Mundarija: Kirish I. Nazariy qism



Yüklə 1,05 Mb.
səhifə2/8
tarix10.12.2022
ölçüsü1,05 Mb.
#73627
1   2   3   4   5   6   7   8
Issiqlik o’tkazish

Nazariy qism


1.1 Issiqlik o`tkazish

Temperaturasi yuqori bo`lgan jismdan temperaturasi past jismga issiqlikning o`z - o`zidan, qaytmas o`tish jarayoniga issiqlik almashinish deyiladi.


Jarayonni harakatga keltiruvchi kuchi, bu har xil temperaturali bo`lgan jismlarning temperaturalar farqidir. Termodinamikaning 2-qonuniga binoan, issiqlik har doim temperaturasi yuqori jismdan temperaturasi past jismga o`tadi.
Issiqlik (issiqlik miqdori) – bu issiqlik almashinish jarayonining energetik xarakteristikasi bo`lib, jarayon mobaynida uzatilgan yoki olingan energiya miqdori bilan belgilanadi.
Issiqlik almashinish jarayonida ishtirok etuvchi jismlar issiqlik tashuvchi yoki issiqlik eltkich deb nomlanadi.
Issiqlik o`tkazish – issiqlik energiyasining tarqalish jarayonlari to`g`risidagi fan.
Issiqlik almashinish jarayonlariga isitish, sovitish, kondensastiyalash, bug`lanish va bug`latishlar kiradi. Ushbu jarayonlarni amalga oshirish uchun mo`ljallangan qurilmalar issiqlik almashinish qurilmalari deb ataladi.
Ma’lumki, issiqlik almashinish jarayonlarida kamida 2 ta turli temperaturali muhitlar ishtirok etadi. O’z issiqlik energiyasini uzatuvchi, yuqori temperaturali muhit - issiqlik eltkich deb atalsa, issiqlik energiyasini qabul qiluvchi past temperaturali muhit esa - sovuqlik eltkich deb ataladi.
Issiqlik va sovuqlik eltkichlar kimyoviy bardoshli bo`lishi, qurilmalarni yemirmasligi va uning devorlarida qattiq, g`ovak, quyqa hosil qilmasligi kerak. Shuning uchun, issiqlik yoki sovuqlik eltkichlarni tanlashda jarayon temperaturasi, narxi va ularni qo`llanish sohalari kabi ko`rsatgichlarga katta ahamiyat berish kerak.
Temperaturasi turli bo`lgan muhitlar orasida issiqlik o`tkazish turg`un va noturg`un sharoitlarda amalga oshishi mumkin.
Turg`un jarayonlarda qurilmaning temperatura maydoni vaqt o`tishi bilan o`zgarmaydi. Noturg`un jarayonlarda esa, vaqt o`tishi bilan temperatura o`zgaradi. Uzluksiz ishlaydigan qurilmalarda jarayonlar turg`un boradi, uzlukli (davriy) ishlaydigan qurilmalarda esa – jarayonlar noturg`un bo`ladi. Undan tashqari, davriy ishlaydigan qurilmalarni yurgizish va to`xtatish, hamda ish rejimlari o`zgargan hollarda noturg`un jarayonlar sodir bo`ladi.
Issiqlik o`tkazish jarayonining asosiy kinetik xarakteristikalari bo`lib, o`rtacha temperaturalar farqi, issiqlik o`tkazish koeffistienti va uzatilayotgan issiqlik miqdorlari hisoblanadi. [3]
Issiqlik almashinish qurilmalarini hisoblashda quyidagi parametrlar topiladi:
1. Issiqlik oqimi (qurilmaning issiqlik yuklamasi), ya’ni issiqlik miqdori Q hisoblanadi. Issiqlik oqimini aniqlash uchun issiqlik balansi tuziladi va u Q ga nisbatan yechib topiladi.
2. Berilgan vaqt ichida zarur issiqlik miqdorini uzatishni ta’minlovchi qurilmaning issiqlik almashinish yuzasi aniqlanadi.
Buning uchun issiqlik o`tkazishning asosiy tenglamasidan foydalaniladi.
Issiqlik asosan 3 usulda uzatilishi mumkin: Issiqlik o`tkazuvchanlik, konvekstiya va issiqlik nurlanishi.



Yüklə 1,05 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin