Ushbu Qonun O‘zbekiston Respublikasining valyutaga oid yagona davlat siyosati amalga oshirilishini ta’minlash bilan bog‘liq munosabatlarni tartibga soladi.
valyutani nazorat qilish — valyutani nazorat qiluvchi organlarning valyutani tartibga solish to‘g‘risidagi qonunchilik talablariga rezidentlar va norezidentlar tomonidan rioya etilishini ta’minlashga qaratilgan faoliyati;
(4-moddaning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021yil21 apreldagiO‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021y.,03/21/683/00375-son)