1. Koplama materiallar: oddiy paxta-surupi yoki yo‘l-yo‘lli chit baxmal shaklida
bo‘lishi mumkin.
2. Rezina materialli - izli sukno, jun matolar, brezent, parus matolari (parusina)
matolar to‘shalganda mahsuldorlik quyidagichadir; kg/m2 hisobida:
Parusina………..…..….0,4-0,6
Korderey………………..1,5-1,8
Velvet-chitbaxmal………0,8-1,2
Oddiy surp……………..2-2,5
Izli rezina…………….1,6-2,0
Voylok…………………..2,5-3,0
Tarnov uzunligiga ham boyitma miqdoriga ta’sir etadi. U qancha uzun bo‘lsa
boyitma miqdori shuncha ko‘proq bo‘ladi.
Oltin saralash fabrikalarida OSF-da L - 3(4 m. Tarnovni bo‘shatish-yuvish
chastotasi oltin va sulfid miqdoriga bog‘liqdir. Bo‘tana suyuqligi S : T ( 2.5(10 oraliqda
ishlatiladi. O‘ta quyuq bo‘tanadagi oltin zarralari, tarnov tubiga ilinmay oqib ketishi
mumkin. Agar bo‘tana o‘ta suyuq bo‘lsa, boyitmada loyqa ko‘payib sifat buziladi. Loyli
ruda va materiallar suyuq bo‘tana bo‘lishini talab qiladi.
Tarnov – shlyuzlar burchagi 12-17 % uzunligiga nisbatan olinadi. Tarnovlarda sof
toza oltin zarralari bilan bir qatorda, usti oksid pardali (“Kuylakli”) yoki “pardali” oltin
zarralari ham tutib qolinadi.
Loyihalarning ko‘rinishiga karab, tarnov – shlyuzlar quidagicha bo‘ladilar:
Qoplamasi ko‘zg‘atib olinadigan.
Qoplamasi ko‘zg‘almas
Ag‘darmali tarnovlar – bir, ikki, uch va ko‘p dekali tarnovlar.
Lentali tarnov – shlyuzlar.
Cho‘ktirish mashinalaridan shlyuzlarning afzalligi – ular kam xarajatli va loyihasi
soddaligidadir.
Kamchiligi – bu tarnov – shlyuzlarning kam mahsuldorligidadir. Ayrim holda
tarnov – shlyuz dastgohlar, chuktirish mashinalari chiqindilarini boyitishda ishlatiladi.
Dostları ilə paylaş: