1.1-chizma. G’aznachilik hisobotining ob’ektlari
O’zbekiston Respublikasi “Byudjet kodeksi”ga muvofiq davlat byudjeti daromadlari quyidagilar hisobiga shakllantiriladi :
1. Qonun hujjatlarida belgilangan soliqlar, boshqa majburiy to’lovlar;
2. Davlatning moliyaviy va boshqa aktivlarini joylashtirilishi, foydalanishga berilishi va sotilishidan olingan daromadlar;
3. Qonun hujjatlariga muvofiq me’ros olish, hadya etish huquqi bo’yicha davlat mulkiga o’tgan pul mablag’lari;
4. Yuridik va jismoniy shaxslardan, shuningdek chet el davlatlaridan kelgan qaytarilmaydigan pul tushumlari;
5. Rezident yuridik shaxslarga va chet el davlatlariga berilgan byudjet ssudalarini qaytarish hisobiga tushadigan to’lovlar;
6. Qonun hujjatlarida ta’qiqlanmagan boshqa daromadlar.
Davlat byudjeti xarajatlari tasdiqlangan byudjetdan mablag’ ajratish doirasida quyidagicha amalga oshiriladi :
Byudjet mablag’lari oluvchilarning joriy xarajatlari shaklida;
Joriy byudjet transfertlari shaklida;
Kapital xarajatlar shaklida:
asosiy fondlar va vositalarni (ular bilan bog’liq ishlar va hizmatlar ham shular jumlasiga kiradi) davlat ehtiyojlari uchun olish va takror ishlab chiqarishga;
chet elda davlat extiyojlari uchun er va boshqa mol - mulk olishga;
davlat extiyojlari uchun erga bo’lgan xuquqni va boshqa nomoddiy aktivlar olishga;
davlat zaxiralarini vujudga keltirishga;
Kapital xarajatlarni qoplash uchun yuridik shaxslarga beriladigan byudjet transfertlari shaklida;
Rezident yuridik shaxslarga va chet el davlatlariga beriladigan byudjet ssudalari shaklida;
Davlat maqsadli jamg’armalariga beriladigan byudjet dotatsiyalari va byudjet ssudalari shaklida;
Davlat qarzini qaytarish va unga hizmat ko’rsatish bo’yicha to’lovlar shaklida;
Qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa xarajatlar shaklida.
Davlat byudjeti pul mablag’lari harakati va hisobi O’zbekiston Respublikasi moliya vazirligi G’aznachiligi va uning hududiy bo’limlari tomonidan yuritiladi.
Byudjet ssudasi - yuqori byudjetdan quyi byudjetga yohud respublika byudjetidan rezident yuridik shaxsga yoki chet el davlatiga qaytarish sharti bilan ajratiladigan mablag’dir. Byudjet ssudasi byudjet ijrosi jarayonida yuzaga keladigan daromadlar bo’yicha kassa uzilishlarini qoplash uchun yuqori byudjetdan quyi byudjetga ajratiladi.
Davlat byudjet tasdiqlangandan so’ng davlat va mahalliy soliqlar va daromadlar to’g’risida, ma’muriy-hududiy bo’linishdagi, korxonalar, tashkilotlar va ho’jalik birlashmalarining bo’ysunishidagi o’zgarishlar, turli xildagi bo’ysunishidagi qurilish ob’ektlari o’rtasida kapital qo’yilmalar limitlarini qaytadan taqsimlanishdagi o’zgarishlar bo’yicha qabul qilingan yangi qonunlar, O’zbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari qabul qilinishi natijasida alohida olingan byudjetlarga o’zgarishlar kiritilgan hollarda byudjet ijrosi jarayonida byudjetlar o’rtasida o’zaro hisoblashuvlar amalga oshiriladi.
Byudjet g’azna ijrosi jarayoni natijasi bo’yicha g’aznachilik hisobotlari shakllantiriladi. Aylanma kassa mablag’lari bo’yicha me’yor belgilanadi.
Aylanma kassa mablag’i me’yori - moliya yilida respublika byudjeti Qoraqalpog’iston Respublikasi byudjeti va mahalliy byudjetlar hisobvaraqlarida turishi mumkin bo’lgan pul mablag’larining qonun hujjatlari bilan belgilanadigan eng kam miqdoridir.
Byudjet tashkilotlari faoliyati xarajatlari byudjet mablag’lari hisobiga moliyalanadi. Shu bilan birgalikda byudjetdan tashqari mablag’lar manbalari bo’yicha shakllantiriladi. Byudjet tashkilotlari xarajatlari smeta doirasida xarajatlar iqtisodiy tasnifi bo’yicha byudjet va byudjetdan tashqari mablag’lar hisobiga amalga oshiriladi.
Byudjet tashkilotlarining moliyaviy aktivlari ya’ni pul mablag’lari G’aznachilik va uning hududiy bo’limlarida ochilgan shaxsiy hisobvaraqlarda byudjet va byudjetdan tashqari mablag’lar bo’yicha alohida yuritiladi.
G’aznachilik tashkilotlari smetalar ijrosi jarayonida belgilangan vazifani bajarish bo’yicha byudjetdan mablag’ oluvchilarning hisoblashuvlarini amalga oshiradi va ular bo’yicha majburiyatlar yuzaga keladi.
G’aznachilik tashkilotlari joriy yilga byudjet mablag;lari sarfi bo’yicha moliyaviy natijalarni mablag’larni sarflanishi manbalari bo’yicha shakllantiradi va yakuniy moliyaviy natijani aniqlaydi.
G’azna ijrosi hisobini tashkil etish moliya organlari va byudjet tashkilotlarini rahbarlari tomonidan belgilangan tartibda amalga oshiradi.
G’aznachilik hisobotining uslubiy asoslarini byudjet g’azna ijrosi buxgalteriya hisobiga oid qabul qilingan qonuniy hujjatlar tashkil etadi (1.2-chizma).
Dostları ilə paylaş: |