Mundarija: Kirish I. Bob. Ta’limda innovatsion va texnologik yondashuvning mazmun-mohiyati


II Bob. Ta’lim-tarbiya samaradorligini oshirishning dolzarb muammolari…



Yüklə 112,71 Kb.
səhifə5/8
tarix05.12.2023
ölçüsü112,71 Kb.
#174174
1   2   3   4   5   6   7   8
ta\'lim jarayonida innovatsion texnologiyalarni joriy etish

II Bob. Ta’lim-tarbiya samaradorligini oshirishning dolzarb muammolari…
2.1. O‘qitish jarayonida innovatsion uslublarni ishlab chiqish va joriy tishning tashkiliy jihatlari
Ma’lumki, didaktikaning predmetini o‘rgatish, o‘rganish ta’lim mazmunini tashkil qiladi.Bunda ishtirok etayotgan uchta komponent bir-birlari bilan shunday uzviy aloqadaki, ulardan birini e’tibordan chetda qoldirish mumkin emas. Xo‘sh, nimani nimadan boshlash kerak? Ishni o‘rganish yoki o‘rgatishdan boshlasak, tabiiy ravishda savol tug‘iladi: nimani (qanday mazmundagi o‘quv materialini) o‘rganmoqchisiz yoki o‘rgatmoqchisiz? O‘rgatish ham, o‘rganish ham asosiy maqsadga yo‘naltirilgan ta’lim ob’ekti va oxirgi natija mahsuli bo‘lmish ta’lim mazmuniga bog‘liq.
Har xil mazmun uni o‘zlashtirishning o‘ziga xos usullari bilan farq qilganligi uchun o‘rganishning qanday bo‘lishi uning mazmuniga bog‘liq, bu esa o‘rganishni tashkil etuvchi o‘rgatuvchiga bog‘liq. Shunday qilib, didaktik tafakkur - bu o‘rganish, o‘rgatish va ta’lim mazmunining doimiy aloqalari, munosabatlarini izlash, aniqlash demakdir.
O‘qituvchi o‘quvchini faollashtiradigan, o‘zi va o‘rganuvchi uchun qulay bo‘lgan yo‘llarni, usul va uslublarni, o‘qitish shakllari, metod va vositalarni izlaydi, ularni takomillashtiradi. Shu boisdan ham «pedagogik texnologiya», «didaktik texnologiya», «ta’lim texnlogiyasi» atamalari qatoridan «pedagogik innovatsiyalar» atamasi ham mustahkam o‘rin olmoqda.
Yuqorida sanab o‘tilgan tarzda o‘rgatish, o‘rganishda ta’lim mazmuni asosiy o‘rin tutadi. Shuning uchun ham, o‘z oldimizga Davlat ta’lim standartlarini yaratish birinchi galdagi vazifa qilib qo‘yildi. Bu vazifaning uddasidan chiqdik. Davlat ta’lim standartlari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanib, har bir ta’lim muassasalariga, har bir o‘quvchiga yetkazildi. Endigi vazifa shu standartlarni tezroq hayotga tatbiq etish mexanizmini yaratishdan iborat. Biroq, e’tirof qilish kerakki, hali Respublikamizda yangi pedagogik texnologiyalarni, ta’lim innovatsiyalarini to‘plash, ular ichidan faoliyatimizda eng ko‘p samara beradiganlarini tanlash, tajriba-sinovdan o‘tkazish va qo‘llash- joriy etishni yo‘lga qo‘yadigan tizim (mexanizm) shakllantirilmagan edi.
Bundan kelib chiqadigan amaliy hulosa - ilg‘or ta’limiy yangiliklarni aniqlash, ularning jamg‘armalarini tashkil etish, sinab ko‘rish, pedagogik amaliyotga joriy qilishning, ilmiy xulosalarini ishlab chiqish va amaliyotga tatbiq etish tizimini yaratish masalasining dolzarbligini oshirdi. Hozirgi kunda bu tizimni yaratish yo‘lida bir qator izlanishlar, sa’y- harakatlar boshlab yuborilgan.
Jumladan, vazirlik, viloyat xalq ta’limi boshqarmalari tarkibida Davlat ta’lim standartlari boshqarmalari va bo‘limlari (monitoringi) tashkil etilgan. Ta’limni boshqarish tizimida tashkil qilingan yangi bo‘g‘inlar quyidagi vazifalarni amalga oshirib bormoqda:

  • ta’lim sohasidagi qonunlar, me’yoriy hujjatlarning bajarilish nazoratini yuritish;

  • Pedagogik innovatsiyalarni amaliyotga tatbiq etishning tashkiliy asoslarini yaratish zarur. Buning uchun:

  • ta’limni boshqarish mahalliy organlari va o‘quv muassasalarining umumiy tashkiliy pedagogik ishlari qatori pedagogik innovatsiyalarning samaradorligini tahlil qilib borish;

  • pedagogik tajribalarning borishini analitik tahlil qilish, umumlashtirish, ommalashtirish bo‘yicha tavsiyalar tayyorlash;

  • pedagogik texnologiyalarni kuzatuvchi, nazorat qiluvchi va joriy etuvchilarni o‘quv ishini tashkil qilish shu masalaga oid seminarlar o‘tkazish, treninglar tayyorlash choralarini ko‘rish;

  • pedagogik texnologiyalarni rivojlajtirish haqida tegishli ma’lumotlar jamg‘armasini yaratish, tahlil qilish va tartibga solib turish.

Yuqorida ta’kidlanganidek, Davlat ta’lim standartlari- bu o‘quvchilar bilim saviyasining minimal darajasini belgilaydi, bu darajadan yuqori ko‘rsatkichlarga erishish uchun ma’lum izlanish hamda tashabbus lozim, pedagogik innovatsiyalarni yaratish, shuningdek, ularni boshqarish avvalam bor, ana shu dorlzarb vazifalarni hal qilishga xizmat qiladi.
Shu boisdan ham pedagogik iinovatsiyalarni izlab topish. o‘rganish, tahlillar ostida eng ko‘p samara beradiganlarini tanlab olish va ularni amaliyotda qo‘llash tartibini belgilab beradigan tizimni yaratish maqsadga muvofiqdir. Fikrimizcha, buning uchun, innovatsiyalar haqida aniq ma’lumotlar jamg‘armasini yaratish zarur bo‘lib, buni shartli ravishda innovatsiyalarni «to‘plash» jarayoni deb qabul qilamiz. Innovatsion yangiliklarni to‘plovchilar jadvalga ko‘ra vazirlik tizimida yangi tashkil qilingan markazlar, jumladan, xalq ta’limi xodimlari malakasini oshirish instituti barcha talim muassasalari rahbarlari malakasini oshirish bo‘yicha doimiy ishlovchi Respublika doimiy kursi qoshidagi monitoring markazi va respublika ta’lim markazi asosiy bo‘g‘in hisoblanadi. Mazkur ishlarni boshqaruvchi Davlat ta’lim standartlari monitoringi maktab pedagoglar kengashlari, metod birlashmalari, tuman, shahar xalq ta’limi bo‘limlarida, viloyat malaka oshirish Institutlarida o‘rganib,to‘plangan pedagogic innovatsiyalarni o‘z vaqtida «TANLOVChI»larga yetkazish yeki ayrimlarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri «QO‘LLOVChI»larga yo‘llashni muvofiqlashtirib boradi.
Pedagogik innovatsiyalarni tanlashda amaliy ish olib boruvchi «Pedagogik texnologiyalar markazi»:
ma’lumotning yo‘nalishini aniqlaydi;
joriy qilish va qo‘llashda ilmiy-metodik jihatdan yordam beradi;
metodik qo‘llanma, dastur va metodik tavsiyalarni nashrga tayyorlaydi va pedagogik matbuotga uzatadi;
reyting tizimi, o‘quvchilarni maktabgacha tayyorlash, Davlat ta’lim standartlarini joriy qilishdagi ilg‘or tajribalar majmuasini yaratadi;
xorijiy davlatlardagi ta’lim sohasidagi tajribalarni o‘rganadi, taqqoslaydi va
tavsiyalar tayyorlaydi;
amaliyotga tatbiq qiluvchilarni o‘qitadi, malakasini oshiradi, tajriba almashuv ishlarini tashkil qiladi;
pedagogika sohasidagi olimlar, ilmiy izlanuvchilar bilan hamkorlik ishlarini olib boradi;
innovatsiyalarning qo‘llanilishini dinamik ravishda kuzatib boradi;
innovatsiyaga oid Respublika ilmiy-amaliy kengashlar yig‘ilishlar va konferensiyalar o‘tkazadi;
malaka oshirish institutlari, tuman metodika va maktab pedagogik kengashlarini yangi axborotlar bilan ta’minlab boradi.
Pedagogik innovatsiyalarni qo‘llash bilan uni to‘plab, ilmiy jihatdan xulosalar tayyorlovchi bo‘g‘in o‘rtasidagi «Pedagogik matbuot» asosan nashr ishlari, ommalashtirish, keng pedagogik jamoalar, ilmiy-pedagogik xodimlarga ularni yetkazish, ularning taklif va mulohazalarini olish, tajriba-sinov xulosalari asosida innovatsiyalarni yanada takomillashtirish ishlari bilan shug‘ullanadi. O‘ylaymizki, ta’lim texnologiyasi va pedagogik innovatsiyalarga bunday tizimli yondashuv Davlat ta’lim standartlarini amalga oshirishda o‘z samarasini ko‘rsatadi. O‘qituvchining pedagogik faoliyatini olib borishga halaqit beradigan psixologik to‘siqlarni umumlashtirib yangilik kiritishlarga o‘qituvchilarning ko‘proq qarshilik bildirishini keltiradigan sabablarni ta’kidlab o‘tish zarur.
1. O‘zgarishning maqsadi o‘qituvchilarga tushuntirilmagan yashirin, gapning ikki ma’nosi xavotir va noma’lumlikni keltiradi. Noma’lumdan qo‘rquv har qaysi yangi usulga o‘qituvchilarni yo‘llashi mumkin.
2. O‘qituvchilar yangilikni kiritishda rejalashtirish va ishlab chiqarishda
qatnashmaganlar.
3. Jamoa an’analarini e’tiborga olmaslik va o‘z ishining odatiy usuliga rioya qilish.
4. Yangi usullarga sub’ektiv munosabat va qo‘rquv, statusni yo‘qotish xislari.
5. Ish xajmining ko‘payishi rahbar o‘qituvchilar faoliyatida o‘zgarishlarni rejalashtirmasligi oqibatida qo‘rqish paydo bo‘ladi.
Yangilik kirituvchi tashabbuskor odam hurmat va ishonchga ega bo‘lmasa. Afsus, ko‘pincha o‘qituvchilar loyihaga emas, uning muallifiga qaraydi. Agar bu insonning hurmati past bo‘lsa, pedagog uning qadrligiga qaramay, bu odamga ishonchsizligi uning g‘oyasiga o‘tkaziladi. O‘qituvchi ijodkorligini shaxsiyatning axloqiy munosabatiga qarab mulohaza qilish mumkin. Agar ijodiy faollik asossiz va mavjud qadriyatlarga e’tiborini qaratmasa, demak bu faollik juda xavfli. Yosh o‘qituvchining bilim berishi va kasbiy faoliyatida ijodiy rivojlanishi uchun ko‘p variantli yechimlarga olib boruvchi mashqlarni topmaganlar. M.V.Klarinning «Chet el-pedagogik izlanishlarda ta’limotning pedagogik modellari» monografiyasida yuqori sinf o‘quvchilar bilan darslarni tashkillashtirish asosiga qo‘yilgan quyidagi masalalar taqdim etiladi:
-ijodiy yaratishlarda ichki to‘siqlarni yo‘qotish. O‘quvchilar ijodiy izlanishga tayyor bo‘lsa, ularga o‘quvchilar va o‘qituvchilar bilan o‘zaro munosabatlarda o‘zida ishonchni o‘rnatishga yordam berish lozim. Ular qabul qilinadimi yoki ular ustidan kuladimi, lekin ushbu xavotirlanishga yo‘l qo‘ymaslik kerak. Ular xato qilishdan ko‘rqmasligi lozim;
-ongsizlikda ishga e’tibor berish. Agar muammo diqqatning markazida joylashmasa ham miyaning ongsiz qismi uning ustida ishlaydi. Ayrim g‘oyalar bir oyda chiqib qolsa ham ularni vaqtida eslab qolish kerak hamda tushuntirib, joylashtirib qo‘yish va ulardan maqsadli foydalanish lozim;
-baholashdan chetda yurish. Bu ham o‘quvchilarning g‘oyalar oqimini kengaytirish, muammoning ustidan erkin fikrlashiga ko‘proq vaqt va e’tibor berishga imkoniyat beradi.
O‘quvchilarga ijodiy izlanish va yangi tasavvur bog‘lanishlarining topilishi uchun metafora va o‘xshatishlarni ishlatilishiga imkoniyat berish hisobiga kengayadi. O‘rta va oliy maktablarda ixtirolar bilan ishlash, obrazli tafakkurga chaqirish, obrazlarning yaratilishida va ularni anglashiga yo‘naltirishda spontallikning birlashuvini kiritadi; -aqliy mashqlar imkoniyatini berish. Boshqa holatlarda o‘rganish uchun o‘quvchilarga mashqlar beriladi, sababi-echimni topish holatida ular buni o‘zgacha his etadi, o‘zini yo‘qotishga yo‘l qo‘ymaslik;
-tasavvurning faolligini qo‘llab-quvvatlash. Bu ijodiy o‘ylashning asosi hisoblanadi.
Tasavvurni, hayolni o‘z joyiga qo‘yish, ularni nazorat qilish, ichki ozodalik, tartib yaratib bo‘linganidan so‘ng hamma gaplar mulohaza qilinadi;
-o‘zlashtirishni rivojlantirish, sezish, o‘zlashtirishni kengaytirish va to‘ldirishlarni kuchaytirish.
O‘quvchilarga ularning ijodiy faoliyatidagi ma’nosini umumiy yo‘nalishlarini anglashga yordam berish, o‘z imkoniyatlarning rivojlanishini bilish. Bunday tushunchasiz ijodiy faoliyatni kuchaytiradigan mashqlar o‘yin sifatida o‘zlashtiriladi.
Yuqorida sanab o‘tilgan maslahatlar erkin muloqotda, fikr-almashuvda, ijodiy bahslashuvda eksperimental ish jarayonida bo‘lib o‘tishi mumkin. Mashg‘ulotlarning tashkil etuvchi shart-o‘quvchilarni ijodga shaxsiy kiritishi ekan. Shunday ta’lim, bilim, idroklarni shaxsiyat sohasining shakllanishiga kiritadi, yuqori sinf o‘quvchilari ochiq, o‘zlashtirish va boshqa nuqtai nazarini tushunishi uchun qobiliyatlarni rivojlantiradi.
Misol uchun qobiliyatlar rivojlanishining natijasini ko‘rib chiqamiz: «Shuni ko‘rib o‘tish kerakki, hozir nimalarni mulohaza qilsa, uni hammasini tushunarmikan..? Nimaga u o‘z qarashiga meni ishontirmoqchi?». Menimcha: «ma’lumotlarim yetarli emas: yetmagan to‘la- to‘kislarni bilib olsam, yaxshi bo‘ladi... U nohaq deb aytyapmanmi yoki ochiqchasiga o‘z munosabatimni bildiryapmanmi? Bu holda men ishonchliroq tarzda o‘z fikrimni o‘zgartirishim kerak». O‘quvchilarda ijodiy fikrlashni rivojlantiish metodlarini va mazmunini didaktik izlash bilim va usullarni shakllantirishga olib keldi. Shunday tadqiqiy mo‘ljal o‘quv jarayoniga pedagogik yondashuvni o‘ziga xos tarzda yo‘lga qo‘yishni taqozo etadi. Bu esa o‘z o‘rnida ta’limning maqsadi yosh o‘qituvchilarda yangi tajriba, kasbiy – tadqiqiy faoliyatda yangi bilimlar bilan qurollanishni, rolli va o‘xshatish kabi modellashlarni o‘zlashtirish imkoniyatini yaratadi.
Bolalar tomonidan mazmunan ma’lumotlarni o‘zlashtirishi bilan bog‘liq bo‘lgan aniq shakllarga murojaat qilamiz. Talim modellarining misollar orasida biz muammolarni tizimli yechim asosida ijobiy izlanishning tashkillashtirishni bahslashuv va didaktik o‘yinlarini ajratamiz. Sanab o‘tilgan modellar orasida biz didaktik va rolli o‘quv o‘yinlariga alohida e’tibor qaratamiz. Didaktik o‘yinlar metodikasining asosiylari ularning tizimida o‘rnatilgan 4 bosqichni ajratsa bo‘ladi.
Orientatsiya – o‘rnatiladigan mavzuning tasavvuri, o‘xshatilishi va uning qoidalar
harakteristikasi, o‘yin mulohazalarining bayoni, o‘yin o‘tkazishda uning sahnalashtirishi, o‘yin mazmunining detallarini ishlab chiqarish katta ahamiyatga ega. Sahna – bu o‘yinning tashkiliy va syujetli sxemasi, umumiy rejasi ekan.

Yüklə 112,71 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin