1. Oltinning fizik-kimyoviy xossalari va qo‘llanilishi Oltinning minerallari va rudalari


Boyitish stollarida oltin ajratib olish



Yüklə 91,68 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/8
tarix26.12.2023
ölçüsü91,68 Kb.
#197499
1   2   3   4   5   6   7   8
12-ma\'ruza

Boyitish stollarida oltin ajratib olish 
Boyitish stollari gravitatsiya usulida boyitishning asosiy dastgohlaridan biridir. 
Boyitish stoli quyidagi qismlardan iborat: 
1. Forma yoki stanina – stolining tayanch tagligi bo‘lib xizmat qiladi. 
2. Deka – boyitish stolining kiya tekisligi – ishchi organ
3. Yassi- kobirgalar (narifleniya)
4.Xarakatga keltiruvchi mexanizm. 
Stolning dekasining ma’lum burchak ostida burila oladi. Uning usti taxta, rezina, 
linolium bilan koplangan bulishi mumkin. Kobirgalar tepadan pastga bir- biridan uzun 
ma’lum oralikda joylashadi.Uning balandligi 2mm chamasi buladi. 
5.Xom ashe bo‘tana qabul qilish qutisi eng tepaga joylashgan. 
6.Romb shaklidagi suv taqsimlagich, penalar o‘z o‘qi atrofida burila oladi. Stol 
ilgarilama - bo‘ylama harakat bilan tebranadi. Suv bilan bo‘tana yuvib turiladi. O‘lchami 
0-2 mm bo‘lgan ruda zarralari, bunday stollarda yaxshi saralanadi. Zichligi katta bo‘lgan 
zarralar, qobirg‘alar orasidan, stol chetiga surilib, pastga to‘kilib - og‘ir material- 
boyitmani tashkil etadi. Yengil qum zarralari suv bilan tez ko‘tarilib, yuvilib, stol bosh va 
o‘rta qismida pastga tushib tuplanib, chiqindi va oraliq mahsulot sifatida to‘planadi. Stol 
oxirida eng og‘ir, o‘rta og‘ir, va og‘irroq zarralar ilonizsimon birin - ketin oqim bilan 


ajratilib chiqish kuzatiladi. Stoldagi har bir zarracha bo‘ylama kuch, og‘irlik kuchi, 
enlama kuch, suv yuvish kuchi ta’sir etadi. 
Boyitish stollari GMZ-1, GMZ-2 kabi zavodlarda cho‘ktirish mashinasidan keyin 
quyiladi. Boyitish stoli katta samara bilan ishlaydigan gravitatsiya usulida boyitish 
dastgohlaridan biri. Boyitmalar qayta-qayta o‘tkazilib, konditsiyaga (talabga) javob 
beradigan holga keltiriladi. Bundan chiqqan boyitmalar amalgamatsiya yoki affinaj 
sexiga jo‘natilib oltin eritib olinadi. 
4. Amalgamatsiya – simobning nodir metallarni ho‘llab, uning tarkibiga singib 
meyoridan oshganda bu metallar bilan birikma hosil qilish holatidir. 
Simob oltin va kumush zarralarini to‘play oladigan jamlovchi (kollektor) 
vazifasini o‘taydi. U mayda metall zarralarini bir-biriga qo‘shib yirik donalar (agregatlar) 
hosil qilib boyitish amali bajarilayetgan idish (dastgoh) tarnov - shlyuzlar tagiga tuplaydi. 
Vaqti-vaqti bilan bu amalgama yig‘ib olinadi. Nodir metallarning amalgamaga o‘tishi, 
uning tezroq ajratib olishini ta’minlab, tashlandiq chiqindilar bilan yo‘qolishini 
kamaytiradi. Amalgamaning asosiy omili, nodir metall sirtining albatta simob bilan 
ho‘llana olish xususiyatidir. Metall sirti toza bo‘lmasa, uning amalgamalanishi, 
simobning metall yuzasidan, uning ichiga difundirlanishi - singishi buziladi. Har qanday 
metall sirti kislorod parda bilan koplangan. Bu parda oltindan yupqa, shu boisdan oltin 
juda tez, kumush, platina, mis, rux, nikel, temir esa bir-biridan og‘irroq, keyinroq 
amalgamalanadi. Agar metall sirti yangi ochilgan bo‘lsa, hali kislorodli parda hosil 
bo‘lishga ulgurmasa, u tezrok amalgamalanishi-amalgamali metallurgiya jarayenida 
e’tiborga olinadi, bu mavzuni keng yoritish uchun qo‘shimcha adabiyotdan foydalanish 
mumkin 

Yüklə 91,68 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin