Jefferis, Alan; Madsen, Devid (2005), Arxitektura loyihasi va dizayni (5-nashr), Clifton Park, NY: Delmar Cengage Learning, ISBN 1-4018-6715-4
Gyotech va boshq. (2000) p. 792
Liu, Dennis K; Sorbi, Sheril (2009), Muhandislik dizayni uchun vizualizatsiya, modellashtirish va grafikalar (1-nashr), Clifton Park, NY: Delmar Cengage Learning, ISBN 1-4018-4249-6, p. 1-2
Ivan Viola va Meister E. Gröller (2005). "Vizualizatsiyadagi aqlli ko'rinish". In: Grafika, vizualizatsiya va tasvirlashda hisoblash estetikasi. L. Neyman va boshq. (Ed.)
www.industriegrafik.com Texnik Illustratorning sanoatda tutgan o'rni Arxivlandi 2009 yil 14 avgust Orqaga qaytish mashinasi veb-maqola, Oxirgi tahrirlangan vaqti: 15 iyun 2002 yil. Kirish 15 fevral 2009 yil.
J. Diepstraten, D. Weiskopf va T. Ertl (2003). "Interaktiv kesilgan rasmlar". ichida: Eurographics 2003 yil. P. Brunet va D. Fellner (tahr.) 22-jild (2003), Nr 3.
Gyotech va boshq. (2000), p. 341
Amerika Qo'shma Shtatlarining patent va savdo markalari bo'yicha idorasi (2005), Patentga oid umumiy ma'lumotlar § 1.84 Chizmalar standartlari (2005 yil yanvar oyida qayta ko'rib chiqilgan).
Elektron resurslar:
1. http://www.fayllar.org
2. http://www.hozir.org
ILOVALAR
1-chizma
2-chizma
3-chizma
4-chizma
5-chizma
Rezbani mustahkamlikka hisoblashda yuklanish o’ramlari orasida, bir xilda taqsimlanadi deb qabul qilinadi. Lekin tajribalar shuni kursatadiki, bu yuklanish bir xil bulmaydi, masalan 6 o’ramdagi gaykaning birinchi o’ramining yuklanishi 52% bulsa, oxirgi o’ramning yuklanish 2 % ni tashkil etadi.
Rezbalarga ta’sir etuvchi kuchning rezba o’ramlari opacida bir tekis taqsimlanmaganligini asosiy sabablaridan biri shuki, o’q bo’ylab ta’sir etuvchi kuchdan vintdagi rezbaning bir tomonga, gaykadagi rezbaning esa qarama - qarshi tomonga deformasiyalanishidir.
Vint hamda shpilkalarni burab kiritish chuqurligi po’lat, materiallar uchun N1=d, cho’yan materiallar uchun N1=1,5d deb olish tavsiya etiladi, bunda rezbaning mustahkamligi ta’minlanadi.
6-chizma
Chizma formatlari detalning murakkabligiga, ko‘rinishlar soni va masshtabga binoan aniqlanadi. Murakkab detallarning chizma formatini to‘g‘ri tanlash uchun umumiy ko‘rinish chizmasidagi xar bir detalning ko‘rinishlarini kalka qog‘oziga yoki yupqa qog‘ozga chizib olinadi. So‘ngra, bu tasvirlar bo‘yicha ularni ko‘rinishlar sonini iloji boricha kamaytiriladi.
Qolgan tasvirlarda konturdan tashqarida qo‘yiladigan o‘lchamlar uchun joy ajratiladi. Tasvirlarni o‘lchamlariga qarab zonalar bo‘yicha standart format maydonlariga joylashtiriladi.
Barcha chizmalarda chap tomondan tikish uchun 20 mm joy, qolgan tomonlaridan format chegarasigacha 5 mm dan joy qoldiriladi. O‘quv jarayonida sodda detallar uchun A4 formatni teng ikkiga bo‘lib ishlatishga ham ruxsat etiladi.
7-chizma
Chizma — qogʻoz, kalka (qora qogʻoz), taxta, yer sirti va boshqa ga chizilgan loyiha; maxsus chizmachilik asboblari (reysfeder, sirkul, reysmus, reysshina, chizgʻich va boshqalar) yordamida qalam, tush bilan maʼlum qoidalar asosida chizilgan grafik tasvir. Mashinalar, mexanizmlar, bino va inshootlar, vertolyot va samolyotlar, raketa va kosmik kemalar, radio va televizorlar, xullas korxonalarda tayyorlanadigan, qurilish maydonlarida quriladigan narsalar va obʼyektlarning qismlarini tayyorlash, buzilganda taʼmirlash (tuzatish), tekshirish uchun Ch.dan foydalaniladi. Mashinasozlikda qoʻllanadigan Ch. 3 turga boʻlinadi: turkumlab va koʻplab ishlab chiqarish Ch.lari, yakka tartibda ishlab chiqarish Ch.lari va taʼmirlash Chlari. Ch.larda tayyorlanadigan, taʼmirlanadigan va tekshiriladigan narsalarning oʻlchamlari, materiali, vazifasi, aniqlik, tozalik sinflari va boshqa maʼlumotlar koʻrsatiladi. Qurilishdagi Ch. umumiy qoʻrinish Chlari va ishchi (qurish) Ch.lariga boʻlinadi.
O’quvchilar o’quv ustaxonalarida yig’im chizmalari xaqida boshlang’ich ma’lumotlar olganlar. So’ngra detallar birikmalarining chizmalari ustida ishlash jarayonida bu ma’lumotlar rivojlantirilgan, chuqurlashtirilgan edi va ayniqsa muximi o’quvchilar eng sodda yig’ish chizmalarini o’qishga o’rganadilar.
Xalq Xo’jaligining turli soxalarida qo’llaniladigan yig’ish chizmalari xaqidagi ma’lumotlarni bundan keyin chuqurlashtirish va kengantirish uchun yetarli darajada bilim va ko’nikma xamda malakalar yaratildi.
O’qituvchining vazifasi - o’quvchilarda chizmani o’qishda aqliy xarakatlarning ma’lum tartibda bo’lishini tarbiyalash, ya’ni yig’ish chizmalarini o’qish sistemasini shakllantirishga yordam berishdan iborat.
Yig’ish chizmalarini o’qishda ba’zi maxsus mashqlardan muvaffaqiyatli ravishda foydalanish mumkin. Bu mashq modellashdan iboratdir. Buyum tarkibidagi ayrim detallarni plastilindan, sabzavotlardan, penoplastdan, yog’ochdan va boshqa materiallardan qirqib olish mumkin.
8-chizma
9-chizma
Nuqtaning tog’ri doiraviy silindrik ustida bir xil tezlikda aylanma va ilgarilanma harakatlanib chizgan chizig’i silindrik vint chiziq deyiladi. Nuqtaning vintsimon harakati aylanish sirtlari ustida sodir bo’lishi mumkin, shuning uchun vint chiziqning turi aylanish sirtining turiga bog’liq bo’ladi. Agar nuqta doiraviy silindr ustida vintsimon harakat qilsa, silindrik vint chiziq, doiraviy konus, sirt ustida vint harakat qilsa, konussimon vint chiziq hosil bo’ladi.
Nuqta hosil qilgan chizig’i chapaqay va o’naqay vint chiziqlarga bo’linadi. Soat mili harakatiga teskari yunalishida ko’tariladigan chiziq o’naqay vint chiziq, soat mili harakati bo’yicha ko’tariladigan chiziq esa chapaqay vint chiziq deyiladi. Vint chiziqning qadami, o’rami va kotarilish burchagi vint chiziqning elementlari bo’lib hisoblanadi.
Silindrik yasovchisi boylab olchangan qo’shni o’ramlari orasidagi masofa vint chiziqning qadami (h) deyiladi. Nuqtaning silindrik oqi atrofida bir marta aylanib chiqishi natijasida chizgan vint chizig’i o’ram deb aytiladi.