REJA I.KIRISH. II.NAZARIY QISIM. II.1 galogenlar.ularning fizik kimyoviy xossalari.
II.2 galogenlarning tabiiy minerallari.
II.3 galogenovodorodlarning olinish usullari.
II.4 galogenovodorodlarning ishlatilish sohalari.
III.AMALIY QISIM. III.1Galogenlar. Galogenlarning vodorodli birikmalari. Galogenlarning kislorodli birikmalari. Olinishi va xossalar
IV. XULOSA FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI
Namangan Davlat Universiteti Tabiiy fanlar
fakulteti Kimyo yo’nalishi ________ guruh
talabasi ________________________ ning
_______________________kimyo fanidan
“____________________________________”
mavzusidagi yozgan kurs ishiga
Taqriz
Ushbu kurs ishi “_________________________________________________________________________________________________” mavzusida bo’lib, unda kimyoviy tushunchalar, mavzuga oid nazariyalar, fikrlar amaliy mashqlar qamrab olingan. Jumladan, minerallar kimyosi sanoatining rivojlanish tarixi va undagi ayrim kamchiliklar yoritib berilgan.
Talaba kurs ishini bayon etishda fanga uslubiy qo’llanmalar internet
ma’lumotlaridan foydalangan biroq ommaviy axborot nashrlaridan foydalanmagan.
Bundan tashqari kurs ishini bayon etishda ba’zi bir jumlalarni, formulalarni tuzishda xatolikka yo’l qo’ygan.
Yuqoridagilardan kelib chiqib hay’at azolari ijobiy ball berishlarini so’rayman.
Taqrizchi: ______________________
Kirish O‘zbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligiga erishgandan so‘ng, ta‘limga qo‘yilgan talablar kuchaydi. Xususan 1992 yil “Ta‘lim to‘g‘risida”gi qonun qabul qilinishi, yangi o‘quv rejalar, dasturlar, darsliklar joriy etish, zamonaviy didaktik ta‘minot ishlab chiqish va yangi tipdagi ta‘lim muassalarini tashkil etishni taqazo etdi. 2020-yilning 29-dekabr kuni davlatimiz rahbari Sh.M.Mirziyoyevning Xalqaro kongressida Oliy Majlisga murojaatnomasi bo‘lib o‘tdi. Prezident Sh.M.Mirziyoyevning murojaatnomasida 2020-yilda erishilgan natijalar, “Ilm, ma‘rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili” Davlat dasturi doirasida bajarilgan ishlar aytib o‘tildi.Respublikamizda ta‘lim sohasida amalga oshirilayotgan tub islohotlarning mohiyati ta‘lim tizimining barcha sohalari va jarayonlarini kompyuterlashtirish, ta‘lim jarayoniga zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalarini joriy etish, uning ilmiy-nazariy asoslarini takomillashtirish, amaliy yo‘nalishlarini kuchaytirishni taqozo etadi. Xususan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat MIrziyoyev 2020- yil mamlakatimizda “Ilm, ma‘rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish” yili deb e‘lon qilinib, bu boradagi ustuvor maqsadlar amalga oshirildi. Bularning bari yosh avlodning intelektual bilim salohiyatini rivojlantirishga asoslangan. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti Shavkat Mirziyoyev “Agar mendan sizni nima qiynaydi?” deb so‘rasangiz, farzandlarimizning ta‘lim va tarbiyasi deb javob beraman”deb qayta-qayta ta‘kidlaydilar. Bu borada yangi-yangi islohotlar ham joriy etilgan. Xususan yurtimizda avvaldan shakllangan ilmiy maktablar salohiyatini hisobga olib, hozirgi bosqichdagi milliy manfaatlarimiz va taraqqiyotimiz yo‘nalishlaridan kelib chiqqan holda, bu yil matematika, kimyo, biologiya, geologiya fan va sohalarini rivojlantirish tanlab olindi. Shu fanlar qatorida kimyo fani va sohalarining jadal rivojlanishi uchun еtarlicha sharoitlar yaratilmoqda. Xususan o‘tgan yil mobaynida kimyo yo‘nalishida uzluksiz ta‘lim sifatini va ilm-fan natijadorligini oshirish maqsadida respublika bo‘ylab kimyo faniga ixtisoslashtirilgan maktablar tashkil etildi. Shuningdek xalqaro olimpiadalar g‘oliblari va ularni tayyorlagan professor-o‘qituvchilar rag‘batlantirilib, kimyo fanidan bilimlarni baholash bo‘yicha milliy sertifikatlash tizimi joriy qilinadi. Darvoqe, mamlakatimizda kimyo yo‘nalishi bo‘yicha 4 ta ilmiy-tadqiqot muassasasida 250 nafardan ziyod ilmiy xodim faoliyat ko‘rsatmoqda. Yaratilgan ishlanmalar asosida yangi o‘g‘itlar defoliantalar, o‘sish stimulyatorlarini ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilmoqda. Prezidentimiz kimyo sohasi mineral o‘g‘it ishlab chiqarish bilan cheklanib qolayotgani, bu yo‘nalishdagi ta‘lim va ilmiy tadqiqotlarni takomillashtirish zarurligini ta‘kidladi. Bundan ko‘rinib turibdiki, hayotimizda boshqa fanlar qatorida kimyo fanining ham o‘rni mavjud. Biz yashaydigan еr sharining tuproqning, havoning, suvning hattoki, inson tanasining asosi D.I.Mendeleyev davriy sistemasidagi barcha mikro va makro elementlar hisobiga qurilgan.
O‘zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti I.A.Karimovning “O‘zbekiston buyuk kelajak sari” asarida “O‘zbekiston o‘z еr osti boyliklari bilan haqli ravishda faxrlanadi va bu еrda mashhur Mendeleyev davriy jadvalining deyarli barcha elementlari topilgan” deb yozilgan.