1.4. Issiqlik o`tkazuvchanlik
Fure qonuni. Qattiq jismlarda issiqlik tarqalish jarayonini tajribaviy o`rganish natijasida Fure (1768-1830) issiqlik o`tkazuvchanlikning asosiy qonuni kashf etdi. Ushbu qonunga binoan, issiqlik o`tkazuvchanlik orqali uzatilgan issiqlik miqdori dQ temperatura gradienti t/n, vaqt d ga va issiqlik oqimi yo`nalishiga perpendikulyar bo`lgan maydon yuzasi dF ga proporstional bo`ladi, ya’ni:
(1.5)
Formuladagi proporstionallik koeffistienti issiqlik o`tkazuv-chanlik koeffistienti deb ataladi. Bu koeffistient jismning issiqlik o`tkazish qobiliyatini xarakterlaydi va quyidagi o`lchov birligiga ega:
(1.6)
Issiqlik o`tkazuvchanlik koeffistienti issiqlik almashinish yuza birligidan (1 m2) vaqt birligi davomida izotermik yuzaga normal bo`lgan 1m uzunlikka to`g`ri kelgan temperaturalarning 1 С)ga pasayishi vaqtida uzatilgan issiqlik miqdorini ifodalaydi.
Jismlarning issiqlik o`tkazuvchanlik koeffistienti uning tarkibi, fizik-kimyoviy xossalari, temperatura, bosim va boshqa kattaliklarga bog`liq. Issiqlik o`tkazuvchanlik koeffistienti turli materiallar uchun quyidagi oraliqda bo`ladi:
- gazlar uchun 0,005…0,5 Vt/(mK);
- suyuqliklar uchun 0,08…0,7 Vt/(mK);
- issiqlik qoplama va qurilish materiallari uchun 0,22…3,0 Vt/(mK);
- metallar uchun 2,3…458,0 Vt/(mK). [8]
2. Texnologik qism
2.1. Texnologik sxema izohi
Sirtiy issiqlik almashinish qurilmalari. Konstruktsiyasiga qarab ushbu turdagi qurilmalar qobiq -trubali, «truba ichida truba», zmeevikli, spiralsimon, yuvilib turuvchi, plastinali, qirrali, g’ilofli, blok-grafitli, shnekli va hokazo bo’lishi mumkin.
1-rasmda trubalarning qo’zg’almas teshik panjarali, bir yo’lli, vertikal qobiq trubali issiqlik almashinish qurilmasi tasvirlangan. Ushbu qurilma silindr qobiq 1 va uning ikki chekkasiga isituvchi trubalar 3 mahkamlangan teshikli panjara 2 lardan tarkib topgan. Trubalar o’rami issiqlik almashinish qurilmasining butun hajmini ikkiga bo’ladi: 1) truba bo’shlig’i; 2) trubalararo bo’shliq. Teshikli panjara 2 lar silindrik qobiq 1 ga payvandlash usulida mahkamlanadi. Qurilma qobig’iga boltli birikma yordamida 2 ta qopqoq mahkamlanadi. Issiqlik eltkichlar kirishi va chiqishi uchun silindrik qobiq 1 va qopqoq 5 larda patrubkalar o’rnatilgan. Issiqlik eltkichlardan biri, masalan suyuqlik, trubalar bo’shlig’iga yo’naltirilsa, u trubalar orqali o’tib qopqoqning patrubkasidan chiqib ketadi. Boshqa issiqlik eltkich oqimi esa, masalan bug’, trubalararo bo’shliqqa yo’naltiriladi, isituvchi trubalar tashqi yuzasiga o’z issiqligini beradi va suyuq agregat holati (kondensat) ga aylanib qobiqning pastki patrubkasidan chiqazib yuboriladi. Muhitlar orasidagi issiqlik almashinish jarayoni trubalar devori orqali amalga oshiriladi.
Odatda, qalin devorli trubalarni payvandlash maqsadga muvofiqdir. Agar, trubalar kuchlanish ostida ishlatiladigan bo’lsa, portlatib payvandlash tavsiya etiladi. Ushbu usulda trubalarni mahkamlash uchun portlatish zaryad quvvati katta, teshikli panjaraning tashqi yuzasi razzenkovka qilishini va panjara tashqarisiga truba uchlari ko’p chiqib turishi kerak. Bu usulda truba teshikli panjaraga o’ta mustahkam holatda biriktiriladi.
Truba teshikli panjarasida trubalarni joylashtirish sxemasi.
a - to’g’ri oltiburchak tomonlari va cho’qqilarida;
b – kvadrat tomonlari va cho’qqilarida;
v – konsentrik aylanalar
1-rasm. Bir yo’lli qobiq trubali isitgichlar.
1-qobiq; 2-truba to’rlari; 3-trubalar; 4-qopqoq; 5,6-issiqlik agentlari kiradigan va chiqadigan shtutserlar; 7-bolt; 8-qistirma.
Hozirgi kunda trubalarni teshikli panjaraga mahkamlashning eng zamonaviy, ilg’or texnologiyasi - bu portlatib valtsovka qilishdir. Bunda, portlatuvchi zaryad truba ichida, ya`ni uchida joylashtiriladi. [9]
Dostları ilə paylaş: |