O’zbekistonning ma'muriy-hududiy tuzilishi, aholisi va moddiy imkoniyatlari



Yüklə 20,57 Kb.
səhifə4/4
tarix20.05.2023
ölçüsü20,57 Kb.
#118282
1   2   3   4
O\'zbekistonning tshkiliy-mamuriy joylashuvi

Xorazm viloyati — (1938- yil 15- yanvarda tashkil etilgan) maydoni 6,1 ming kvadrat kilometr bo’lib, 1350,1 ming kishi yashaydi. Viloyat hududida 10 ta qishloq tumani (Bog’ot, Gur-lan, Urganch, Xiva, Hazorasp, Xonqa, Shovot, Yangiariq, Yangibozor, Qo’shko’pir) va 3 ta shahar (Drujba, Urganch, Xiva) mavjud. Viloyat markazi Urganch shahridir.


Qashqadaryo viloyati — (1943- yil 20- yanvarda tashkil etilgan) maydoni 28,6 ming kvadrat kilometr bo’Iib, 2215,8 ming kishi yashaydi. Viloyat hududida 13 ta qishloq tumani (Dehqonobod, Kasbi, Kitob, Koson, Mirishkor, Muborak, Nishon, Chiro-qchi, Shahrisabz, Yakkabog’, Qamashi, Qarshi, uzor) va 12 ta shahar (Beshkent, Kitob, Koson, Muborak, Tollimarjon, Chiroqchi, Qamashi, uzor, Yakkabog’, Yangi Nishon, Shahrisabz) mavjud. Viloyat markazi Qarshi shahridir.



Toshkent shahrida 2156,5 ming kishi yashaydi. Toshkentda 11 ta — Uchtepa, Bektemir, Mirzo Ulug’bek, Mirobod, Sirg’ali, Sobir Rahimov, Chilonzor, Shayhontohur, Yunusobod, Yakkasaroy, Hamza tumanlari mavjud.
O’zbekiston aholisi tez o’sib borayotgan mamlakatlar qatoriga kiradi.1991- yilda O’zbekiston aholisining soni 20,7 mln. kishini tashkil etgan bo’lsa, mustaqillikdan keyingi 14 yil davomida aholi soni 125,6 foizga o’sdi va 2006- yilning1- yanvarida 26 mlmdan oshdi. O’zbekistonda 120 dan ortiq millat va elatlarning vakillari yashaydi. Aholi sonida o’zbeklarning salmog’i yildan yilga o’sib bormoqda. Aholi tarkibida o’zbeklarning salmog’i 1989- yilda 71,4 foizni tashkil etgan bo’lsa, 1997- yilda 78- foizga yetdi.O’zbekistonning iqlim sharoiti qulay,O’zbekiston uning zaminida ulkan yoqilg’i, energetika, mineral xomashyo, strategik va qurilish materiallari zaxiralari mavjud.
O’zbekiston hududida g’oyat muhim strategik manbalar —neft va gaz kondensati, tabiiy gaz bo’yicha 155 ta kon, qimmatbaho metallar bo’yicha 40 dan ortiq, rangli, nodir va radioaktiv metallar bo’yicha 40 ta, konchilik-kimyo xomashyosi bo’yicha 15 ta kon qidirib topilgan. Gaz zaxiralari 2 trln. kubometrga ya-qin, ko’mir — 2 mlrd. tonnadan ortiq.

Eng yirik gaz va neft konlari Ustyurt, Buxoro-Xiva, Janubi-g’arbiy Hisor, Surxondaryo, Farg’ona mintaqalarida joylashgan. Farg’ona, Oltiariq va Buxoro neftni qayta ishlash zavodlarida xilma-xil neft va gaz mahsulotlari ishlab chiqarilmoqda. Ko’mir Angren, Sharg’un va Boysun konlarida qazib chiqarilmoqda.

Mamlakatimiz katta gidroenergiya salohiyatiga ega. Chorvoq, Farhod GESlari, jami 28 gidroelektroenergetik stansiyalari ishlamoqda. Shuningdek, Sirdaryo, Navoiy, An-gren va boshqa issiqlik elektrostansiyalari mavjud.
Respublikada 20 ta marmar, 15 ta granit va gabbro koni topil-gan. Ulardan eng yiriklari G’ozg’on, Nurota, Forish va Zar-band konlaridir. Xalq xo’jaligida oqrangdan to qoraranggacha xilma-xil bezakbop toshlardan keng foydalanilmoqda.
O’zbekiston fosforitlarga boy bo’lib, fosfat o’g’itlar — ammo-fos va ammoniylashtirilgan superfosfat ishlab chiqaradigan yirik korxonalar ishlab turibdi. Shulardan eng kattasi Qizilqum fosfarit kombinatidir. Shuningdek, katta miqdordagi zaxiralarga ega kaliy tuzi, tosh tuzi konlari mavjud bo’Iib, ulardan kaliyli o’g’itlar, kalsiy va kaustik sodalar ishlab chiqarilmoqda. Qo’ng’irot soda zavodi eng yirik korxonalardan biri hisoblanadi.
O’zbekistonda dunyoda juda katta oltin, kumush, mis, qo’rg’oshin, rux, volfram va boshqa qimmatbaho hamda yer bag’rida kam uchraydigan metal zaxiralariga boy konlar topilgan va ulardan foydalanilmoqda. Oltinning asosiy zaxiralari, konlari Markaziy Qizilqumda joylashgan. Muruntov oltin koni dunyodagi eng yirik konlar jumlasiga kiradi. O’zbekistonda 40 dan ortiq oltin konlari topilgan bo’lib, ulardagi zaxiralar bo’yi-cha respublikamiz dunyoda to’rtinchi o’rinda turadi.
Respublika kimyo korxonalarida g’oyat qimmatli yarim tay-yor mahsulot — kaprolaktam ishlab chiqarish yo’lga qo’yilgan. Kaprolaktamni qayta ishlash natijasida kapron tolalari va iplari, ulardan gazlama, gilam, noto’qima materiallar va boshqa xalq iste'moli mollari tayyorlanmoqda.
Xulosa qilib aytganda, O’zbekiston o’z yer osti boyliklari bi-lan haqli suratda faxrlanadi — bu yerda mashhur Mendeleyev davriy sistemasining deyarli barcha elementlari topilgan. Hozirga qadar 2700 dan ziyod turli foydali qazilma konlari va ma'dan mavjud bo’lgan joylar aniqlangan. Umumiy mineral xomashyo potensiali 3,3 trln. AQSH dollaridan ortiqroq baholangan.
O’zbekiston tuprog’i unumdor, sug’orma-dehqonchilik ri-vojlangan. O’zbekistonning yer fondi 44,74 mln. gektarni tashkil etadi, shulardan 32 mln. gektari qishloq xo’jalik ishlab chiqa-rishida foydalaniladi. Qishloq xo’jalik yerlarining katta qismi (83,5 foizi) o’tloq va yaylovlardan iborat. Sug’oriladigan yerlarning umumiy maydoni 4,3 mln. gektar bo’lib, ular, asosan, Farg’ona va Zarafshon vodiylari, Qashqadaryo, Surxondaryo va Xorazm vohalari, Mirzacho’l massivida joylashgan
O’zbekistonda tashqi bozorda talab katta bo’lgan mahsulot — paxta tolasi yetishtiriladi. Buxoro, Andijon va Farg’ona to’qi-machilikkombinatlari, 30 dan ortiq ip yigiruv-to’quv fabrika-lari, ko’plab paxtani qayta ishlash va yog’ zavodlari ishlamoqda. Respublika paxta tolasi ishlab chiqarish bo’yicha dunyoda to’rtinchi va uni eksport qilish bo’yicha ikkinchi o’rinda turadi.
O’zbekiston meva-sabzavot, uzum, qorako’l teri, jun yetish-tirish bo’yicha dunyodagi yetakchi mamlakatlar qatoridan o’rin egallaydi. Ekologik jihatdan sof, ko’p miqdorda qimmatli oziq moddalari va darmondorilarga boy uzum, anjir, anor, olma, nok, shaftoli kabi xaridorgir mevalari bilan ham jahonda tanilgan. Har yili 16,5 mln. dekalitr hajmida 30 dan ortiq xildagi vino, shampan, konyak ishlab chiqariladi. O’zbekiston vinolari xalqaro yarmarka, tanlov va ko’rgazmalarda 92 ta medal bilan taqdirlangan


Yüklə 20,57 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin