Reja I. Kirish. II. Nazariy qisim


Galogenlar. Galogenlarning vodorodli birikmalari. Galogenlarning kislorodli birikmalari. Olinishi va xossalar



Yüklə 49,57 Kb.
səhifə4/11
tarix19.05.2023
ölçüsü49,57 Kb.
#116854
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
galagenvadarodlar111111111 (2)

Galogenlar. Galogenlarning vodorodli birikmalari. Galogenlarning kislorodli birikmalari. Olinishi va xossalar

Galogenlarning davriy sistemadagi o‘rnini, atomlarining tuzilishini va o‘lchamini va ular namoyon qiladigan valentligini ko‘rsating.


Xlor bilan bajariladigan barcha ishlar mo‘rili shkafda o‘tkaziladi. Xlor bilan zaharlanganda o‘qituvchiga murojaat qilish kerak. Zaharlangan kishini tezda toza havoga olib chiqish va quyidagi choralarni ko‘rish kerak: suyultirilgan ammiak eritmasini yoki etil spirtini xidlatish, tomog‘ va ko‘krak qismlarga sovuq kompress qo‘yish kerak. Agar zaharlanish yuqoriroq darajada bo‘lgan bo‘lsa tez yordam chaqirish kerak.
1. Xlorning olinishi.
Marganes (IV) oksidini xlorid kislotasi bilan ta’sirlashishi.
Probirkaga ozroq marganes (IV) oksididan soling va unga 37%li xlorid kislotasidan quying. Ehtiyotlik bilan xidlang. Buning uchun barmoqlaringiz yordamida xlor gazini yuzingizga yo‘naltiring. Reaksiya tenglamasini yozing.


Kaliy permanganat bilan xlorid kislotasining ta’sirlashishi.
Probirkaga kaliy permanganat kristallaridan 2-3 donasini soling va shtativga o‘rnating. Uning ustiga 37%li xlorid kislota eritmasidan ehtiyotlik bilan bir necha tomchi tomizing. Nimani kuzatdingiz? Reaksiya tenglamasini yozing.


Kaliy bixromat bilan xlorid kislotasining ta’sirlashishi.
Probirka tagiga ozroq maydalangan kaliy bixromatdan soling va uning ustiga 37%li xlorid kislota eritmasidan ozroq quying. Nimani kuzatdingiz? Reaksiya tenglamasini yozing.
2. Xlorli ohak bilan xlorid kislotasining ta’sirlashishi.
Probirkaga ozroq xlorli ohakdan soling va unga 20%li xlorid kislotasi eritmasidan quying. Nimani kuzatdingiz? Reaksiya tenglamasini yozing.


3. Xlorning suyuqlanishi.
Xlorning xossalarini o‘rganish uchun marganes (IV) oksid bilan xlorid kislotasini reaksiyaga kirishtirib xlor oling.
Buning uchun 50 ml hajmdagi kolbaga 10 g marganes (IV) oksid soling va unga oksidning sirti qoplanguncha konsentrlangan xlorid kislotasidan quying. Gaz ajralib chiqishi sekinlashganda kolbaning tagini sekin qizdiring. Bu usul bilan olingan xlor nima bilan ifloslanadi? Uni tozalash uchun tutgichga qanday modda solish kerak?
Beshta 25 ml bankalarni xlor bilan to‘ldiring va shisha plastinkalar bilan ustini berkiting. Bankalarni gaz bilan to‘ldirish vaqtida bankaning ochiq joyi shisha plastinka yoki qog‘oz bilan berkitilishi kerak. Xlorning rangini ko‘rish uchun oq qog‘ozdan ekran qiling. Bankalarga yig‘ilgan xlorni keyingi tajribalarni o‘tkazish uchun olib qo‘ying.



Yüklə 49,57 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin