Mundarija: kirish "Makroiqtisodiyot" kursining predmeti va obyekti, uning boshqa fanlar bilan o’zaro bog’liqligi


Makroiqtisodiy modellar tushunchasi va ko’rinishlari



Yüklə 81,13 Kb.
səhifə5/6
tarix24.10.2023
ölçüsü81,13 Kb.
#160856
1   2   3   4   5   6
Makroiqtisodiyot-fayllar.org

4. Makroiqtisodiy modellar tushunchasi va ko’rinishlari

Makroiqtisodchilar tomonidan o’rganiladigan butun iqtisodiyotda yuz beradigan voqeliklar va jarayonlar oxir-oqibatda ko’plab uy xo’jaliklari hamda ko’plab firmalar o’zaro hatti-harakatlari natijasida yig’ilganligi sababli, mikro va makroiqtisodiyot bir-biri bilan chambarchas bog’liq. Butun iqtisodiyotni o’rganishda biz alohida iqtisodiy agentlarning qarorlarini e’tiborga olishimiz lozim. Masalan, yalpi iste’mol omillarini aniqlash uchun oilaning bugun qancha sarflashi, kelajak uchun qancha olib qo’yishi haqidagi qarorini tahlil qilishi kerak. Investitsiyalarning umumiy hajmini belgilovchi omillarni aniqlash uchun firmalarning yangi korxonalarni qurish haqidagi qarori to’g’risida ma’lumotga ega bo’lish zarur. Makroiqtisodiy ko’rsatkichlar alohida shaxslar yoki korxonalar qarorlari natijasida yig’iladigan o’zgaruvchilarning oddiy yig’indisi bo’lganligi uchun, makroiqtisodiyotning asoslari mikrodarajada qo’yiladi. Makroiqtisodiy modellar asosida xar doim mikroiqtisodiy darajada qabul qilinadigan qarorlar tursa, firmalar va uy xo’jaliklari nuqtai nazaridan maqbul bo’lgan ko’plab modellarda ularninghatti-harakatlarini aniqlovchi qarorlar yaqqol ko’rinishda bo’lmaydi, balki ko’zda tutiladi.Bizning non bozori modelimiz bunga misol bo’lib xizmat qiladi. Nonga bo’lgan talab asosida uy xo’jaliklarining sotib oladigan nonlari miqdori haqidagi qarorlar yotsa, non taklifi nonvoyxonalarning non ishlab chiqarish hajmlari to’g’risidagi qarorlari bilan aniqlanadi. Uy xo’jaliklari qarorni naflilikni maksimallashtirishdan kelib chiqqan holda, nonvoyxonalar esa foydani maksimallashtirishdan kelib chiqqan holda qabul qilishlari ko’zda tutiladi. Shu bilan birga, bu mikroiqtisodiy qarorlar modelda o’zidan o’zi qatnashmaydi: ular uning “foni”ni tashkil etadi. Xuddi shunday firmalar va uy xo’jaliklari tomonidan qabul qilinadigan ular nuqtai nazaridan maqbul hisoblangan qarorlar faqat yopinchiqli ko’rinishda va butun makroiqtisodiyotda qatnashadi. Iqtisodchilar modellar nomini olgan soddalashtirilgan nazariyalarni qo’llab iqtisodiyot haqidagi qarashlarni tuzishga urinadilar. Modellarda ko’pincha matematik ko’rinishda turli iqtisodiy o’zgaruvchilar o’rtasidagi nisbat ifodalanadi. Modellarni qo’llash ahamiyatli bo’lmagan qismlarga e’tibor bermaslik va ahamiyatli iqtisodiy bog’liqliklarni aniqlashga imkon berganligi uchun ham maqsadga muvofiqdir. Modellarda ikki xil: ekzogen (tashqi) va endogen (ichki) o’zgaruvchilar qo’llaniladi. Ekzogen o’zgaruvchilar tashqaridan kiritiladi-bu dastlabki ma’lumotlar; endogen o’zgaruvchilar model “ichida” shakllanadi- ular uni hal etishning natijasi hisoblanadi. Boshqacha aytadigan bo’lsak, ekzogen o’zgaruvchilarning miqdori modelni qurish boshlanguncha beriladi, endogen o’zgaruvchilarning miqdori esa model bo’yicha hisob-kitoblar qilish jarayonida aniqlanadi. 1-rasmda ko’rsatilganidek, modelning maqsadi ekzogen o’zgaruvchilar endogen o’zgaruvchilarga qanday ta’sir qilishini aniqlash hisoblanadi. Model iqtisodiy ko’rsatkichlar o’rtasidagi asosiy bog’liqliklarni soddalashtirilgan nazariy asoslanishi hisoblanadi Ekzogen o’zgaruvchilar - bu tashqaridan kiritiladigan o’zgaruvchilar. Endogen o’zgaruvchilar – bu ushbu model bilan tushuntiriladigan o’zgaruvchilar. Model ekzogen o’zgaruvchilardan birining o’zgarishi endogen o’zgaruvchilarga qanday ta’sir etishini ko’rsatadi. Masalan, non bozori modeli qanday qurilishini ko’rib chiqamiz. Iqtisodchi nonga bo’lgan talab hajmi Qd non narxi Pb va yalpi daromad Yga bog’liq deb faraz qiladi. Bu bog’liqlik quyidagi tenglama bilan ifodalanadi: Qd =D(Pb , Y) Xuddi shunday iqtisodchi nonvoyxonalartomonidan taklif qilinadigan nonlar miqdori Qs nonning narxi Pb va nonni ishlab chiqarishda foydalanilayotgan unning narxi Pf ga bog’liq deb faraz qiladi: Qs =S(Pb , Pf) Nihoyat, iqtisodchi talab va taklif muvozanati ta’minlanishi uchun nonning narxi shunday o’zgarashini faraz qiladi:Qd = Qs Bu uchta tenglama non bozori modelini tashkil etadi. Non bozori modeli talab va taklifning 1-3 rasmda ko’rsatilgan diagrammasi bilan namoyon etiladi. Talab egri chizig’i yalpi daromadning doimiy darajasida nonga bo’lgan talab bilan non narxi o’rtasidagi nisbatni ko’rsatadi. Talab egri chizig’i pastga yo’naltirilgan, chunki non narxi qanchalik yuqori bo’lsa, iste’molchilar shunchalik ko’p darajada boshqa oziq –ovqatlarni iste’mol qila boshlaydilar va shunchalik kam non sotib oladilar. Taklif egri chizig’i nonning taklif qilinayotgan miqdori va unning doimiy narxida non narxi o’rtasidagi nisbatni ko’rsatadi.Taklif egri chizig’i yuqoriga yo’naltirilgan, chunki nonning narxi qanchalik yuqori bo’lsa, nonvoyxonalar shunchalik ko’proq miqdorda non ishlab chiqaradi. Ikki egri chiziqning kesishish nuqtasi bozor muvozanati holatiga mos keladi, bunda nonga muvozonatli narx o’rnatiladi va taklif qilinayotgan non miqdori talabga mos keladi. Modelda bir ekzogen o’zgaruvchining o’zgarishi ikkala endogen o’zgaruvchilarga qanday ta’sir etishini ko’rsatadi. Modelda ushbu holatda non narxining muvozanatli darajasi oshishi, non miqdorining muvozanatli darajasi kamayishi ko’rsatiladi. Shunday qilib, model yalpi daromadning yoki un narxining o’zgarishi non bozoriga qanday ta’sir etishi mumkinligi yaqqol namoyon etadi. Non bozori modelida ikkita ekzogen va ikkita endogen o’zgaruvchilar bor. Un narxi va yalpi daromad-ekzogen o’zgaruvchilar. Modelda ularni tushuntirish maqsad qilib qo’yilmagan, ular oldindan berilgan (ular boshqa model bilan tushuntirilishi mumkin ) sifatida qabul qilinadi. Bu modelda endogen o’zgaruvchilar bo’lib non narxi va sotilgan non miqdori hisoblandi. Ushbu model bu o’zgaruvchilarni tushuntirishi tan olingan. Yalpi daromadning oshishi nonga bo’lgan talabning ortishiga olib keladi-ushbu narxda iste’molchilar endi nonni ko’proq olishga intiladilar. Bu talab egri chizig’ining o’ngga – yuqoriga siljishi bilan aks ettirilgan. Nonning narxi taklif yana talab bilan muvozanatlashmagunga qadar ko’tarilib boradi. Non narxining muvozanatli darajasi va taklifi oshib boradi.
Un narxi ko’tarilganda non taklifi pasayadi – nonning xar qanday ushbu narxida uning savdosi kam foydali bo’lib qoladi va ishlab chiqarish qisqaradi. Bu taklif egri chizig’ini chapga-yuqoriga siljishi bilan aks ettirilgan. Talab va taklif egri chiziqlari kesishishining yangi nuqtasi paydo bo’ladi. Non narxining muvozanatli darajasi ko’tariladi, miqdorning muvozanatli miqdori esa kamayadi. Barcha modellarda bo’lgani kabi non bozori modelida ba’zi soddalashtiruvchi farazlar qabul qilingan. Modelda masalan, barcha nonvoyxonalar turli joylarda joylashganligi e’tiborga olinmagan. Xar bir iste’molchiga qaysidir nonvoyxona boshqalariga qaraganda qulayroq, shuning uchun ham nonvoyxonalar o’z narxlarini o’rnatishda ba’zi imkoniyatlarga egalar. Modelda nonga yagona narx ko’zda tutilgan bo’lsada, haqiqatda xar bir nonvoyxonada narx turlicha bo’lishi mumkin. Modelning haqiqatga bunday muvofiq kelmasligiga qanday munosabatda bo’lish kerak? Nonga bo’lgan talab va taklifning oddiy modelini qo’llashdan voz kechish kerakmi? Biz nonga turli narxlarni kiritish imkonini beruvchi murakkabroq modelni yaratishimiz lozimmi? Bu savollarning javoblari biz tomondan qo’yilgan maqsadlarga bog’liq. Agar, bir tomondan bizning maqsadimiz unning narxi sotilayotgan nonning o’rtacha narxi va miqdoriga qanday ta’sir ko’rsatishi mumkinligini tushuntirish hisoblansa, unda narxlarning farq qilishi, ehtimol, unchalik katta ahamiyatga ega emas. Non bozorining oddiy modeli bu savolga Javob berishga to’liq qodir. Qachon u yoki bu faraz asosiyni ikkinchi darajalidan ajratishga imkon berishini, qachon u noto’g’ri natijalarga olib kelishini aniqlash – bir butun san’atdir. Haqiqatning barcha turli – tumanliklarini to’liq aks ettiruvchi xar qanday model tushunish uchun juda murakkabdir. Soddalashtirish modelni ishlab chiqish jarayonining zaruriy tarkibiy qismi hisoblanadi. Shu bilan birga, agar modelda iqtisodiyotning muhim xususiyatlari e’tibordan chetda qolsa, noto’g’ri xulosalarga olib kelishi mumkin. Ba’zan ushbu holatda nima muhim hisoblanishini aniqlash qiyin, chunki bir masalalarni ko’rib chiqishda o’zini oqlagan farazlar, boshqalarini ko’rib chiqishda noto’g’ri xulosalarga olib kelishi mumkin. Shunday qilib, iqtisodiy modellashtirish ehtiyotkorlikni va sog’lom fikrlashni talab etadi. Barcha iqtisodiy modellar iqtisodiy o’zgaruvchilar o’rtasidagi o’zaro bog’liqliklarni ifoda etadi. Ko’pincha bu bog’liqliklar funktsiyalar ko’rinishida ifodalanadi. Funktsiya – bir o’zgaruvchilar to’plamini boshqasiga bog’liqligini aks ettiruvchi matematik tushuncha.
Makroiqtisodiyot – bu mamlakat miqyosida moddiy ishlab chiqarish va nomoddiy sohalarini bir butun qilib birlashtirgan milliy xo’jaligi darajasidagi iqtisodiyotdir. Makroiqtisodiyot o’z ichiga xalq xo’jaligining moddiy va nomoddiy ishlab chiqarish hamda xizmat ko’rsatish sohalarini oladi. Milliy iqtisodiyot me’yorida faoliyat qilish va barqaror o’sishi uchun barcha tarmoq va ishlab chiqarish sohalarining o’zaro bog’liqligi va muvozanatli rivojlanishi talab qilinadi Milliy iqtisodiyotda ishlab chiqarish, xizmat ko’rsatish hajmi va ularningo’sishi bir qator ko’rsatkichlar tizimi orqali makroiqtisodiy darajada aniqlanib, tahlil qilinadi. Makroiqtisodiy ko’rsatkichlar orqali butun iqtisodiyotning holati uning o’sishi yoki orqaga ketishi tahlil qilinib, xulosa chiqariladi. Ular yordamida davlat o’z iqtisodiy siyosatini belgilaydi. Makroiqtisodiy ko’rsatkichlar tizimi, YaIMni uning harakatining barcha bosqichlarida, ya’ni ishlab chiqarish, taqsimlash, qayta taqsimlash va natijada foydalanish bosqichlarida ko’rgazmali shaklda aks ettirishga imkon beradi. Nihoyat mazkur ko’rsatkichlar tizimi mavjud resurslar va ulardan foydalanishning mos kelishi (tengligi) kuzatilganda mamlakatdagi umumiy iqtisodiy muvozanatlik holatini aks ettiradi. Muayyan mamlakat iqtisodiy holatini ifoda etuvchi ko’rsatkichlar makroiqtisodiy ko’rsatkichlar deb yuritiladi. Makroiqtisodiy ko’rsatkichlar miqdor va sifat ko’rsatkichlariga guruhlanadi. Makroiqtisodiy miqdor ko’rsatkichlari muayyan mamlakatlar iqtisodiyotini ifodalasa, sifat ko’rsatkichlari mazkur mamlakatlar iqtisodiyotini nisbiy jihatdan aks ettiradi. Makroiqtisodiy miqdor ko’rsatkichlariga quyidagi ko’rsatkichlar kiradi : Yalpi ichki mahsulot (YaIM), sof ichki maxsulot (SIM), milliy daromad (MD), shaxsiy daromad (ShD), ixtiyordagi daromad (ID) va boshqalar. Makroiqtisodiy sifat ko’rsatkichlariga kuyidagi ko’rsatkichlar kiradi : inflyatsiyaning o’sish sur’atlari, ishsizlik darajasi, aholining ish bilan bandlik darajasi, aholi jon boshiga to’g’ri keladigan yalpi ichkimahsulot va boshqalar. Bu ko’rsatkichlar iqtisodiy tizimning umumiy holatini ifodalab, ijtimoiy ishlab chiqarishdagi barcha qatnashuvchilarning (korxona, tarmoq, mintaqa, davlat) faoliyatlari natijasida aniqlanadi. Ular mamlakatning iqtisodiy imkoniyatlarini, uning ijtimoiy - iqtisodiy rivojlanish istiqbollarini narxlash uchun ishlatiladi.

5. Makroiqtisodiy muvozanat klassik va Keyns uslublari. Tovar bozoridagi makroiqtisodiy muvozanatning klassik va keynsiyalik modellari, ularning qiyosiy tahlili. Makroiqtisodiy muvozanat shartlari
Milliy iqtisodiyotning holati, bunda: resurslar va ulardan foydalanish; ishlab chiqarish va iste'mol qilish; moddiy va moliyaviy oqimlar, - tavsiflaydi umumiy (yoki makroiqtisodiy) iqtisodiy muvozanat (OER). Boshqacha aytganda, bu jamiyatdagi iqtisodiy manfaatlarning maqbul tarzda amalga oshirilishidir. Bu keraksiz sarflangan resurslarsiz va realizatsiya qilinmagan mahsulotsiz ehtiyojlarni to'liq qondirishni anglatadi.
Grafik jihatdan, makroiqtisodiy muvozanat bitta raqamdagi egri chiziqlar kombinatsiyasini anglatadi AD va Sifatida va ularning bir nuqtada kesishishi. Yalpi talab va yalpi taklifning nisbati (AD - AS) Berilgan narxlar darajasida milliy daromad qiymatini va umuman olganda - jamiyat darajasidagi muvozanatni, ya'ni mahsulot ishlab chiqarish hajmi unga bo'lgan umumiy talabga teng bo'lganda tavsif beradi. Makroiqtisodiy muvozanatning ushbu modeli asosiy hisoblanadi. Egri chiziq AD egri chiziqdan o'tishi mumkin Sifatida turli sohalarda: gorizontal, oraliq yoki vertikal. Shuning uchun mumkin bo'lgan makroiqtisodiy muvozanat uchun uchta variant mavjud AS egri chizig'ining gorizontal segmenti (I segment) retsessiya iqtisodiyotiga, ishsizlikning yuqori darajasiga va ishlab chiqarish quvvatlaridan to'liq foydalanilishga mos keladi
AS egri chizig'ining oraliq segmenti (III segment) real reproduktiv vaziyatni nazarda tutadi, chunki ishlab chiqarishning real hajmining o'sishi narxlarning ma'lum bir o'sishi bilan birga keladi, bu esa sanoatning notekis rivojlanishi va kam mahsuldorlik manbalaridan foydalanish bilan bog'liq, chunki ko'proq samaraliroq resurslar allaqachon jalb qilingan.
AS egri chizig'ining vertikal segmenti (II segment) iqtisodiyot to'liq quvvat bilan ishlayotganda muhimdir va qisqa vaqt ichida ishlab chiqarishni yanada o'sishiga erishib bo'lmaydi.Yalpi talabga ta'sir qiluvchi narx bo'lmagan omillarAholining pul daromadlari miqdori;Tovarlar narxlari darajasi va pullik xizmatlar uchun tariflar hajmi;
Mamlakatda soliq tizimining holati;
Qarz berish shartlari;
Pul muomalasining holati;
Milliy va tarixiy xususiyatlar;
Geografik va demografik xususiyatlar;
Bandlikning kasbiy malakaviy tarkibi;
Mamlakatda ishsizlik darajasi;
Jamiyatda mulkiy tabaqalanish darajasi va holati
Yalpi taklifga ta'sir ko'rsatadigan narx bo'lmagan omillar quyidagilardan iborat:
1) resurs narxlari (P manbalar). Resurslarning narxi qanchalik yuqori bo'lsa, xarajatlar shunchalik ko'p bo'ladi va umumiy taklif kamayadi. Ko'tarilgan resurs bahosi egri chiziqni siljitadi Sifatida chapga, va ularning pasayishi - egri siljishiga qadar Sifatida pastga Bundan tashqari, resurslar narxlari qiymatiga quyidagilar ta'sir qiladi.
a) manbalar miqdori. Mamlakat resurslari zaxirasi qanchalik katta bo'lsa, resurslarning narxi shunchalik past bo'ladi;
b) import qilinadigan resurslarning narxi. Import qilingan manbalar narxining ko'tarilishi xarajatlarni oshiradi, yalpi taklifni kamaytiradi (egri chiziq Sifatida chapdan yuqoriga siljiydi);
v) resurslar bozorida monopoliyaning darajasi. Resurs bozorlarini monopollashtirish darajasi qanchalik yuqori bo'lsa, resurslarning narxi shunchalik yuqori bo'ladi, shuning uchun xarajatlar va shuning uchun umumiy taklif past bo'ladi;
2) resurs ishlashi, ya'ni jami ishlab chiqarishning xarajatlarga nisbati;
3) biznes soliqlari (Tx) Soliqlarning o'zgarishi, masalan, ish haqi bo'yicha, yalpi talabga ta'sir ko'rsatishi, yalpi taklifga bevosita ta'sir ko'rsatmaydi, chunki u firma xarajatlarini o'zgartirmaydi;
4) firmalarga o'tkazmalar (Tr);
5) iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solish.
Iqtisodiy muvozanatning klassik (va neoklassik) modelida, avvalambor, makro darajada tejash va investitsiyalar o'rtasidagi munosabatlar ko'rib chiqiladi. Daromadlarning o'sishi jamg'armalarning ko'payishini rag'batlantiradi; tejashni investitsiyalarga aylantirish ishlab chiqarish va bandlikni oshiradi. Natijada daromadlar yana ko'payadi va shu bilan birga tejash ham, investitsiyalar ham ortadi. Yalpi talab (AD) va yalpi taklif (AS) o'rtasidagi muvozanat moslashuvchan narxlar, erkin narxlar mexanizmi orqali ta'minlanadi. Klassiklarning fikriga ko'ra, narx nafaqat resurslarning taqsimlanishini tartibga soladi, balki muvozanatsiz (tanqidiy) vaziyatlarning “parchalanishini” ta'minlaydi. Klassik nazariyaga ko'ra, har bir bozorda bitta asosiy o'zgaruvchi mavjud (narx P, foiz r, ish haqi W), bu bozorning muvozanatini ta'minlaydi. Tovarlar bozoridagi muvozanat (investitsiyalarga talab va taklif orqali) foiz stavkasini belgilaydi. Pul bozorida narx darajasi aniqlanadigan o'zgaruvchidir. Mehnat bozorida talab va taklif o'rtasidagi o'zaro bog'liqlik haqiqiy ish haqining qiymatini tartibga soladi.
Ular davlat aralashuvini keraksiz deb hisoblashdi. Iste'molning o'sishi uchun tejash harakat qilmasdan yotmasligi kerak; ularni investitsiyalarga aylantirish kerak. Agar bu sodir bo'lmasa, yalpi mahsulotning o'sishi inhibe qilinadi, ya'ni daromadlar pasaymoqda, talab siqilmoqda. Keynsian modeli
Makroiqtisodiy muhitning milliy daromadlar va xarajatlar oqimiga ta'sirini tahlil qilishda foydalaniladi. Muvozanatga faqat rejalashtirilgan xarajatlar (yalpi talab) milliy mahsulotga (yalpi taklif) teng bo'lganda erishiladi
Omonat daromad olish funktsiyasidir. Narxlar (shu jumladan ish haqi) moslashuvchan emas, lekin belgilangan. Mahsulotlar bozori kalitga aylanmoqda. Talab va taklifning muvozanatlanishi zaxiralarning o'zgarishi bilan bog'liq.



Yüklə 81,13 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin