1. Oltinning fizik-kimyoviy xossalari va qo‘llanilishi Oltinning minerallari va rudalari



Yüklə 91,68 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/8
tarix26.12.2023
ölçüsü91,68 Kb.
#197499
  1   2   3   4   5   6   7   8
12-ma\'ruza



12-Ma’ruza. Oltin rudalarini flotatsiya va amalgamatsiya usulida 
boyitib qimmatbaho komponentlarni ajratib olishning texnologik sxemasini 
tuzish.
Reja: 
1. Oltinning fizik-kimyoviy xossalari va qo‘llanilishi 
2. Oltinning minerallari va rudalari 
3. Oltinni gravitatsiya usulida boyitish 
4. Oltinni amalgamalash 
 
1.
Oltin juda qadim zamonlardan beri odamzod tomonidan ishlatilib kelinadigan 
metallardandir. Oltin odamlar ibtidoiy bo‘lib yashagan paytlarda ham ma’lum bo‘lib, uni 
daryo va ko‘l suvlaridan yuvib olar edilar. Uning quyoshdek tovlanib, issig‘u sovuqda 
turli tuman aralashma va eritmalarda o‘zgarmay, erimay va o‘z xususiyatini zarracha 
o‘zgartirmay qola olishi, uning qadri qiymatini oshirib yubordi. Uning yer qobig‘idagi 
miqdori 0,000001% xolos (10-5%). Yer yuzasining bir kilometr chuqurlikkacha 
boradigan tashqi pustlog‘ida kamida 5000 000 000 (5 mlrd.) t. oltin bor. Oltinning 
solishtirma og‘irligi 19,258 g/sm3.
Erish temperaturasi 1063 0S. Qaynash temperaturasi 2200 va 2598 0S. Oltin 
boshqa metallarga qaraganda yumshoq, shu sababdan undan 1/250000 dyuym yoki 
1/1000 mm zar qog‘oz (folga) yasash mumkin. 1 gr oltinni salkam 3 km uzunlikka 
cho‘zish mumkin. 
Nodir metallar guruhiga oltin bilan bir qatorda palladiy, iridiy, osmiy, radiy 
va ruteniylar kiradi. Oltinning eng yaqin xususiyatini o‘zida jamlagan, ammo 
havoda uzoq tursa oksidlanib, qorayib qoladigan, ayrim kislotalarda eriydigan 
kumush ishlab chiqarish va xalq xo‘jaligida ishlatilishi jihatidan oltindan keyingi 
o‘rinda turadi. Oltin o‘zining o‘zgarmas va nodir xususiyatlari bilan davlatlararo 
pul muomilasi o‘rnida, valyuta sifatida keng ishlatiladi. Bundan tashqari u 
davlatlarning jaxon banklaridagi boylik jamg‘armalari sifatida undan foydalanib 
boylik orttirib daromad keltiruvchi vazifani ham bajaradi.
Davlatlararo tovar ayrboshlashda oltin birdan bir ishonchli muomala 
vositasidir.
Fan va sanoatda oltin (yuvelir) zargarlik, tish protezlash, miditsinada, 
kosmik laboratoriyada va stansiya qurilmalarida qotishma-metall sifatida, o‘tga va 
kislotaga chidamli asbob uskunalarda ishlatiladi. 
Oltin-oltin rang, sariq, yengil bolg‘alanuvchan, yumshoq metall, tomonlari 
markazlashgan kub shakl kristallik panjaraga ega, a= 4,0704 A, kumush ham 
yumshoq metall bo‘lib, fakat ranggi kumushsimon ok, a=4,0772 A. Ularning fizik 
kimyoviy xususiyatlarining o‘ta yaqinligidan, bir-biridan cheksiz eriy oladigan 
qotishmalar qatorini hosil qilish mumkin.
Oltin kimyoviy faol bo‘lmagan element. Elektronga nisbatan olganda eng 
nodir metaldir. Hatto yuqori temperaturalarda ham kislorod, azot, vodorod va 
uglerod bilan kimyoviy reaksiyaga kirishmaydi. Kimyoviy birikmalarda u bir va 
uch valentlidir. Ammo uning birikmalari uncha kuchli bo‘lmay, tezda metall holiga 
qaytarila oladi. Suvli suyuk eritmalarda, masalan: Ai = Ai + ye; elektron potensiali 
( = 1,686 va Ai = Ai + 3v reaksiyasi uchun, elektron potensiali; ( = 1,506. Shuning 
uchun oltin ishqorlarda, kislotalarda (azot, sulfat, xlor, organik) erimaydi. Biroq 


oltin kislotalar aralashmasi: xlor bilan azot, sulfat bilan marganetsli, sulfat bilan 
azotlarda eriydi. «Shox arog‘i» deb ataluvchi, bir hissa azot va 3 hissa xlor 
kislotasi aralashmasi, sulfat va marganets kislotasi, sulfat va azot kislotasi 
aralashmalarida eriy olishi mumkin. «Shox arog‘i» eritmasida oltin quyidagi 
reaksiya bo‘yicha eriydi: 
Au + HNO3 + 4HCl = HAuCl4 + NO + 2H2 O 
Bu eritma sekin–asta bug‘lantirilsa oltin xlor vodorodi sariq kristallari 
cho‘kmasi hosil bo‘ladi: HAuCl4 x 3H2 O. Shuningdek, oltin Na va K sinil 
tuzlarida kislorod va havo yordamida eriydi: 
2Au + 4KCN + H2 O + ½ O2 = 2KAu (CN)2 + 2KOH 
Oltin oksidlari Au2O va Au2O3 quyidagi gidrooksidlarni qizdirish yo‘li 
bilan olinadi: AuOH va Au (OH) 2 
AuO, ya’ni oltin ikki oksidi kulrang binafsha tusli kukun, 200 oS da 
elementar moddalarga parchalanib ketadi. Oltinning kislorodli birikmalari 
beqarordir. Ular tez parchalanib ketadilar. Oltinning bir valentli tuzlari ham 
beqaror, ular ham tez parchalanadi.
3Au+ = Au 3++ 2Au 
Ular ammiak bilan kompleks hosil qiladilar: (AuCl , NH2; AuCl [2NH3] va 
h.k.) oltin sinal kompleks tuzlari beqaror va ular suvda yaxshi eriydilar: [Au(CN); 
140-150 oS da xlorli havoda qizdirilgan oltin, oltin xloridi hosil qiladi. 
AuCl3 va 180-190 oS da AuCl hosil qiladi.
Oltin monogalogenadi turlicha tovlanuvchi sariq tusga bo‘yaladi. 
Oltin monoftoridi AuF faqat bug‘ holida mavjud. Oltin tragalogenadi AuS - 
suvda eriydi. Oltin ftori AuF- zangori rangda, 500 oS da parchalanadi. Oltin xlor 
tuzlari AuCl – nina shaklidagi kristallar bo‘lib kizil rangga egadir. Erish 
temperaturasi 288 oS. 
Oltin brom tuzi AuBr - to‘q ko‘ng‘ir rangli, suvda erimaydi. Qaliy bromli 
eritmada oltin brom tuzi hosil bo‘ladi: 
K[AuBr4 ] 
Oltin yod AuI3 – tuzi to‘q yashil, suvda erimaydi. Oddiy temperaturada oltin 
yod birikmasi AuI3 hosil bo‘ladi. Oltin sinil kompleks tuzlari K[Au(CN)2]; 
Na[Au(CN)2]; Ca[Au(CN)2] suvda yaxshi eriydilar. Ular katta amaliy ahamiyatga 
egadirlar.
Tiomochevina eritmasida oltin erib tiokorbomid oltin tuzi hosil qiladi. 
Ammo bu reaksiyaning borishi uchun oksidlovchi bo‘lishi shart. Shunda u 
AuCl∙2CS (NH2)2 – hosil qiladi
.

Yüklə 91,68 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin