Yangi va eng yangi davrlarda chet mamlakatlarda jismoniy tarbiya kurs ishi
2.1 G'arbiy Evropa va AQSHda gimnastika va sport o’yinlari tizimlarining rivojlanishi. Jismoniy madaniyatda rekreatsion harakatlar. Rekreatsiya - qayta tiklash, sog'lomlashtirish, hordiq chiqarish ma'nolarini bildiradi. Jismoniy madaniyatning taraqqiyotida rekreatsion harakat muhim o'rin tutadi. Chunki u faol dam olishning mujassamlashgan vosita, usullaridan hisoblanadi.
Rekreatsion jismoniy madaniyat harakatining rivojlanishiga obyektiv sabablar ko'p. Ya'ni zavod-fabrikalar, maktablar va boshqa joylarni qurish uchun joylarni band qilish, shaharlarning kengayishi, ekologiyaning buzilishi, ishchi va mehnatkashlar ish vaqtining ko'payishi, dam olish hamda hordiq chiqarishga imkoniyatlarning kamayishidir. Yoshlar o'rtasida ichish, chekish, bezorilik va tartibsizlikning o'sishi ham ularga qarshi tadbirlar olib borishni taqozo etdi5.
Yana bir tomoni shundaki, fan-texnika taraqqiyoti va ba'zi kishilarning turmush sharoiti faol harakat qilishdan orqada qolib ketdi. Natijada, gipodinamiya hollari rivojlana boshladi. Bularning barchasi salomatlikning susayishi va kasalliklarning ko'payishiga olib keldi. Ana shu illatlardan saqlanish yo'lida jismoniy tarbiyadan foydalanish ishiari shakllandi.
Bu yillarda birinchilardan bo'lib Angliya XIX asrning 70-yillarida harakat qildi va Londonda o'yinlar uchun maydonlar tashkil qilindi, istirohat bog'lari barpo etildi, turli ijtimoiy harakati faollari sayrlar, o'smirlar va katta yoshdagilar bilan o'yinlar o'tkazishdi. XX asrning 80-90-yillarida shunga o'xshash istirohat va ko'ngil ochish bog'lari AQSH, Germaniya, Polsha, Kanada, Fransiya, Avstraliya, Urugvay va boqsha mamlakatlarda ham bunyod etildi.
Lyuter Gulik. Rekreatsion harakatni davlat miqyosida tashkil etuvchilardan biri amerikalik shifokor Lyuter Gulik (1866-1918) hisoblanadi. Bu harakatning mohiyatini ilmiy asoslab berish unga tegishlidir. XIX asr o'rtalaridayoq AQSHda «O'yinlar uchun maydonlar kerak» degan harakat mavjud edi. Uning «Sof havo» dasturi asosida bolalar uchun yozgi dam olish oromgohi tashkil qilingan. Boston shahrida 1868-yilda birinchi marotaba o'yinlar uchun maydonlar qurilgan. 1861-yilda Vashington atrofida yozgi dam olish oromgohi qurilgan. Shu davrlarda ilk bor rekreatsion klublar vujudga kela boshladi.
1855-yilda sog'liqni tiklash va jismoniy tarbiya Amerika Assotsiatsiyasi ta'sis etilib, u o'yin maydonlari va sog'lomlashtirish oromgohlarini qurishda yordam berdi. Shunga o'xshash muassasalar boshqa davlatlarda ham tashkil qilindi. Ular Germaniyada «Yoshlar va kattalarning o'yiniga ko'maklashish Markaziy komissiyasi», Daniyada «O'qituvchilar o'yiniga ko'maklashish milliy komissiyasi» Urugvayda - park va sport milliy kengashi, Polshada - yoshlarning o'yini va hordiq chiqarish komissiyasi, o'yinlar va sayrlar bo'yicha Shveysariya jamiyati va hokazodan iborat bo'lgan.
Rekreatsiya (sog'lomlashtirish, qayta tiklash) tizimidan yugurish va yurish, suzish va eshkak eshish, chang'i va konkida uchish, gimnastika va velosipedda yurish, xalq o'yinlari va raqslar, piyoda sayohatlar kabi turlar o'rin olgan. Uning dasturida, shuningdek, voleybol, basketbol, qo'l to'pi (gandbol), beysbol va boshqa o'yinlar ixchamlashtirilgan qoidalar bo'yicha tashkil qilingan. Gimnastikachilar, akrobatlar, girya (tosh) ko'taruvchilar va boshqalarning namunaviy, chiqishlari o'tkazib borilgan. Uyushmalarda shifokor nazorati va maslahatlari, uqalash (massaj) xizmatlari tashkil qilingan, suv va fiziomuolajalar amalga oshirilgan, shug'ullanuvchilarga madaniy-ma'rifiy xizmatlar uyushtirilgan. Bu harakatning boshida xayriya tashkilotlari (rahm-shafqat va salomatlik, xushyorlik, tabiatni sevuvchilar va h.k. jamiyatlari) turib, mazkur ishlami boshqarganlar.
Rekreatsiya ishlari tijorat (biznes) uchun muhim bo'lganligi sababli bu faoliyatlarni keyinchalik kommersiya sohasi egallab oladi. Shu jihatdan ham, rekreatsiya tizimiga faqat shifokorlar, pedagoglar hamkorligigina emas, balki ishlab chiqarish doiralari ham kirib keldi.
Jismoniy tarbiyaning deyarli barcha vositalari va ularni tashkil qilishning o'ziga xos turli usullari sportni rivojlantirish bilan bir qatorda aholining salomatligini yaxshilash, tiklash, rivojlantirishga xizmat qilib kelgan. Buning ilmiy-nazariy asoslari va ijtimoiy-pedagogik mohiyatini o'rganish, erishilgan ilg'or tajribalarni amalda qo'llash barobarida XIX asrning ikkinchi yarmi va XX asr boshlarida ancha ijobiy ishlar qilinganligi ma'lumdir.
Havaskorlik va professional sport. So'nggi davrda sport keng qanot yozib taraqqiy qila boshladi. Kollejlar va universitetlardagi sport keng jamoatchilik doirasiga yoyilib, jismonan chiniqish va faol dam olish vositasiga aylana bordi. XIX asr oxirlarida sport havaskorlik va professional darajasiga chiqib oldi. Bu 1894-yil Parijda havaskorlik sportining tamoyillarini o'rganish va uni keng yoyishga bag'ishlangan Xalqaro Kongressda rasmiy tasdiqlangan.