1. Oltinning fizik-kimyoviy xossalari va qo‘llanilishi Oltinning minerallari va rudalari



Yüklə 91,68 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/8
tarix26.12.2023
ölçüsü91,68 Kb.
#197499
1   2   3   4   5   6   7   8
12-ma\'ruza

Oltinnning qotishmalari 
Xozirgi kunda oltin va kumushning juda kup qotishmalari mavjud. Ular yaxshi 
o‘rganilgan. Bu qotishmalar katta amaliy ahamiyatga ega. 
Oltin kumush bilan birinchi turdagi uzluksiz qattiq eritmalar qatorini mavjud 
qiluvchi qotishmalar hosil qiladi. Au-Ag qattiq eritmasi sariq - yashil rang kasb etadi. 
Moddalar 50% dan aralashganda qotishma rangi och sariq tusga kiradi. Oltin va kumush 
qotishmasi «yumshoq» va yaxshi bolg‘alanish xususiyatiga ega. Oltin va palladiy 
qotishmasi ham kumush-oltin qotishmasi kabi cheksiz eritma qatorini tashkil etadi. Shu 
boisdan ham Ra (palladiy) tish-protez texnikasida ishlatiladi.


Oltin mis qotishmasi 2-tur holat diogrammasiga xos, uzluksiz eritma qatorini hosil 
qiladi. Bu eritmada eriy olish minimumi 884 oS da 18% Su ga teng. Au-Su qotishmasi 
qizil-sariq tusga kiradi. Tish-protez texnikasida keng ishlatiladi. Au-Su qotishmasi Ai ga 
qaraganda qattiq va mustahkamdir. Mis odatda oltin va kumush pullariga qattiqlik berish 
va ishlatilganda yemirilib ketishdan asrash uchun liggatura sifatida qushiladi. 
Oltin bilan qo‘rg‘oshin qotishmasi, «verkbley» ya’ni oltin-qo‘rg‘oshin aralashma 
eritmalaridan oltinni kupelyatsiya (qo‘rg‘oshinni bug‘lantirib haydash) yo‘li bilan 
rafinatsiya (tozalash) uchun amaliy ahamiyatga ega.
Oltin qo‘rg‘oshin qotishmasi 2 ta kimyoviy birikmalar Au2 Rb va AuRb2. Au-Rb 
qotishma 15% Rb da evtetik qotishma hosil qiladi. Qo‘rg‘oshin oltin kristallari orasida 
erimay qotadi va shu boisdan bu qotishma mo‘rt bo‘ladi. Taxminan 700-800 oS da RbO 
sifatida bu qotishma tarkibidan qo‘rg‘oshin uchib ajraladi. 
1. Amaliy pirometallurgiya jarayonida qo‘rg‘oshin erigan holda oltinni o‘zida 
«yutib» tuplay oladigan kollektorga aylanadi.
Qo‘rg‘oshin erigan holda oltinni 14,8% Au gacha to‘play oladi.
Oltin surma donogramma sistemasi 25% Rb da evtektika hosil etib, 460 oS da 
eriydi. Oltin tarkibidagi surma, oltinga yomon xislat beradi, qotishma sifatini buzadi. 
Surmali oltin past navli hisoblanadi. Oltin va qalay AiSn2 va AuSn4 birikmalarini hosil 
qilib 250 va 309 oS da eriydi.
Oltin-rux birikmasi katta ahamiyatga ega. Bu qotishmaning Au3Zn, AuZn, AuZn3 
kimyoviy birikmalari mavjud. Oltin va simob qotishmasi katta fazaviy va amaliy 
ahamiyatga ega. Bu birikma asosida oltinni amalgamalash yo‘li bilan rudalar tarkibidan 
ajratib olish kashf etilgan. Oltin-simobning uchta AuHg2, Au2Hg, Au3Hg birikmasi 
mavjud. Simob 16,7 % bo‘lsa evtektika beradi. Oltin va simob birikmasi 310 oS da ajrab 
ketadi.
2. Oltinning minerallari va rudalari 
Ruda tarkibida uchraydigan oltinlar asosan katta va kichik bo‘lgan, turli 
shakllardagi tug‘ma oltinlardir. Oltin boshqa elementlar bilan kimyoviy birikmalar hosil 
qilmaydi. Uning boshqa metallar bilan eritma-qotishmalari tabiatda uchraydi. Kimeviy 
birikmalarida tellurid va selinid shaklda minerallari uchraydi. Oltin minerallari 
tarkibidagi aralashmalar-kumush, mis va temirdir. 
Oltin zarralarining o‘lchamlari va qaysi minerallar tarkibiga aralashgan bo‘lishi 
uni tanlab eritish, sorbsiya, ekstraksiya, amalgamatsiya yo‘li bilan ajratib olinishini 
belgilovchi xossa hisoblanadi. Ayrim hollarda oltin zarralar usti kislorod-oksidlar pardasi 
bilan qoplanib, uning ajratib olnishini qiyinlashtiradi. 
Oltin ya’ni nodir metallar metallurgiyasi ustida katta xizmatlari bo‘lgan I. 
N.Plaksinning ko‘rsatishicha, oltin sirtidagi oksid parda quyidagicha bo‘lishi mumkin . 
1.Sulfidli minerallar bilan birikkan oltin zarralar (arsenopiritli, galenitli). 
2.Temir oksidining mustahkam qobig‘i. 
3.Argentitli qora tusli qobiq 
4.Oltin ustidagi rangli tovlanmalar 
5.Oksidning qora pardalari
Oltin va kumushning asosiy minerallari 2-jadvalda keltirilgan.
Oltin zarrachalarning shakllari ularni gravitatsiya usuli, gidrometallurgiya usullari 
bilan ajratib olinishida qo‘l keladi. 
Masalan «ilmoqli» shakldagi oltin zarralari gravitatsiya dastgohlarida yaxshi 
ilinadi va ajratib olinadi.


Oltin zarrachalarining o‘lchami rudalarni qaysi o‘lcham (sinf-klass) gacha 
maydalaydi, ya’ni oltin sirtini «ochish» lozimligini bildiradi. Tajribalardan ko‘rinadiki, 
oltin zarralari qancha yirik bo‘lsa, uni ajratib olish oson, qancha mayda bo‘lsa ajratib 
olish ham juda murakkablashadi. 

Yüklə 91,68 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin