Mundarija: kirish i-bob. Yangi davrda jismoniy tarbiya


Jismoniy tarbiyaning harbiylashtirilishi va fashistlashtirilishi



Yüklə 196 Kb.
səhifə14/16
tarix12.04.2023
ölçüsü196 Kb.
#96658
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Yangi va eng yangi davrlarda chet mamlakatlarda jismoniy tarbiya kurs ishi

2.3 Jismoniy tarbiyaning harbiylashtirilishi va fashistlashtirilishi. 
Birinchi jahon urushidan keyin kapitalistik mamlakatlarda jismoniy tarbiyani to`gridan-to`gri keng ko`lamda harbiylashtirish ayrim mamlakatlarda esa uni fashistlashtirish boshlanib ketdi. Chet el mamlakatlari o`quv yurtlarida olib borilayotgan jismoniy tarbiya dasturlari qayta ko`rib chiqildi. Mehnatkashlarning sport tashkilotlariga kirishini yengillashtirdi, ularni korxona egasiga qarashli fabrika-zavod sport klublariga, skaut tashkilotlariga, jismoniy tarbiyaning katolik hamda xristian uyshmalariga jalb etish ishlarini avj oldirib yubordi.
Chet el mamlakatlari sport tashkilotlarida yoshlarni jismoniy jihatdan har tomonlama o`stirish emas, balki ularga harbiy bilimlar, ko`nikma va malakalar berish, o`z ideologiyasini majburan qabul qildirishga urindi.
Germaniyada revanshist va agressiv doiralar nemis harbiy imkoniyatlarini qayta tiklash planlarini ko`tarib chiqa boshladilar. Ular nemis yoshlarini jismoniy jihatdan baquvvat, «Buyuk Germaniya»ni tiklashni hamda nemis militaristlarining «Germaniya hammadan yuqori» degan chaqirig`ini amalga oshirishni to`la istaydigan qilib tarbiyalashga intildilar. 1920 yilda general Bergardi Germaniyaning harbiy quvvatini qayta tiklash yo`lini ko`rsatib berdi. U, Versal shartnomasiga muvofiq, Germaniyaga qoldirilgan 12 yillik muddat bilan xiamat o`taydigan 100 ming soldati bo`lgan armiya asosida urushga tayyorlanish «g`oya»sini ilgari surdi. Uning planiga ko`ra, bu armiya ofitserlar sostavini tayyorlash darajasida ta`lim olgan va eng yangi texnika bilan qurollangan bo`lishi hamda buyrug`i ommaviy armiya ofitserlar sostavining negizini tashkil qilishi kerak edi. Oddiy soldatlarni grajdan gimnastika va sport tashkilotlarida tayyorlash va tarbiyalashni tavsiya etdi. Hukmron doiralar tomonidan bu g`oya qo`llab-quvvatlandi hamda gimnastika va sport klublarining keng tarmoqlarini tashkil etish ishlari rag`batlantirila boshlandi.
Nemis gimnastika uyshmasi (DT) g`ayrat bilan ishladi, u 1921 yildan boshlab sport gimnastikasini, bir yil o`tishi bilan futbol, qo`l to`pi, baydarakda eshkak eshish, qilichbozlik, suzish va yengil atletikani taraqqiy ettira boshladi. Gimnastika uyshmasi sportning boshqa turlarini taraqqiy etishga intilishining sababi yoshlarni o`z saflariga iloji boricha ko`proq jalb etish va ularni german militarizmi ruhida tarbiyalash maqsadidan iborat edi. 1922 yilga kelganda DT a`zolarining soni bir million kishiga yetdi. Siyosiy sohada DT reaksionerlarni va fashistlar to`dasining boshlig`i Gitlerni qo`llab-quvvatlaydigan Germaniya revanshist tashkilotlarining pozitsiyasini to`la yoqladi. DT va boshqa burjua gimnastika va sport tashkilotlari, sportning siyosatga aloqasi yo`q, degan shiorlar bilan niqoblandilar, amalda esa jismoniy tarbiyani, yoshlarni xarbiy jismoniy jihatdan tayyorlashni harbiylashtirdilar.
1933 yil fashizmning hokimiyat tepasiga kelishi german xalqining jismoniy tarbiyasi tarixida eng mudhish davrning boshlanishi bo`ldi. Fashistlar hokimiyatni qo`lga olishi bilan Qizil sport birligi uchun kurash komitetiga birlashgan barcha ishchi sport tashkilotlarni yo`q qildilar. LSI seksiyalari tarqatib yuborildi va Jismoniy tarbiya davlat komiteti tugatildi. Jismoniy tarbiya, sport ishlariga rahbarlik qilish ishlari imperiya sport komisari Chammer Ostenga topshirildi.
Sport komissari ishni juda ko`p burjua sporti tashkilotlarini markazlashtirishdan va sportning eng ko`p tarqalgan turi bo`yicha 15 ta «unifikatsiyalashtirilgan» totalizator uyushmalar tuzishdan boshlandi. Bular oblost, rayon va okrug bo`linmalaridan iborat territorial prinsipda qurilgan umumgerman miqyosidagi tarmoqli sport soyuzlari edi. Har bir soyuz tepasida national sotsiolistlar partiyasi a`zosi bo`lgan imperiya sport komissarining ishongan kishisi turardi,
Sportni harbiylashtirish va fashistlashtirishga sobiq ishchilar sporti tashkilotlarining a`zolari va ilg`or burjua sportchilari qarshi chiqdilar.
Yashirin ish tutayotgan ishchilar sport klublarining aktivlari fashistlarning misli ko`rilmagan terroriga qaramay, gitlerchilar rejimi hamda sportni fashistlashtirishga qarshi kurashning nihoyatda turli-tuman formalaridan foydalandilar.
Fashistlar qattiq terror qilish natijasida keksa nemis sport tashkilotlarining qarshiligini yengishga hamda sport harakatini fashistlar yo`lga solishga muvaffaq bo`ldilar.
Berlin Jismoniy tarbiya oily maktabi sport sohasidagi fashistlar g`oyalarining manbai edi. Fashistlar sport «fani»ning bu markazida sportda ariylarning «ustunligi» irqiy nazariyasi ishlab chiqilardi fashistlarning qallob ideologlari, go`yo agressiya inson tabiatiga xos narsa, sport esa agressiyaning namoyon bo`lishi, shuning uchun xam u millatning boshqa xalqlar ustidan hukmron bo`lishiga tayyorlashning muhim vositasi, deb isbotlashga urindilar.
Akademik sport (sof sport turi) fashistlar Germaniyasida xalqaro sport maydonida Germaniya sharafini himoya qiluvchi kichik bir guruh yoshlar mo`ljallangan edi. Sportchilarning ko`pligi esa keskin qo`pol harbiy mashqqa duchor qilinardi. 1934 yildan boshlab Germaniyaning sport tashkilotlarida dala sporti (gelendeshport) alohida o`rinni egalladi. Uning vazifasi jangovor holat paytida dala sharoitlariga moslana bilish ko`nikmasini hosil qilishdan iborat edi. Qo`llanmada shunday yozilgan edi: «Tabiatni unitib qo`ygan shaharlik rekrut gelendeshport tufayli u bilan qaytadan tanishishi kerak. Sport rekruti harbiy harakatlarning barcha turlari-saflarning orasi va saflarning orasi ochilgan holatlarni o`rganishi u yurish, yugirishni bilishi har qanday to`siqlardan o`ta olishi, karta, kompfs, yulduzlar va boshqa orintirlarga qarab yo`l tuta olishi, eshtish ko`rishni mashq qildirishi, xarbiytopografiya bilimlarini egallashi lozim».
1934 yidda fashistlar Germaniyasida uch darajali - bronza, kumush va oltin davlat sporti znachogi joriy qilindi. 18-35 yoshlardagi har bir erkak kishi belgilangan muddat ichida ana shu znachok uchun norma topshirishi shart edi. Bronza znachogini olish uchun sport-rekrut maktabini va bir yillik gelendeshport maktabini tomomlash, 100 metrga yugirish, uzunlikka sakrash, gurzini yuqoriga otish, yadro irg`itish, 3000 metrga yugi`rish, kichik kalibli miltiq otish, 12,5 kg yuk bilan 25 km ga marsh bilan borish mo`ljalga granata uloqtirish hamda gelendeshport programmasi asosida sinov topshirishi kerak edi.
Fashistlarning «sport» tarbiyasi «Quvonch tufayli kuch» tashkiloti yonida tuzilgan «mehnat fronti» (fashist kasaba soyuzlari) vositalari ham amalga oshirildi. 1936-1939 yillarda sportni fashistlashtirish yanada kuchaydi.1938 yilda ta`sis etligan Jismoniy mashqlar millatchilik imperiya soyuzida o`z ifodasini topdi. Fashistlar Italiyasida ham jismoniy tarbiya va sport ishlari keng miqyosda harbiylashtirildi va fashistlashtirildi. 1922 yilda xokimiyat tepasiga kelgan Italiya fashizmining siyosati «Buyuk Italiya»ni tuzish uchun yangi imperialistik urushga tayyorlanishga qaratildi.

Yüklə 196 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin