“Qopqon tutgich” larga qaraganda oldtin zarralarini “ushlab qolishda” cho‘ktirish
mashinalar qo‘l keladi. Bunday mashinalarda suv muhit yuqorilama – tebranma to‘lqin
harakatida bo‘lib, zichligi turli bo‘lgan moddalar yaxshi ajraladi. Zarralar taqsimlanishini
yaxshilash uchun cho‘ktirish mashinalarining kameralari setkalariga po‘lat
zarrachalar
(rezina-sharlar), og‘ir mineral granullari to‘shaladi.
Ko‘tarilma suv oqimi va to‘shama po‘lat zuldirchalar ustma-ust tebranishi
natijasida, ruda zarralari siyraklanib g‘ovak massa hosil qilib ko‘tariladi, tushayotganda
esa og‘irlari avval, yengillari keyin to‘shama ustiga tushadi. Shu tariqa og‘ir oltin zarralar
pastga, yengil bo‘sh jinslar ust qismiga to‘kilib, suv oqimi
va tebranma harakat tufayli
maxsus tarnov sliv- moslamadan oqib tushib ketaveradi.
Og‘ir oltin zarralar maxsus “cho‘ntak” qutilarga to‘planadi yoki vaqti-vaqti bilan
ular dastgohlardan bo‘shatib olinadi.
Pulsator deb ataluvchi cho‘ktirish moslama ikki kameradan iborat. Biri asosiy
ishchi kamera, ikkinchisi pulsatsiyani ta’minlovchi kameralar.
Ishchi kamera setkasi
ustida po‘lat zuldirchalar yoki gematit zuldirchalar (12-6 mm) to‘shaladi. Tebranma
to‘lqin pulsator orqali 3-15 mm suv ustuni bosimida, minutiga 300-600 marta tebranma
puls beriladi.
Oltin saralash fabrikalarida diafragmali cho‘ktirish
mashinalari ham keng
qo‘llaniladi. Bunda suv yuqorilama urilma harakati vertikal shtiklar orkali amalga
oshiriladi. Suv sarfi 1 t ruda uchun 3-4 m3. Bunda mashinalar 2-4 kamerali bo‘lib,
unumdorligi yuqoridir.
Dostları ilə paylaş: