Mundarija: Kirish I bob



Yüklə 54,84 Kb.
səhifə30/33
tarix19.04.2022
ölçüsü54,84 Kb.
#55769
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   33
o`zbekiston respubli valyutasi

4-bob. Valyuta nazorati

23-modda. Valyutani nazorat qiluvchi organlar

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki, Hisob palatasi, Moliya vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi va Davlat bojxona qo‘mitasi O‘zbekiston Respublikasida valyutani nazorat qiluvchi organlardir.



24-modda. Valyutani nazorat qiluvchi organlarning huquq va majburiyatlari

Oldingi tahrirga qarang.

Valyutani nazorat qiluvchi organlar O‘zbekiston Respublikasida rezidentlar va norezidentlar tomonidan o‘tkaziladigan valyuta operatsiyalarining O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiqligiga taalluqli qismi bo‘yicha nazoratni o‘z vakolatlari doirasida amalga oshirishi shart.



(24-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/00375-son)

Valyutani nazorat qiluvchi organlar o‘z vakolatlari doirasida:



Oldingi tahrirga qarang.

valyutani tartibga solish to‘g‘risidagi qonunchilikka rezidentlar va norezidentlar tomonidan rioya etilishi yuzasidan tekshiruvlarni amalga oshirishga;



(24-modda ikkinchi qismining ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/00375-son)

rezidentlar va norezidentlarning valyuta operatsiyalari bo‘yicha hisob va hisobotlarining to‘liqligi hamda to‘g‘riligini tekshirishni belgilangan tartibda amalga oshirishga;

valyuta operatsiyalarini amalga oshirish bilan bog‘liq hujjatlarni va axborotni so‘rab olishga;

valyuta operatsiyalari bo‘yicha hisobotlarni taqdim etish tartibini belgilashga;

aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish to‘g‘risida talabnomalar taqdim etishga hamda O‘zbekiston Respublikasidagi barcha rezidentlar va norezidentlar tomonidan bajarilishi majburiy bo‘lgan boshqa choralarni ko‘rishga haqlidir.

Valyutani nazorat qiluvchi organlar faqat o‘tkazilayotgan valyuta operatsiyasiga bevosita taalluqli bo‘lgan hujjatlarni taqdim etishni talab qilishi mumkin.



Oldingi tahrirga qarang.

Valyutani nazorat qiluvchi organlar O‘zbekiston Respublikasining qonunchiligiga muvofiq o‘z vakolatlarini amalga oshirish chog‘ida o‘zlariga ma’lum bo‘lib qolgan tijorat, bank sirini va qonun bilan qo‘riqlanadigan boshqa sirni saqlashi shart.



(24-moddaning to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/00375-son)

Markaziy bank O‘zbekiston Respublikasi banklari tomonidan o‘tkaziladigan valyuta operatsiyalari ustidan valyuta nazoratini amalga oshiradi.




Yüklə 54,84 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   33




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin