1. Oltinning fizik-kimyoviy xossalari va qo‘llanilishi Oltinning minerallari va rudalari


-jadval. Oltin va kumushning asosiy minerallari



Yüklə 91,68 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/8
tarix26.12.2023
ölçüsü91,68 Kb.
#197499
1   2   3   4   5   6   7   8
12-ma\'ruza

10-jadval. Oltin va kumushning asosiy minerallari 
T/r 
Mineral 
Микдори,% 
Au 
Ag 

Oltin 
70-100 
0-30 

Elektrum 
5-70 
30-50 

Kyustelit 
10-28 
72-90 

Kumush 
0-0,8 
98-100 

Misli oltin 
74,3-80,1 
2,3-80 

Parledit 
85,48 
4,2 

Molodonit 
64,5 


Oltin amalgamalari 
34,2-41,6 
0-5 

Misli kumush 

90-94 
10 
Kumush amalgamalari 
0-0,8 
15,8-95,3 
11 
Ruxli kumush 

97,84 
12 
Platinali oltin 
86,0 
3,0 
13 
Iridiyli oltin 
62,1 
2,1 
14 
Radiyli oltin 
88,4 

1.
Oltin yer qobig‘ida juda kam miqdorda mavjud bo‘lib, simobga qaraganda 200 
marta kam. 
2.
Ayrim qazilmalarga ko‘ra oltin, konlar hosil bo‘lishining so‘ngi bosqichida 
gidrotermal eritmalardan ajralib, turli moddalar tarkibida, oralig‘ida turli zarralar holida 
qotgan emish. 
3.
Masalan, shu sababdan oltin, kvars, turli sulfidlar, ko‘pincha pirit va arsenopirit 
tarkibida jamlangan. Oltin qotaborib boshqa birikma va minerallar ustidagina emas, balki 
ichki tarkibida ham qotgan. 
4.
Ayrim hollarda oltin mayda «dispers» zarralar shaklida ajralib kelgan. 
5.
Ayrim qulay hollarda oltin zarralar birikib, yirik donador-tug‘ma oltin, sof oltin 
konlarini, minerallarini hosil qilgan. Ayrim sharoitlarga ko‘ra gidrotermal eritmalardan 
kvarsli oltin kon rudalari vujudga kelgan. Bunday rudalarda kvars xalaqit beruvchi jins 
shaklda ishtirok etadi. Ayrim holda oltin sulfidlar bilan adashgan holda uchraydi. Odatda 
yaxlit sulfidli oltin rudalari ham uchraydi, o‘z navbatida bunday rudalar rangli metall 
rudalarini tashkil etadilar. Tug‘ma oltin konlari shu tariqa vujudga kelgach, tabiiy 
sharoitga ko‘ra ular, eroziya, yemirilish, hamda daryo suvlari, shamol-to‘fonlar ta’sirida 
parchalanish, mayda zarra va qumlar shaklida boshqa joyga «ko‘chib» tuplanadilar va 
sochma oltin konlarini vujudga keltiradilar. 
6.
Tug‘ma oltin konlari O‘zbekistonning Zarafshon va Uchquduqda – Muruntov
Daugiz tog‘, Amantay tog‘, Marjonbulok, Toshkent viloyatidagi Kovuldi, Qizil olma, 
Namangan viloyatidagi Pirmirob, Uzoksoy kabi konlarda uchraydi. Sochma oltin 
zarralari qadimda Angren (Ohangaron) daryo bo‘ylarida uchragan tug‘ma oltin kon 
tuzlari bir necha xil bo‘ladilar. Bular quyidagicha: 
7.
Kvars – tomirli, amalda sulfidsiz bo‘ladi. 


8.
Kvars – piritli konlar. Bu konlarga Uraldagi Berezovskiy, O‘zbekistondagi 
Muruntov, Kuchbuloq, Kovuldi konlari kiradi. 
9.
Kvars – arsenopirit konlari. Bunday ruda kon turlariga Qo‘chqorli, Yettisuv
Daugiz tog kabilar kiradi. 
10.
Kvars – surmali rudalar. Bunday konlar Armashevsk (Rossiya), Amantay-
tog, Zarafshon (O‘zbekiston) konlari kiradi. 
11.
Mis – sulfidli oltin tarkibli tomirlar (Toshkent viloyati Qalmoqir va Sariq 
cho‘qqi konlari, Olmalik) kiradi. Sanoat ahamiyatiga ega bo‘lgan konlar Qozog‘istonda, 
g‘arbiy Sibirda 20 ga yaqin kvars-oltin va sochma konlar mavjud. Qadimdan beri 
ishlatilib kelingan konlar Sharqiy Sibirda, Yoqutistonda, Uzoq Sharqda ma’lumdir. 
3. 
Juda qadim zamonlardanoq odamlar oltin va tarkibida oltin bo‘lgan rudalarning 
zarralari boshqa tog‘ jinslaridan og‘irroq ekanini anglab yetganlar. 
Shu boisdan qiya tekislikdagi tarnovlarda suda oqizilgan oltin qumlari og‘ir va 
yengil qismga ajraldi. Shu tariqa gravitatsiya usulida boyitish vujudga keldi. Oltin 
qumlari turli yuvish idishlarida, nov va tarnovlarda, harakatdagi elak-g‘alvirlarda yuvildi. 
Ayrim holda rudalar suv tosh tegirmonida maydalanib, qiya suv ariq-tarnovida yuvildi. 
Shunday usul qoldiq namunalarini 1976 yil Toshkent viloyati Olmaliq shahriga 5 
km g‘arbi-janubda joylashgan Tukkent X-XII asr shahar xarobalaridan arxeologiya-
qidiruv ishlari paytida topildi. 
Ko‘pincha suvda yuviladigan oltin qumlarda tuproq zarralari bo‘ladi. Shu sababga 
ko‘ra oltin qumlar 4 toifaga bo‘linadi. 
1. Yengil yuviluvchi (3- 10 % loyqali). 
2. O‘rtacha yuviluvchi (10- 30% loyqali)
3. Qiyin yuviluvchi (30- 60% loyqali) 
4. Juda qiyin yuviluvchi (60- 80% loyqali). 
Qum yuvish dastgohini tanlashda, xom ashe tarkibidagi oltin zarra o‘lchami va 
shakli asosiy rol o‘ynaydi. 
Donador oltin zarralarni boyitishda cho‘ktiruvchi (otsodochnaya mashina), shlyuz 
(qiya tarnov) boyitish stoli (konsentratsiya stoli) ishlatiladi. 
Olingan yarim mahsulot simob bilan qorishtirilib amalgamalantiriladi. Suv 
havzalaridagi oltinni yuvishda suv havzalarida suzib yurib ishlaydigan, o‘zida oltin 
saralash uskuna va dastgohlarini jamlagan moslama-kema “Dragalarda” amalga 
oshiriladi.

Yüklə 91,68 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin