Mundarija kirish ma’ruza matnlari


-chizma. G’aznachilik hisobotlarini shakllantirishning funksiyalari



Yüklə 0,61 Mb.
səhifə6/83
tarix07.01.2024
ölçüsü0,61 Mb.
#202418
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   83
G’aznachilik hisoboti-fayllar.org (1)

1.4-chizma. G’aznachilik hisobotlarini shakllantirishning funksiyalari.
Nazorat funksiyasi - orqali byudjet mablag’laridan maqsadli foydalanish mulklarni saqlanishi, tayinlanishi bo’yicha sarflanishi tizimi yo’lga qo’yiladi.

Byudjet g’azna ijrosi hisobotida nazoratni uchta turi qo’llaniladi: dastlabki nazorat; joriy nazorat; keyingi nazorat.

Dastlabki nazorat - smetalarni tuzish va tasdiqlash jarayonida amalga oshiriladi. Unda byudjet intizomiga rioya qilinishi shuningdek, qonunchilik talablari buzilishi oldi olinadi.

Joriy nazorat – byudjet g’azna ijrosi jarayonida amalga oshirilib, sodir bo’lgan muomalalarini qonuniyligi, pul mablag’larini oqilona sarflanishi, hisob ma’lumotlarini haqiqiy holatga mosligi, hisoblashuvlar holati va boshqalar nazorati amalga oshiriladi.


Keyingi nazorat – umumlashtirish bosqichi uchun zarur bo’lib, hisob va hisobot axborotlarini qonuniyligini aniqlash uchun amalga oshiriladi.

Axborot funksiyasi – orqali moliyaviy hisobotlar asosida byudjet g’azna ijrosi jarayonida daromadlar, byudjet xarajatlari maqsadli yo’nalishi, natijalar bo’yicha ma’lumotlar shakllanadi.

G’aznachilik hisobotining sub’ektlari bo’lib, moliya organlari (O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va uning hududiy boshqarmalari, bo’limlari), O’zbekiston Respublikasi moliya vazirligi G’aznachiligi va uning hududiy bo’lmlari, Davlat maqsadli jamg’armalari, byudjet tashkilotlari hisoblanadi.
G’aznachilik idorasining Buxgalteriya hisobi va hisoboti bo’limi:

  • manbalar bo’yicha tegishli byudjetlar daromadlari tushumi hisobini yuritadi;


  • O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga kundalik asosida yagona g’azna hisobvarag’ida va hududiy g’azna hisobvaraqlarida pul mablag’lari harakati to’g’risidagi axborotni elektron shaklda taqdim etadi;


  • Birlamchi hujjatlar asosida Davlat byudjeti g’azna ijrosining tahliliy va sintetik buxgalteriya hisobini yuritadi;


  • Davlat byudjetining ijrosi to’g’risidagi axborotni to’plash, qayta ishlash va tahlil qilish asosida Davlat byudjetining kassa ijrosi haqidagi hisobotni tuzadi va ushbu hisobotni belgilangan muddatlarda O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga taqdim etadi.






Yüklə 0,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   83




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin