Mundarija: kirish i-bob. Yangi davrda jismoniy tarbiya



Yüklə 196 Kb.
səhifə2/16
tarix12.04.2023
ölçüsü196 Kb.
#96658
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Yangi va eng yangi davrlarda chet mamlakatlarda jismoniy tarbiya kurs ishi

Kurs ishining ob’ekti: - Yangi va eng yangi davrlarda chet mamlakatlarda jismoniy tarbiya rivojlanishi va uning tarixiy ahamiyati.
Kurs ishining predmeti: angi va eng yangi davrlarda chet mamlakatlarda jismoniy tarbiya rivojlanishi
Kurs ishining vazifalari: Yangi va eng yangi davrlarda chet mamlakatlarda jismoniy tarbiya ta'limotlarini o’rganish va tahlil qilish.
Kurts ishining ilmiy ahamiyati: Professional sport –sport harakatidagi eng harakatli hodisadir. Birinchi jahon urushidan so`ng o`z foydasini o`ylovchi tadbirkorlar sportdan tomashabinlarni qiziqtiradigan va ularda eng yaramas niyatlarni uyg`otadigan tomosha sifatida keng ko`lamda foydalana boshladilar
Kurs ishining tarkibiy tuzilishi: kirish, 2 bob, 7 ta reja, xulosa va adabiyotlar ro‘yxatidan iborat.
I-BOB. YANGI DAVRDA JISMONIY TARBIYA
1.1 Jon Lokk, Jon Jak Russo, Iogann Pestalotsi, Jorj Demeni va boshqalarning jismoniy tarbiyasi.
Yer yuzida ijtimoy-madaniy turmushning tubdan o’zgarishi o’rta asrlarga kelib bog’lanadi. Yevropa, Osiyo, Amerika, Afrika qit’alaridagi ilg’or madaniyat vakillari jismoniy tarbiyani inson xayotining uzviy omili ekanligini isbotlashga xarakat qildi. Natijada jismoniy tarbiya vositalarini oilaviy hamda maktab tarbiyasida qo’llanishga erishishdi. Erishilgan ilg’or tajribalar davlatlardan-davlatlarga, qit’alardan-qit’alarga tarqaldi, ya’ni qilichbozlik, o’q otish, kurash, aravada poyga, suzish kabi o’nlab o’yin-mashqlar xalkaro miqyosda qo’llanila boshladi. Bu jihatlar Germaniya, Fransiya, Italiya, Rossiya, Xitoy Yaponiya, AQSh va boshqa ko’p davlatlarda jismoniy tarbiyaning rivojlanishi hamda keyinchalik milliy sport turlarining yuzaga kelishiga sabab bo’ldi.
Yuqorida qayd etilganidek, jismoniy tarbiya jaxonshumul tarixiy ahamiyat kasb etadi. Shu sababdan o’tgan davrlardagi xalkaro jismoniy tarbiya tarixidan eng muhim bo’lgan sanalarni tilga olish maqsadga muvofiqdir.
XVI-XIX asrlardagi burjua inqilobi feodal tuzumining asosini buzib-yanchib tashladi va kapitalizmning g’alabasini ta’minladi. Bu davrda tabiatshunoslikka doir juda ko’p ilmiy kashfiyotlar qilindi. Moddiy dunyoning barqarorligi va g’ayri-tabiiy kuchlarning yo’qligi haqidagi fikrlarga olib keldi. Odamning aqli, irodasi va jismoniy fazilatlarining namoyon bo’lishida tarbiya natijasi ko’rina boshladi. Bu hol insonning pedagogikaga bo’lgan qiziqishi ortishiga va jismoniy tarbiyaning nazariy asoslari amalda bajarilishiga sabab bo’ldi. Jon Lokk (Angliya), Jan Jak Russo (Frasiya), Iogann Pestalossi (Shveysariya)ning pedagogik qarashlari hamda XVIII asrning oxiridagi nemis filantroplarining pedagogik tajribasi jismoniy tarbiya nazariyasi va amaliyotning taraqqiy qilishiga katta ta’sir etdi.

Yüklə 196 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin