6-modda. O‘zbekiston Respublikasining rezidentlari va norezidentlari
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari, shu jumladan xorijdagi O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari, O‘zbekiston Respublikasida yashash guvohnomasiga ega bo‘lgan chet el fuqarolari, O‘zbekiston Respublikasida yashash guvohnomasiga ega bo‘lgan fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar, O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq tashkil etilgan barcha yuridik shaxslar, shuningdek ularning O‘zbekiston Respublikasida va undan tashqarida joylashgan filiallari va vakolatxonalari, O‘zbekiston Respublikasining diplomatik, savdo va boshqa rasmiy vakolatxonalari, shu jumladan O‘zbekiston Respublikasidan tashqaridagi diplomatik, savdo va boshqa rasmiy vakolatxonalari, qarorgohlari O‘zbekiston Respublikasida joylashgan xalqaro tashkilotlar O‘zbekiston Respublikasi rezidentlaridir (bundan buyon matnda rezidentlar deb yuritiladi).
(6-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021 yil 21 apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021 y., 03/21/683/00375-son)
Ushbu moddaning birinchi qismiga muvofiq rezident tushunchasi doirasiga kirmaydigan shaxslar O‘zbekiston Respublikasi norezidentlaridir (bundan buyon matnda norezidentlar deb yuritiladi).
Dostları ilə paylaş: |