Mundarija: Kirish I bob


-modda. O‘zbekiston Respublikasi hududida hisob-kitoblar va to‘lovlar



Yüklə 54,84 Kb.
səhifə17/33
tarix19.04.2022
ölçüsü54,84 Kb.
#55769
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   33
o`zbekiston respubli valyutasi

9-modda. O‘zbekiston Respublikasi hududida hisob-kitoblar va to‘lovlar

O‘zbekiston Respublikasi hududida tovarlar (ishlar, xizmatlar) uchun barcha hisob-kitoblar va to‘lovlar O‘zbekiston Respublikasi valyutasida amalga oshiriladi, bundan ushbu Qonunda nazarda tutilgan hollar mustasno.

O‘zbekiston Respublikasi hududida tovarlar (ishlar, xizmatlar) uchun tariflar, narxlar, shu jumladan milliy elektron savdo maydonchalaridagi shunday tariflar, narxlar, shuningdek yuridik shaxslarning ustav fondlari (ustav kapitallari) miqdorlariga doir talablar faqat O‘zbekiston Respublikasi valyutasida belgilanadi.

Oldingi tahrirga qarang.

O‘zbekiston Respublikasi hududida realizatsiya qilinadigan tovarlar (ishlar, xizmatlar) narxlarining chet el valyutalariga va shartli birliklarga bog‘lanishiga yo‘l qo‘yilmaydi. Alohida hollarda, davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risidagi bitimlar va O‘zbekiston Respublikasi Hukumati bilan investitsiya shartnomalari doirasida jalb etiladigan chet el investitsiyalari ishtirokida amalga oshiriladigan loyihalar bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi hududida realizatsiya qilinadigan tovarlar (ishlar, xizmatlar) narxlarining chet el valyutalariga va shartli birliklarga bog‘lanishiga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlari asosida yo‘l qo‘yiladi.



(9-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 22-yanvardagi O‘RQ-669-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 23.01.2021-y., 03/21/669/0060-son)

Davlat bojlari, yig‘imlari va boshqa majburiy to‘lovlar faqat O‘zbekiston Respublikasi valyutasida undiriladi, bundan konsullik yig‘imlari mustasno.




Yüklə 54,84 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   33




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin