2-Mavzu. Byudjet tasnifi
R E J A:
1.
|
Byudjet tasnifi haqida tushuncha. Byudjet tasnifining tarkibi.
|
2.
|
Byudjet tasnifining turlari va asosiy tamoyillari.
|
3.
|
Byudjetning g’azna ijrosiga oid hisobotlarda byudjet tasnifini qo’llanilishi tartibi.
|
|
|
|
Byudjet tasnifi haqida tushuncha. Byudjet tasnifining tarkibi.
Byudjet tasnifi – Byudjet tizimining barcha darajalaridagi byudjetlar daromadlari va xarajatlarini, shuningdek, ushbu byudjetlarning taqchilliklarini moliyalashtirish manbalari va davlat qarzi turlarini birxil belgi bo‘yicha qonunga muvofiq guruhlash bo‘lib, undan byudjetlarni tuzish va ijro etishda tasnif ob’ektlariga guruh kodlarini berish orqali foydalaniladi. Tasnif barcha darajadagi byudjetlar ko‘rsatkichlarining qiyosiyligini, ularni iqtisodiy va statistik tahlil qilish imkoniyatini ta’minlaydi2.
Byudjet tasnifining ahamiyati shu bilan belgilanadiki, undan:
davlat byudjetini tuzish, ko‘rib chiqish, qabul qilish va ijro etishda;
byudjet mablag‘larining ajratilishi va ulardan foydalanilishini nazorat qilishda;
turli darajadagi byudjetlarning ko‘rsatkichlarini bir-biri bilan taqqoslashda;
barcha darajada jamlangan byudjet tizimini tuzishda foydalaniladi.
Byudjet tasnifi davlat byudjetidan mablag‘ oluvchi tashkilotlar tomonidan Davlat byudjeti va davlat maqsadli jamg‘armalari byudjetlarini tuzish, ko‘rib chiqish va ijrosini amalga oshirish, shuningdek ularni ijrosi to‘g‘risidagi hisobotni tayyorlashda foydalaniladi.
Byudjet tasnifining predmeti bu byudjet tizimi byudjetlari ijrosi jarayonida byudjet daromadlari va byudjet xarajatlari, hamda byudjet taqchilligini qoplash manbalari harakatiga oid iqtisodiy munosabatlarni guruhlash majmuasidir.
Byudjet tasnifining sub’ektlari bo‘lib, moliya organlari (O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va uning hududiy boshqarmalari, bo‘limlari), O‘zbekiston Respublikasi moliya vazirligi G‘aznachiligi va uning hududiy bo‘linmalari, Davlat maqsadli jamg‘armalari, byudjet tashkilotlari bo‘lib hisoblanadi.
Byudjet tasnifining ob’ektlari bo‘lib, byudjet tizimi byudjetlari ijrosi jarayonida byudjet daromadlari va xarajatlari, hamda byudjet taqchilligini qoplash manbalari hisoblanadi (2.1.-Rasm).
Dostları ilə paylaş: |