqda.Oʻzbekiston 1993-yilda oʻz safiga 120 dan ortiq mamlakatni birlashtirgan Jahon turistik tashkiloti (WTO; 1975-yilda tuzilgan)ga aʼzo boʻldi. Shuningdek, Oʻzbekiston WTO Yevropa komissiyasi rayosatining ham aʼzosidir. 2021-yil aprel oyida Dogʻistonda Oʻzbekistonning ziyorat turizm salohiyati taqdimoti oʻtkazildi. Bosh vazir oʻrinbosari, Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi raisi Aziz Abduhakimov topshirigʻi bilan Dogʻistonda “Imomlar yurtiga sayohat” yoʻnalishidagi targʻibot ishlari boshlangan.
Sayyohlik sohasi dunyo iqtisodining eng jadal rivojlanayotgan sohalaridan biridir. Uning keng qamrovli taraqqiyoti esa, koʻplab mamlakatlar uchun katta daromad manbaiga aylanib bormoqda. BMTning Jahon sayyohlik tashkiloti ma’lumotiga koʻra 2015-yilda dunyo boʻyicha 1 milliard 184 million sayyoh qayd etilgan boʻlsa, 2016 yil yakuni boʻyicha bu koʻrsatkich 1 milliard 235 millionga ya’ni, 3.9 foizga oshgan. Sayohatchilarga koʻrsatilgan eksport xizmatlari qiymati 2015 yilda qariyb 1,5 trillion AQSh dollarini tashkil qilgan. 2016–2017 yillarda bu raqamlarda katta tafovutni koʻrish mumkin. Bundan koʻrinib turibdiki, sayyohlik sohasi bugungi kunning eng muhim iqtisodiy sohalaridan biriga aylandi. Shu bois dunyoning koʻplab davlatlari ushbu sohani yanada rivojlantirish, bu borada tegishli infrastrukturani jahon standartlari darajasida yaratish va sayyohlar oqimini oshirish boʻyicha barcha chora tadbirlarni amalga oshirish boʻyicha bir qancha loyihalar ishlab chiqilmoqda. Turizmning samaradorlik darajasi quyidagi raqamlarda oʻz aksini topgan: 2015- yilda eng koʻp xorijlik mehmonlarni qabul qilishda Fransiya (83,7 million), AQSh (74,8 million), Ispaniya (65,0 million), Xitoy (55,6 million) va Italiya (48,6 million) kuchli beshlikda turishibdi. Germaniya, Buyuk Britaniya, Rossiya va Meksika kuchli oʻntalikdan joy olgan. Biroq bu koʻrsatkich boʻyicha Yevropa va Osiyoning bir nechta shaharlari yetakchilik qilmoqda. Bunga misol qilib Hongkong (27,7 million), London (17,4 million), Singapur (17,1 million), Bangkok (16,2 million) va Parij (15,0 million) singari shaharlarni keltirish mumkin. Butunjahon turizm va sayohatlar boʻyicha kengashi (BTSK) tomonidan berilgan bahoga koʻra, Oʻzbekiston sayyohlar tashrifi boʻyicha dunyo mamlakatlari orasida 150-oʻrinni egallaydi. Yurtimiz jahon sayyohlik bozorida oʻz oʻrniga ega boʻlishiga qaramasdan, turistlarga qulay sharoit yaratish, servis xizmatini yaxshilash, sayyohlik obidalarining jozibadorligini oshirish va reklamani kuchaytirish kabi masalalar past darajada yoʻlga qoʻyilgan. Turizm boʻyicha raqobatbardosh mamlakatlar reytingida dunyodagi (madaniy zaxiralar, arzon infratuzilma, sayyohlik mahsulotlari narxi, xavfsizlik darajasi boʻyicha) eng jozibador 140 ta sayyohlik maskani qayd etilgan boʻlib, ushbu roʻyxatda Qozog‘iston 85-oʻrin, Qirg‘iziston 116-oʻrin, Tojikiston 119-oʻrinni egallagan, Oʻzbekiston esa Markaziy Osiyo davlatlari oʻrtasida eng oxirgi oʻrinda turibdi.
Bugungi kunda mamlakatimizda yetti mingdan ortiq yodgorlik, shu jumladan, 2500 ta me’moriy obida, 2700 tadan ortiq monumental san’at asari davlat muhofazasiga olingan. 1991-yildan Xivadagi Ichonqal’a qoʻriqxonasidagi, 1993-yildan Buxoro shahri markazidagi, 2000-yildan Shahrisabz shahri markazidagi yodgorliklar Yuneskoning “Umumjahon madaniy merosi” roʻyxatiga kiritildi.Sayyohlarni yurtimizga ohanrabodek jalb qilish hozirgi zamonning dolzarb masalalaridan biri sanaladi. Ana shunday usullardan ayrimlari bilan tanishib chiqamiz.

  • Zamon talabiga javob beruvchi koʻpgina mehmonxonalarni barpo etish;

  • Mehmonxonalarda qulay narxlarni belgilash va xushmuomalalikni shakllantirish;

  • Turizmning yangi inovatsion yoʻnalishlarini yoʻlga qoʻyish;

  • Sayyohlik sohasidagi targ‘ibot –tashfiqot (ayniqsa reklama) ni keng yoʻlga qoʻyish;

  • Yurtimiz boʻylab oʻtkaziladigan festivallar e’lonini internet saytlarida joylashtirishni keng yoʻlga qoʻyish;

  • Madaniy va tarixiy obidalarimizning jozibardorligini butun dunyoga ommaviy axborot vositalari yordamida targ‘ib etish;

  • Turistik faoliyatni amalga oshiradigan tashkilotlar faoliyati kengaytirish;

  • Xizmatlar sohasi yaxshilash.

Muxtasar qilib aytganda, turizm sohasini rivojlantirish mamlakatimizni yanada gullab yashnashida, hattoki, yurtimizning chekka-chekka hududlaridagi infratuzilmasining yaxshilanishida muhim oʻrin tutadi.

Yüklə 264 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin