Mundarija kirish I bob. Shayboniylar davlatining tashkil topishi


Shayboniylar davrida qo‘shin tuzilishi



Yüklə 72,08 Kb.
səhifə6/10
tarix02.06.2023
ölçüsü72,08 Kb.
#123098
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
shayboniylar davlati kurs ishi Ibrohimjon

2.2. Shayboniylar davrida qo‘shin tuzilishi.
Qoʻshin tuzilishi. Qo‘shin tarkibiga ko’ra, asosan, otliq va piyoda askarlardan iborat edi. Katta va kichik g'ullar esa maxsus qism bo'lib, Oliy boshqo‘mondon (xon) va sarkardalarni himoya qilgan. Chanoh esa qo‘shinning o‘ng va chap qanotlarini qo‘riqlovchi maxsus qism edi. Barcha qismlar o‘rtasida maxsus choparlik xizmati tashkil etilgan. Bu xizmat Oliy bosh qo‘mondonning buyruq va ko'rsatmalarini sarkardalarga yetkazib turardi. Qo‘shin tarkibida tug'chi qism ham bo‘lib, u davlat bayrog‘ini qo‘riqlagan. Bundan tashqari, zabongiri (dushman tomonidan asir olib keluvchi) hamda xabargiri (razvedka) deb ataluvchi maxsus bo‘linmalar ham bo‘lgan. Ba’zan vaziyat taqozo etganida bu maxsus xizmatlar qo‘shinning ilg‘or yoki qorovul qismi tomonidan ham amalga oshirilgan. Harbiy harakat vaqtida Oliy bosh qo‘mondon uchun maxsus rasmiy qabul marosimi o‘tkazadigan joy - borgohham tayyorlangan. Borgoh xonning maxsus saralangan bo‘linmasi tomonidan qo‘riqlangan.

Ilg’or



Ch
A
N
O
G’

Ch
A


N
O
G’


III.Bob Shayboniylar davlatida ijtimoiy- iqtisodiy ,ma’daniy hayot .
3.1.Meʼmorchilik.
Shayboniy hukmdorlar poytaxt Buxorova uning atroflarini obod qilishga harakat qildilar. XVI asr davomida shu davrning barcha muhandislik imkoniyatlari va jamiyatning m a’naviyat va madaniyati darajasiga mos ravishda ko‘plab binolar, m e’moriy majmualar, inshootlar bunyod etildi.Ularning orasida Buxorodagi Mir Arab, Abdullaxon, Samarqandda qurilgan Shayboniyxon, Toshkentda qurilgan Baroqxon va Ko‘kaldosh madrasalari me’morchiligimizning yorqin namunalari hisoblanadi. Baroqxon madrasasi shayboniy hukmdor Suyunchxo‘jaxonning o‘g‘li Baroqxon tom onidan qurilgan. Madrasa gumbazining balandligi 22 metm i tashkil etadi.Mustaqillik yillarida bu madrasada ham katta ta’mirlash ishlari amalga oshirildi.Mir Arab madrasasi Shayx Abdulla (Mir Arab) tomonidan 1530 — 1536- yillarda qurilgan. Uni qurish uchun sarflangan xarajatlarni Buxoro xoni Ubaydullaxon bergan. Madrasa ulkan peshtoqli. Ikki yonida baland gumbazli keng darsxona, masjid va go‘rxona bor. G o‘rxonada Ubaydullaxonning sag‘anasi va Mir Arab ham da uning qarindoshlarining qabrlari bor. Madrasa bugungi kunda ham islom oliy diniy o‘quv muassasasidir.Buxoroga kelgan Rossiya elchisi Antoniy Jenkinson: „Buxoro juda katta shahar, unda g‘ishtlik imoratlar, serhasham binolar ko‘p. Hammomlar shunday m ohirlik bilan qurilganki, ularning misli dunyoda yo‘qdir“, — deb yozadi. Ayniqsa, Abdullaxonning yurt obodonchiligi yo‘lidagi sa’yharakatlari tarixchilar tom onidan yuksak baholangan. Uning davrida markaziy hokimiyat kuchayishi tufayli katta qurilish ishlari amalga oshirilgan.

Yüklə 72,08 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin