ta\'lim jarayonida innovatsion texnologiyalarni joriy etish
2.3. Innovatsion uslublarni ishlab chiqish asosida ta’limda o‘qitishni jadallashtirish, individuallashtirish va tabaqalashtirishga erishish O‘qitishni jadallashtirish texnologiyasini Viktor Fedorovich Shatalov ishlab chiqdi va hayotga joriy qildi. U o‘qitishning an’anaviy sinf-dars usulining hali ochihnagan kata imkoniyatlarini ko‘rsatib berdi.
V.F. Shatalovning maqsad-mo‘ljali:
• bilim, malaka va ko‘nikmalarni shakllantirish;
• har qanday individual xususiyatlarga ega bo‘lgan barcha bolalarni o‘qitish;
• o‘qitishni tezlashtirish.
Tamoyillar:
• ko‘p marta takrorlash, majburiy bosqichma-bosqich nazorat,
iyinchilikningyuqori darajasi, katta bloklarda o‘rganish faoliyatning dinamik qolipi, xatti-harakatning tayanchi, va lining mo‘ljaldagi asosini qo‘llash;
• shaxsni ko‘zda tutish asosida yondashuv;
• insonparvarlik; • zo‘rlab o‘qitmaslik;
• o‘quv vaziyatlarining konfliksizligi’, har bir o‘quvchining muvaffaqiyatlaridan boxabarlik, tuzatish (yodga solish);
V.F. Shatalov metodining o‘ziga xosligi:
• materiallar katta hajmda kiritiladi;
• materiallar bloklar bctyicha joylashtiriladi;
• o‘quv materiali tayanch sxema-konspekt ko‘rinishida rasmiylashtiriladi.
Jadvaldan ko‘rinib turibdiki, tayanch konspekt ko‘rgazmali sxemani tashkil yetmoqda. V.F.Shatalov tayanch (tayanish) deganda bola harakatlarining taxminiy asosini, ichki fikrlash faoliyatining tashqi tashkil qilinish usulini tushunadi. Tayanch signal o‘zaro uzviy bog‘lovchi ramzlar (ishora, so‘z, sxema, rasm va h.o) bo‘lib, qandaydir ma’noli mohiyatni almashtiradi.
Tayanch konspekt - o‘quv materiallari o‘zaro bog‘langan usullarining butun qismlari sifatida faktlar, tushunchalar, g‘oyalar tizimi o‘mida qo‘llana oladigan ko‘rgazmali konstruksiyalardan iborat qisqacha shartli konspekt ko‘rinishidagi ayanch signallar sistemasidir.
V.F.Shatalovning xizmatlari shundaki, u mashg‘ulotlarda yetarli darajada va barchaning faolligini ta’minlovchi o‘quv faoliyati tizimini ishlab chiqdi.
V.F.Shatalov metodikasi 4 bosqichdan iborat bo‘lib, ular bir qancha usul va metodik yechimlarni o‘z ichiga oladi:
1. Nazariyani sinfda o‘rganish: taxtada oddiy tushuntirish (bo‘r, ko‘rgazmali qurol, O‘TV bilan) bo‘yalgan plakat — tayanch konspekt bo‘yicha qayta tushuntirish; plakat bo‘yicha qisqacha bayon qilish; o‘quvchilarning o‘z konspektlari ustida individual ishlashlari, konspekt bloklari bo‘yicha keng mustahkamlash.
2. Uydagi mustaqil ishlar: tayanch konspekt+darslik+ota-onalar yordami. O‘quvchilarga uqtirish: konspektdan foydalangan holda o‘qituvchining tushuntirganlarini yesla, berilgan materialni kitobdan o‘qi; o‘qiganlaringni konspekt bilan qiyosla; konspekt yordamida darslik materiallarini so‘zlab ber (kodlashtirish-dekodlashtirish); konspektni so‘zlab berish uchun tayanch sifatida yodda saqla; konspektni qayta ishlab chiqqish va namunaga qiyosla.
3. Birinchi takrorlash - konspektni o‘zlashtirishni har tomonlama keng nazorat qilish: barcha o‘quvchilar konspektni xotirasida qayta ishlab chiqadilar, o‘qituvchi ularni peshma-pesh tekshirib boradi bir vaqtning o‘zida «asta» va magnitafon orqali so‘rab boradi yozma ishdan so‘ng og‘zaki so‘rash boshlanadi.
4. Tayanch konspektni og‘zaki so‘zlab olish - o‘zlashtirishdagi tashqi nutq (og‘zaki) faoliyatining yeng muhim bosqichi, u turli savol-javoblar jarayonida yuz beradi.
Xulosa 1. Ta’lim tizimini isloh qilishning zarurligini tushunib yetish, amaliyotda ta’lim muassasalarini innovatsion jarayonlarga qo‘shilishini taqozo etmoqda, o‘zini yaratish imkoni mavjud innovatsion maydonda ko‘rish va eng muhimi aniq yangiliklarni o‘zlashtirishdan iborat.
. Bugungi kunda maktab va oliy ta’lim tizimidagi an’anaviy va ommaviy ko‘rinishdagi ta’lim va tarbiya jarayonlari o‘rniga ta’lim muassasalari rivojlanishida o‘ziga xos yangilik bo‘lib innovatsion jarayonlar kirib kelmoqda.
3. Fanni va innovatsiyani kelajakda rivojlantirish strategiyasida “innovatsion insonni” yaratish, ya’ni ishlashidan qat’iy nazar u innovatsiya va yangi bilimlarga moyil bo‘lishi kerak. Bugungi kunda zamonaviy innovatsion yaroqlilik yuzaga kelmoqda.
4. Hozirda boshqa faoliyat sohalari, jumladan, ishlab chiqarish rivojlanishining innovatsion yo‘liga o‘tgach, ta’lim sohasi ularga faqat yetakchilarni tayyorlash funksiyasini bajardi. Lekin aslida esa boshqacha ko‘rinish ko‘zga tashlanadi. Ilgari jamiyat uchun uncha ko‘p bo‘lmagan va mustaqil shakllangan innovatorlar yetarli edi.
5. An’anaviy pedagogik ta’lim mazmuni va tashkil etishi jixatidan aniq o‘quv fani bo‘yicha mutaxassis o‘qituvchilarni tayyorlashga qaratilgan. Kasbiy-pedagogik tayyorgarlikdagi an’anaviy tizimda, faoliyatli yondashuv asosida o‘quv-tarbiyaviy jarayon yotadi va bu jarayonda ishtirokchilar o‘rtasidagi munosabatlar sub’ekt-ob’ekt tarzida yo‘lga qo‘yilgan. Bu yerda sub’ekt-o‘qituvchi ma’lum chegaralangan sharoitda bo‘lib, uning faoliyatini o‘quv reja va o‘quv dasturi boshqaradi va hamda munosabatlar qat’iy belgilab qo‘yilgan. Ob’ekt-talaba ma’lum darajadagi bilim hajmi bilan chegaralangan.
6. O‘qituvchi va talaba o‘rtasidagi muloqot namunasining o‘zgarishi innovatsion faoliyat shartlaridan biridir. Yangi munosabatlar an’analarda bo‘lganidek, qistovlar, hukmga bo‘ysunish kabi unsurlardan holi bo‘lishi lozim. Ular tenglarning hamkorligi, o‘zaro boshqarilishi, o‘zaro yordam shaklida qurilgan bo‘lishi darkor. Ular munosabatlaridagi eng muhim xususiyati bu o‘qituvchi va talabaning ijoddagi hamkorligidir.
7. O‘qituvchining innovatsion faoliyati o‘z ichiga yangilikni tahlil qilish va unga baho berish, kelgusidagi harakatlarning maqsadi va konsepsiyasini shakllantirish, ushbu rejani amalga oshirish va tahrir qilish, samaradorlikka baho berishni qamrab oladi. Innovatsion faoliyatning samaradorligi pedagog shaxsiyati bilan belgilanadi.
8. Pedagogik ta’lim rivojlanishining zamonaviy innovatsion yo‘nalishlarini ichida xususiy innovatsion nazariyani shaxsiy (xususiy) yo‘nalishli ta’lim sohasidagi ishlanmalarni, ta’limni tashkiliy-tuzilmaviy modelini, ta’limni ko‘p darajali tizimini rivojlantirishni ajratib ko‘rsatish mumkin.
9. . Umuman olganda ta’limda individual-ijodiy va jamoaviy-ijodiy faoliyat sohasida bugungi kunga kelib sezilarli tajribalar to‘plandi, o‘quv pedagogik jarayoni ishtirokchilari o‘rtasida sub’ekt-sub’ekt munosabatlari rivojlanishida o‘zgarishlar sodir bo‘layotganini kuzatish mumkin. Ushbu tizim orqali talabalarni mustaqil ishlashga ishtiyoqi ortib, reyting tizimida ularning faol ishtiroki ta’minlansa, ikkinchi tomondan pedagoglar tomonidan talabalar faoliyatini boshqarishda metodik madaniyat darajasi o‘sib borishi kuzatiladi.