Malaka oshirish kursiga yuborishto‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligining 2021-yil 24-dekabrdagi “2022 yilda maktabgacha ta’lim tizimi rahbar va mutaxasssislarining malakasini oshirishni tashkil etish to‘g‘risida”gi 248-son1i buyrug’iga muvofiq zamonaviy pedagogik texnologiyalar va uslublarni inobatga olgan holda ilg‘or xorijiy tajribalar asosida maktabgacha ta’lim tizimi rahbar va mutaxassislarini malakasini oshirishni tashkil etish, o‘quv jarayoniga ilg‘or pedagogik va axborot texnologiyalarini joriy etish, o‘quv reja va dasturlarini takomillashtirish hamda pedagoglarning kasbiy va pedagogik mahoratlarini oshirib borish, Maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktor va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish institutining 2022 yil 19-martdagi 01-02/2-6-202-sonli xati va Toshkent shahar maktabgacha ta’lim bosh boshqarmasining 2022-yil 26-apreldagi 61-sonli hamda Yunusobod tumani maktabgacha ta’lim boʻlimining 28 aprel 2022 yildagi 80-sonli buyrug’i ijrosini ta’minlash maqsadida
BUYURAMAN: Yunusobod tumani maktabgacha ta’lim boʻlimining 2022-yil 28-apreldagi 80-sonli buyrug’i ijro uchun qabul qilinsin.
MTT musiqa rahbari D.Artikova va xoreograf N.Isroilova 2022-yilning may oyida ishdan ajralgan va tashkilotning buyrugʻi bilan ish haqi saqlangan holda malaka oshirish kursiga yuborilsin.
Pedagogning malaka oshirish kursiga muntazam qatnovi nazoratga olinsin.
Mazkur buyruqning ijrosini nazorat qilishni o‘z zimmamda qoldiraman.