Mundarija kirish ma’ruza matnlari


Rasm-2.4. Byudjet tasnifiga qo‘yiladigan talablar



Yüklə 0,61 Mb.
səhifə13/83
tarix07.01.2024
ölçüsü0,61 Mb.
#202418
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   83
G’aznachilik hisoboti-fayllar.org (1)

Rasm-2.4. Byudjet tasnifiga qo‘yiladigan talablar.
Byudjet tasnifi muhim tashkiliy ahamiyatga ega. U:
  1. Davlat byudjeti va mahalliy byudjet ko‘rsatkichlarini taqqoslash uchun sharoit yaratadi;


  2. Byudjetni shaffofligini ta’milaydi;


  3. Byudjetlarni ko‘rib chiqish va iqtisodiy tahlilni soddalashtiradi.


  4. Byudjet ijrosi ustidan nazoratni, mablag‘larni o‘z vaqtida va to‘liq yig‘ilishini, ularni maqsadli ishlatilishini soddalashtiradi;


  5. Byudjet tashkilotlari va muassasalarida daromadlar va xarajatlarning sintetik va analitik hisobini yuritish imkoniyatini beradi.


Byudjet tasnifining yagona tizimi davlat boshqaruvining daromadlarni to‘planishi, hisobi va taqsimlanishi hamda xarajatlarni amalga oshirilishining har bir bosqichida moliyaviy operatsiyalarning hisobi yuritiladigan barcha darajalarida axborotlarning shaffofligi va mosligini ta’minlash uchun zarur hisoblanadi.

Byudjet tasnifining asosiy maqsadi quyidagilar:

  1. hokimiyat va boshqaruv organlari, moliyaviy nazorat organlarining byudjetni samarali rejalashtirish, byudjetlarni boshqarish, davlatni asosiy funksiyalarini bajarish uchun boshqaruv qarorlarini qabul qilishda ma’lumotlarga bo‘lgan ehtiyojlarini qondirish;


  2. byudjetlarni shakllantirish, tasdiqlash, ijro etish, hamda ularni ijro etish to‘g‘risida hisobotlarni tuzish jarayonlari axborotlarining ochiqligi;


  3. byudjet hisobotida ham davlat moliyasi statistikasi munosabatlarida metodologik yagonalik, solishtiruvchanlik va taqqoslanuvchanlik.


Byudjet tasnifi quyidagi asosiy vazifalarni bajarishga mo‘ljallangan:


  1. mamlakat byudjet tizimining yagonaligi tamoyilini amalga oshirish uchun uslubiy asos yaratish;


  2. byudjet hujjatlashtirilishi shakllari yagonaligini ta’minlash;


  3. tegishli byudjetlarni ijro etishda tezkor (operativ) nazoratni amalga oshirish;


  4. byudjet tizimining barcha byudjetlari ko‘rsatkichlarining taqqoslanuvchanligini, konsolidatsiyalashgan byudjet ko‘rinishida jamlanma byudjet axborotlarini olish imkoniyati;


  5. byudjet jarayonini amalga oshirishda davlat moliyaviy nazorati va audit instrumentlarni shakllantirish.


Guruhlashning aniqligi va ravshanligi byudjet tasnifiga qo‘yiladigan muhim shartlardan biri hisoblanadi.

Byudjet tasnifining ahamiyati shundaki, byudjet tasnifi elementlari bo‘yicha guruhlangan ma’lumotlardan oqilona foydalanilish, byudjet mablag‘lari harakatining real tasvirini ko‘rish hamda iqtisodiy va ijtimoiy jarayonlarga aktiv ta’sir ko‘rsatish imkonini beradi.
O‘zbekiston Respublikasi Byudjet kodeksining 18-moddasida byudjet tasnifiga ta’rif berilgan. Unga ko‘ra, Byudjet tasnifi byudjet tizimi byudjetlarining daromadlari va xarajatlari, shuningdek Davlat byudjeti taqchilligini qoplash manbalarini guruhlashdan iborat bo‘lib, byudjet tizimi byudjetlarini shakllantirish, tuzish va ijro etishni tizimlashtirish uchun foydalaniladi.


Yüklə 0,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   83




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin