O’zbekistonning ma'muriy-hududiy tuzilishi, aholisi va moddiy . imkoniyatlari
Reja:
1. O’zbekiston Respublikasining ma'muriy-hududiy tuzilishi
2. O’zbekiston Respublikasining aholisi.
3. O’zbekiston Respublikasining moddiy imkoniyatlari .
O’zbekiston Respublikasi o’ziningmilliy davlat hududiga ega bo’lib, uning ma'muriy-hududiy tuzilishini o’zi mustaqil belgilaydi. O’zbekiston Respublikasi Markaziy Osiyo mintaqasining o’rtasida, Amudaryo bilan Sirdaryoning oralig’ida joylashgan. O’zbekiston
hududi shimoli-g’arbda Turon pasttekisligining, janubi-sharqda Tyanshan va Olay tog’larining va janubi-g’arbda Qizilqum cho’llarining bir qismini egallaydi. O’zbekiston Respublikasining hududi
448,9 ming kv. km. ni tashkil etib, sharqdan g’arbgacha 1425 kmga, janubdan shimolgacha 930 km ga cho’zilgan. Uning hududi va chegaralari daxlsiz, davlat tomonidan qo’riqlanadi. O’zbekiston qadimda ham, hozir ham sharq va g’arb, shimol va janub orasidagi
ko’pdan ko’p xalqlar va mamlakatlar orasidagi aloqalarni bir-biri bilan bog’lovchi mamlakatdir.
O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 68—69- mod-dalarida O’zbekiston Respublikasi viloyatlar, tumanlar, shahar-lar, shaharchalar, qishloqlar, ovullar, shuningdek, Qoraqal-pog’iston Respublikasidan iborat bo’Iib, ularning chegaralarini o’zgartirish, shuningdek viloyatlar, shaharlar, tumanlar tashkil qilish va ularni tugatish O’zbekiston Respublikasi Oliy Majli-sining roziligi bilan amalga oshiriladi, deb belgilab qo’yilgan.O’zbekiston Respublikasi tarkibiga Qoraqalpog’iston Res-publikasi va 12 ta ma'muriy viloyat kiradi. Uning poytaxti Toshkent shahridir. Quyidagi jadval O’zbekiston Respublikasi-ning ma'muriy-hududiy tuzilishini aniq va yaqqol ko’rsatadi.
Qoraqalpog’iston Respublikasi(sobiq Qoraqalpog’iston muxtor respublikasi) 1992- yil 9- yanvarda suveren respublika maqomini oldi. Uning maydoni 166,6 ming kvadrat kilometrga teng bo’lib, 1530,2 ming kishi yashaydi. Qoraqalpog’iston Res-publikasi tarkibiga 14 ta qishloq tumani (Amudaryo, Beruniy, Kegayli, Mo’ynoq, Nukus, Taxtako’pir, To’rtko’I, Xo’jayli, Chimboy, Shumanay, EllikqaPa, Qonliko’l, Qorao’zak, Qo’ng’irot) va 12 ta shahar (Nukus, Beruniy, Bo’ston, Mang’it, Mo’ynoq, Taxiatosh, To’rtko’l, Xalqobod, Chimboy, ■Shumanay, Xo’jayli, Qo’ng’irot) kiradi. Qoraqalpog’istonning poytaxti Nukus shahri bo’lib, unda 236700 kishi yashaydi.