Kurs ishi maqsadi: ta’lim jarayonida innovatsion texnologiyalar mazmuni va mohiyatini o’rganish
Kurs ishi ob’ekti: O’zbekiston hududi joylashgan Maktabgacha ta’lim bo’limiga qarashli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari.
Kurs ishi predmeti: ta’lim jarayonida innovatsion texnologiyalar mazmuni va mohiyatini shakli va vositalari.
Kurs ishi vazifalari: 1. Mavzuga oid ilmiy-nazariy, falsafiy, pedagogik adabiyotlarni o‘rganish va tahlil qilish.
2. Innovatsion texnologiyalarni ta’limni rivojlantirishdagi o‘rnini aniqlash.
3. Ta’limda innovatsion uslublarni ishlab chiqish va joriy etishni pedagogik jihatdan asoslash.
4. Mavzu yuzasidan ilmiy-metodik tavsiyalar ishlab chiqish.
Kurs ishi quyidagi metodlar asosida amalga oshirildi:
tadqiqot mavzusiga oid ilmiy-falsafiy, psixologik-pedagogik adabiyotlar, o‘quv-
metodik qo‘llanmalarni ilmiy-pedagogik jihatdan tahlil etish;
Tadqiqotning metodologik asoslari: O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev ta’limni modernizatsiyalash, innovatsion texnologiyalarni keng jalb etish xususidagi qarashlari, Hukumat qarorlari.
Kurs ishi amaliy ahamiyati. Tadqiqot jarayonida ilgari surilgan fikrlardan, yondashuvlardan hamda samaradorligini ta’minlovchi tadqiqot natijalaridan pedagogik fanlar bo‘yicha ma’ruzalar tayyorlash, qo‘llanmalar yaratish, shuningdek metodik tavsiyanomalar yaratishda, ish tajribalarini ommalashtirishda samarali foydalanishga xizmat qiladi.
Kurs ishi ishining tarkibiy tuzilishi va hajmi:ish kirish, 2 bob, 5 bo‘lim, umumiy xulosalar va tavsiyalar, foydalanilgan adabiyotlar ro‘yhatidan iborat