Mundarija kirish ma’ruza matnlari


O’zbekiston Respublikasi Byudjet Kodeksining 117-moddasiga asosan byudjet tizimi byudjetlari daromad qismining ijrosi quyidagilarni o’z ichiga oladi



Yüklə 0,61 Mb.
səhifə5/83
tarix07.01.2024
ölçüsü0,61 Mb.
#202418
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   83
G’aznachilik hisoboti-fayllar.org (1)

O’zbekiston Respublikasi Byudjet Kodeksining 117-moddasiga asosan byudjet tizimi byudjetlari daromad qismining ijrosi quyidagilarni o’z ichiga oladi:

Tushumlarni yagona g’azna hisobvarag’iga va boshqa hisob-varaqlariga kiritish


Tushumlarni byudjet tizimi byudjetlari o’rtasida taqsimlash.


Ortiqcha yoki noto’g’ri to’langan tishum summalarini qaytarish yoxud ularni qarzini to’lash evaziga hisobga olish.


Hisob va hisobot.





1.3-chizma. Byudjet tizimi byudjetlari daromadlari ijrosini tashkil etish.

Davlat byudjetiga va davlat maqsadli jamg’armalari byudjetlariga daromadlarni yig’ishga vakolatli bo’lgan organlar va tashkilotlar, bundan davlat soliq xizmati organlari va bojxona organlari mustasno, daromadlarning to’g’ri hisoblab chiqilishi, to’liq va o’z vaqtida to’lanishi ustidan nazoratni amalga oshirishi, shuningdek, agar qonun hujjatlarida boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo’lsa, davlat soliq xizmati organiga hisobot taqdim etishi shart.Tartibga soluvchi daromadlardan tushgan tushumlar byudjet tizimi byudjetlari o’rtasida taqsimlanadi.


Byudjet tizimi byudjetlari o’rtasidagi tartibga soluvchi daromadlardan ajratmalarning normativlari O’zbekiston Respublikasi Prezidenti yoki u vakolat bergan organ tomonidan belgilanadi.

2. Fanning o’ziga xos xususiyatlari

Byudjet g’azna ijrosi hisobini yuritishning alohida xususiyatlari quyidagilardan iborat:
  • Byudjet tasnifi asosida hisobni tashkil etilishi;


  • Byudjet g’azna ijrosini nazorat qilinishi;


  • Xarajatlar smetasi g’azna ijrosini nazorat qilinishi;


  • Hisobda kassa va haqiqiy harajatlarni yuritilishi;


  • Byudjet tashkilotlarida soha xususiyatlari bo’yicha hisobni tashkil etilishi va boshqalar.


O`zbekiston Respublikasida davlat byudjeti ijrosi hisobini amalga oshirishda asosan Kassa usulidan foydalaniladi. Ushbu jarayon Davlat sektori buxgalteriya hisobining xalqaro standartlariga (IPSAS) o`tilgan davlatlarda quyidagicha Davlat sektori buxgalteriya asoslari (Xorijiy tajriba)1.


Davlat sektori muassasalarida moliyaviy axborotlarni to`plashning uchta asosiy tamoyili mavjud. Jumladan:

  1. Kassa usuli;


  2. Hisoblash usuli;


  3. Ishonch (kelishuv).


Byudjet g’azna ijrosi hisobini alohida hususiyatlari buxgalteriya hisobi vazifalariga qo’shimcha yanada aniqroq vazifalar kiritilishini talab etadi. Ya’ni tasdiqlangan byudjet ijrosini to’g’ri tashkil etish, moliya-byudjet intizomiga rioya qilish va boshqalar.

Yuqoridagi vazifalarni umumlashtirib G’aznachilik hisobotlarini shakllantirishning funksiyasini quyidagicha aks ettirish mumkin (1.3-chizma).



Yüklə 0,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   83




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin