Amalgama usullari Hozirgi sharoitda amalgama asosan ikki usulda olib boriladi:
1. Ichki amalgamalash – asosan yanchish bilan birgalikda, dasgoh yoki uskuna
ichida (yugurma likoblar, tegirmondar, chan- amalgamalarda) olib boriladi.
2. Tashqi amalgamalash – asosan yanchish dasgoh va uskunalardan tashqarida
(tarnov – shlyuzlarda, maxsus amalgamatorlarda) olib boriladi.
Amalgama jarayon borayotgan dasgohga axyon-axyonda simob quyib turiladi. Uz
navbatida, bu simob mikdori shu rudadagi oltinga 1:10 nisbatda, uning moddaviy
tarkibiga, oltin zarrasining shakli va o‘lchamiga bog‘likdir. Bu nisbat aslida tekshirish
tadqiqotlar natijasida aniqlangan bo‘lishi kerak. Ilgari ichki amalgamatsiya usuli
harakatdagi – likoblarda (begunniye chashi) utkazilardi, keyinchalik ular o‘rnini po‘lat
sharli tegirmonlar egalladi. Xozir amalgamalash usuli xom ashyo rudalarda
qo‘llanilishdan qoldi desa bo‘ladi. Sababi aniq. Oltin yuzasi biron bir meneral zarrasi
bilan qoplansa, sulfidli ruda bo‘lsa, oltin og‘ir rangli metall minerallari tarkibida bo‘lsa,
slanetsli, piritli, misli, grafitli, ko‘mirli rudalarda bu amalgama usuli tug‘ridan-tug‘ri
qo‘llansa foydasi juda kamdir. Bu usulda ko‘p ishchi kuchi va ko‘p miqdorda
qimmatbaho simob sarf talab qilinadi. Ichki amalgama sof oltin rudalarini gravitatsiya
yo‘li bilan boyitganda, boyitma tarkibidan ajratib olishda ishlatilishi hali saqlangan. Bu
usulda asosan amalgama – bochkalari kabi dastgohlar foydalaniladi.
Bunday bochka o‘lchami 800(1200 mm, bo‘lib, mahsuldorlgi sutkasiga 2,5-5 t.
boyitmadir. Tashqi amalgamatsiya, dunyo fabrikalarida juda kam ishlatiladi, u hozir
Kenimba (Janubiy Rodeziya), Golden Ridj (Avstraliya) kabi fabrikalarda ishlatiladi.
Ulardagi rudalarda oltin sof va miqdori 18 g/t gacha boradi. Bir sutkada 150 t. gacha ruda
amalgamatsiya qilinadi.