Andijon viloyati — (1941- yil 6- martda tashkil etilgan) may-doni 4,2 kv. km ni tashkil etadi, aholisi 2222,6 ming kishi. And-ijon viloyati tarkibida 14 ta qishloq tumani (Andijon, Asaka, Baliqchi, Buloqboshi, Bo’z, Jalolquduq, Izboskan, Marha-mat, Oltinko’l, Ulug’nor, Xo’jaobod, Shahrixon, Qo’rg’on-tepa, Paxtaobod) va II ta shahar (Andijon, Asaka, Marhamat Shahrixon, Qorasuv, Qo’rg’ontepa) mavjud. Viloyatning markazi Andijon shahridir.
Buxoro viloyati —(1938- yil 15- aprelda tashkil etilgan) maydoni 40,3 ming kvadrat kilometrni tashkil etadi, aholisi 1442,2 ming kishi. Buxoro viloyati tarkibida 11 ta qishloq tumani (Buxoro, Vobkent, Jondor, Kogon, Olot, Peshku, Romiton, Shofirkon, Qoravulbozor, Qorako’l, ijduvon) va 11 ta sha-har (Buxoro, Kogon, Gijduvon, alaosiyo, Vobkent, Olot, Gazli, Romiton, Shofirkon, Qorako’l, Qorovulbozor) bor. Viloyatning markazi Buxoro shahridir.
Jizzax viloyati — (1973- yil 29- dekabrda tashkil etilgan) may-doni 21,2 ming kvadrat kilometrni tashkil etadi, viloyatda 996,9 ming kishi yashaydi. Viloyat tarkibida 12 ta qishloq tumani (Arna-soy, Baxmal, Do’stlik, Jizzax, Zarbdor, Zafarobod, Zomin, Mirzacho’l, Paxtakor, Forish, Yangiobod, allaorol) va 7 ta shahar (Dashtobod, Do’stlik, Jizzax, Marjonbuloq, Gagarin, Paxtakor, allaorol) mavjud. Viloyat markazi Jizzax shahridir.
Navoiy viloyati - (1982- yil 20- aprelda tashkil etilgan, 1988-yil 6- sentabrda tugatilib, 1992- yil 28- iyunda qayta tiklandi) may-doni 110,9 ming kvadrat kilometrga teng bo’lib, 794,1 ming kishi yashaydi. Viloyat hududida 8 ta qishloq tumani (Konimex, Navba-hor, Karmana, Nurota, Tomdi, Uchquduq, Xatirchi, Qiziltepa) va 6 ta shahar (Zarafshon, Navoiy, Nurota, Uchquduq, Karma-na, Qiziltepa) mavjud. Viloyat markazi Navoiy shahridir.
Namangan viloyati — (1941 - yil 6- martda tashkil etilgan, 1960- yil 25- yanvarda tugatilib, 1967- yil 18- dekabrda qayta tik-langan) maydoni 7,4 ming kvadrat kilometr bo’lib, 1959,2 ming kishi yashaydi. Viloyat tarkibida 11 ta qishloq tumani (Kosonsoy, Mingbuloq, Namangan, Norin, Pop, To’raqo’rg’on, Uychi, Uchqo’rg’on, Chortoq, Chust, Yangiqo’rg’on) va 8 ta shahar (Kosonsoy, Namangan, Pop, To’raqo’rg’on, Uchqo’rg’on, Chortoq, Chust, Haqqulobod) mavjud. Viloyat markazi Na-mangan shahridir.
Dostları ilə paylaş: |