2.1.-Rasm. Byudjet tasnifining ob’ektlari.
Soliqsiz daromadalarning ro‘yxati barcha darajadagi byudjetlar bo‘yicha bir xil bo‘lib, u Byudjet tasnifi bilan belgilanadi.
Byudjet tasnifi – qaror qabul qilish tizimining muhim vositasi bo‘lganligi sababli, unda davlatning asosiy funksiyalaridan kelib chiqadigandavlat faoliyatining maqsadli yo‘nalishlari aniq ko‘rsatilgan bo‘lishi kerak.
Byudjet tasnifining alohida xususiyatlari quyidagilardan iborat:
Byudjet tasnifi asosida byudjet tizimi byudjetlari ijrosi hisobni tashkil etilishi;
Byudjet tasnifi asosida byudjet tizimi byudjetlari ijrosini nazorat qilinishi;
Byudjet tasnifi asosida daromadlar va harajatlar smetasi ijrosini nazorat qilinishi;
Davlat byudjeti g‘azna ijrosi sharoitida byudjet tizimi byudjetlari daromadlari, xarajatlari va byudjet taqchilligini qoplash manbalari tasnifi asosida ularning hisobini tashkil etilishi va yuritilishi;
Byudjet tashkilotlarida soha xususiyatlari bo‘yicha daromadlar va harajatlar turlari kodlari asosida hisobni tashkil etilishi va boshqalar.
Byudjet tasnifi O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan va 2010 yil 20 avgustda Moliya vazirining 65-son buyrug’i bilan tasdiqlangan hamda O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 2010 yil 11 oktyabrda 2146-son bilan ro’yxatga olingan “O’zbekiston Respublikasi Byudjet tasnifini qo’llash bo’yicha Yo’riqnoma” bilan tartibga solinadi.
Byudjet tasnifi Davlat byudjeti va davlat maqsadli jamg’armalari byudjetlaridan mablag’ oluvchi tashkilotlarda qo’llaniladi hamda Davlat byudjeti va davlat maqsadli jamg’armalari byudjetlarini tuzish, ko’rib chiqish, qabul qilish va ijro qilish, shuningdek Davlat byudjeti va davlat maqsadli jamg’armalari byudjetlari ijrosi to’g’risidagi hisobotlarni tayyorlash maqsadida foydalaniladi.
Byudjet kodeksining 19-moddasiga assan byudjet tasnifi byudjet tizimi byudjetlarining daromadlari va xarajatlarini, shuningdek Davlat byudjeti taqchilligini qoplash manbalarining guruhlanishi bo’lib, quyidagilarni o’z ichiga oladi:
|