Mundarija kirish I. Bob. Xromasoma. Xromosomalarning molekulyar tuzilishi


Xromosomalarning genetik xaritasi



Yüklə 1,12 Mb.
səhifə7/21
tarix10.06.2023
ölçüsü1,12 Mb.
#127967
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   21
kurs ishi Yaxyobek

1.3. Xromosomalarning genetik xaritasi
Xromosomalarning genetik xaritasi deb muayyan xromosomada birikish guruhidagi birikkan genlarning ma’lum tartibda va bir-biridan muayyan masofada joylashganligini hamda genlarning nomlarini ifodalovchi simvollar aks etdirgan sxemaga aytiladi. Xromosomalarning genetik xaritasi genetik yaxshi tadqiq qilingan quyidagi organizm turlarigagina tuzilgan: drozofila, makkajo‘xori, pomidor, laboratoriya sichqonlari, neyrosporalar, ichak tayoqchasi bakteriyasi va boshqalar. Genlar xromosomada ma’lum tartibda chiziq bo‘ylab joylashganligi sababli krossingover chastotasi bu genlar orasidagi masofani ko‘rsatadi. Shuning uchun olingan dalillarga asoslanib genning xrosmosomada joylashgan o‘rnini aniqlash mumkin. Genlarning xromosomada joylashgan o‘rinlarini ya’ni lokuslarini aniqlashdan oldin mazkur gen qaysi xromosomada joylashganligini aniqlash lozim. Bitta xromosomada joylashgan va birikkan holda irsiylanadigan genlar birikish guruhlarini hosil qiladi. Birikish guruhlarining soni har bir turning gaploid sondagi xromosomalar to‘plamining soniga teng bo‘lishi kerak.
Ayrim hayvon va o‘simlik turlarida birikish guruhlari va xromosomalarning gaploid sonlari

Turlar

Xromosomalar gaploid soni

Aniqlangan birikish guruhlarining soni

Makkajo‘xori (Zea mays)

10

10

Pomidor (Lycopersicon esculentum)

12

12

No‘xat (Pisum sativum)

7

7

Neyrospora (Neurospora crassa)

7

7

Drozofila (Drosophila melanogaster)

4

4

Sichqon (Mus muskulus)

20

20

1-jadval
Hamma gaploid sondagi xromosomalar - birikish guruhlarining tartib raqamlari belgilanadi. Masalan, drozofilada X-xromosoma 1-tartib raqami bilan, ikkita uzun teng elkali xromosomalari 2-va 3-tartibli, eng kichik xromosoma 4-tartib raqamlari bilan belgilangan. Makkajo‘xorida gaploid sondagi 10 ta xromosomasi 1 dan 10 gacha tartiblangan.
Genetik xarita tuzish uchun dastavval har qaysi xromosoma eng kamida bitta gen bilan markerlangan (nishonlangan) bo‘lishi kerak. Genetik xarita tuzish uchun ko‘p sondagi genlarning irsiylanish qonuniyatlarini tadqiq qilish kerak. Masalan, drozofilada 500 ga yaqin gen tadqiq qilinib, ularning to‘rtta xromosomada joylashish tartibi aniqlangan. Makkajo‘xorining 400 ga yaqin genlari tadqiq qilingan va ularning 10 ta xromosomada joylashish tartibi aniqlangan. Xromosomalarning genetik xaritasiga quyidagi ma’lumotlar qo‘yiladi:

Bu masofa xromosomadagi birikkan genlarning krossingover foizi-morganidlar bilan o‘lchanadi. Genetik xaritada shu ko‘rsatkich ham yoziladi.


4 - rasm
Genning qaysi xromosoma birikish guruhiga tegishli ekanligi aniqlangandan so‘ng keyingi bosqichga – genning birikish guruhidagi o‘rnini (lokusini) aniqlashga kirishiladi. Genning joylashish o‘rnini aniqlash krossingover natijalarini hisobga olish orqali amalga oshiriladi. Xromosomada uchta lokusni nishonlash genlarning xromosomada joylashish tartiblari va ular orasidagi masofani aniqlashga yordam beradi.
Drozofila tanasining sariq rangdaligini belgilaydigan u geni bilan ko‘zning oq rangini ta’min etuvchi w geni orasidagi krossingover ko‘rsatgichi 1,2% ga teng bo‘lgan, w geni bilan qanotning ayrisimon bo‘lishini belgilovchi bi geni orasidagi krossingover 3,5% ni tashkil etadi. Bu ko‘rsatkichlar hali u genning w geniga nisbatan chap yoki o‘ng tomonda joylashganligini - xuddi shunday w genining bi geniga nisbatan qanday joylashganligini aytish qiyin. Faqat uchinchi juft- u va bi genlari orasi-dagi krossingover foizi (mazkur holatda 4,7%) aniqlangandan so‘ng, w geni albatta u va b genlari orasida joylashgan bo‘lishi kerak degan xulosaga kelinadi.

5 - rasm
Binobarin, gen birikish guruhida ma’lum bir joyni egallar ekan, bu har bir xromosomada genlarning tartibli joylashish va xromosomalarning genetik xaritasini tuzish imkonini beradi.

  • Jins genetikasi va jinsga bog‘liq holdagi irsiylanish.

  • Birikkan holda irsiylanish va krossingover.

  • Makkajo‘xori xromosomalarining genetik xaritasi.

Genetik va sitogenetik tahlil orqali yuqoridagi ikki yo‘nalishda olingan natijalarga asoslanib Morgan tomonidan belgilarning birikkan holda irsiylanish qonuni kashf etildi.
Morgan yaratgan irsiyat xromosoma nazariyasining asosiy mohiyati quyidagilardan iborat:
Irsiyat birligi bo‘lgan genlar xromosomada ma’lum tartibda, ketma-ket, bir chiziq bo‘ylab tizilgan holda joylashgan bo‘ladilar.
Bitta xromosomada joylashgan genlar bitta birikish guruhini tashkil etadilar. Genlar birikish guruhlarining soni organizmlar xromosomalari gaploid holatidagi soniga teng bo‘ladi.
Birikish guruhlardagi genlar birikkan genlar deb nomlanadi. Ular odatda kelgusi avlodlarga birikkan holda irsiylanadilar. Binobarin, birikkan genlar Mendelning uchinchi qonuniga bo‘ysunmagan holda irsiylanadilar. Ularning nasldan-naslga berilishi Morgan tomonidan kashf etilgan belgilarning birikkan holda irsiylanishi haqidagi qonunga mos holda amalga oshadi.
Birikkan genlar ular joylashgan juft gomologik xromosomalarda sodir bo‘ladigan krossingover hodisasi tufayli bir-biridan ajralgan holda mustaqil irsiylanishi mumkin.
Bitta xromosomada joylashgan birikkan genlarning o‘rni- lokuslari orasidagi masofa krossingover foizi bilan o‘lchanadi. Bu birlik morganid deb ataladi.
Bu sohadagi tadqiqot natijalari xromosomaning genetik va sitologik xaritasini yaratish imkoniyatini yaratdi.
Morganning irsiyatning xromosoma nazariyasi asosida irsiylanish qonunlari va irsiyat qonunlari aniqlandi.
Irsiylanish qonunlari irsiylanish jarayoniga oid bo‘lsa, irsiyat qonuniyatlari esa organizm genotipining ya’ni genlarning organizm belgi va xususiyatlari haqidagi genetik axborotni o‘zida kodlash, saqlash xossasini aks etdiradi. 

Yüklə 1,12 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   21




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin