Samarqand viloyati — (1938- yil 15- yanvarda tashkil etilgan) maydoni 16,8 ming kvadrat kilometr bo’lib, 2718,7 ming kishi yashaydi. Viloyat hududida 14 ta qishloq tumani (Bulung’ur, Jom-boy, Ishtixon, Kattaqo’rg’on, Narpay, Nurobod, Oqdaryo, Payariq, Pastdarg’om, Paxtachi, Samarqand, Toyloq, Urgut, Qo’shrobod) va 11 ta shahar (Bulung’ur, Jomboy, Juma, Ish-tixon, Kattaqo’rg’on, Nurobod, Oqtosh, Payariq, Samarqand, Urgut, Chelak) mavjud. Viloyat markazi Samarqand shahridir
Sirdaryo viloyati - (1963- yil 16- fevralda tashkil etilgan) maydoni 4,3 ming kvadrat kilometr bo’lib, 653,6 ming kishi yashaydi. Viloyat tarkibida 8 ta qishloq tumani (Boyovut, Gulis-ton, Sardoba, Mirzaobod, Oqoltin, Sayxunobod, Sirdaryo, Xovos) va 5 ta shahar (Baxt, Guliston, Sirdaryo, Shirin, Yangiyer) bor. Viloyat markazi Guliston shahridir.
Surxondaryo viloyati — (1941- yil 6- martda tashkil etilgan) maydoni 20,1 ming kvadrat metr bo’lib, 1774,4 ming kishi yashaydi.
Viloyat hududida 14 qishloq tumani (Angor, Bandixon, Boysun, Denov, Jarqo’rg’on, Muzrabod, Oltinsoy, Sari-osiyo, Termiz, Uzun, Sherobod, Sho’rchi, Qiziriq, Qum-qo’rg’on) va 8 ta shahar (Boysun, Denov, Jarqo’rg’on, Ter-miz, Sharg’un, Sherobod, Sho’rchi, Qumqo’rg’on) mavjud. Viloyat markazi Termiz shahridir.
Toshkent viloyati —(1938- yil 15- yanvarda tashkil etilgan) maydoni Toshkent shahri bilan birga hisoblaganda 15,6 ming kvadrat kilometr bo’lib, 4520,4 ming kishi yashaydi. Viloyat tarkibida 15 ta qishloq tumani (Bekobod, Bo’ka, Bo’stonliq, Zangiota, Oqqo’r-g’on, Ohangaron, Parkent, Pskent, Toshkent, Chinoz, Yuqori Chirchiq, Yangiyo’l, o’rta Chirchiq, Qibray, Quyi Chirchiq) va 16 ta shahar (Angren, Bekobod, Bo’ka, „Do’stobod", Keles, Olma-liq, Ohangaron, Oqqo’rg’on, Parkent, Pskent, To’ytepa, Chinoz, Chirchiq, Yangiobod, Yangiyo’l, azalkent) mavjud. Viloyat markazi Toshkent shahrida joylashgan.
Farg’ona viloyati — (1938- yil 15- yanvarda tashkil etilgan) maydoni 6,7 ming kvadrat kilometr bo’lib, 2709,3 ming kishi yashaydi. Viloyat tarkibida 15 ta qishloq tumani (Beshariq, Bag’dod, Buvayda, Dang’ara, Yozyovon, Oltiariq, Oxun-boboyev, Rishton, So’x, Toshloq, Uchko’prik, Farg’ona, Furqat, O’zbekiston, Quva) va 9 ta shahar (Farg’ona, Mar-g’ilon, Quva, Quvasoy, Qo’qon, Beshariq, Rishton, Yaypan, Hamza) bor. Viloyat markazi Farg’ona shahridir.
Dostları ilə paylaş: |