Mundarija: Kirish. O’zbekistonda soliq tizmini isloh qilish hamda yanada takomillashtirish maqsadida olib borilayotgan fiskal siyosat. O’zbekistonda davlat moliya tizimidagi islohotlar va rivojlantirish istiqbollari



Yüklə 0,63 Mb.
tarix14.03.2023
ölçüsü0,63 Mb.
#87779
Документ DOC


Mundarija:
Kirish.

  1. O’zbekistonda soliq tizmini isloh qilish hamda yanada takomillashtirish maqsadida olib borilayotgan fiskal siyosat.

  2. O’zbekistonda davlat moliya tizimidagi islohotlar va rivojlantirish istiqbollari.

  3. Moliya va soliq sohalarini isloh qilishda xorij tajribasi.
    Xulosa
    Foydalanilgan adabiyotlar ro’yhati.



Kirish
Mamlakatimizda barcha sohadagi islohotlar qatori iqtisodiy islohotlar ham bugungi kunga kelib keng ko’lamda o’z samarasini ko‟rsatayotganiga barchamiz guvoh bo’lmoqdamiz. Misol tariqasida aytish mumkinki, bugungi kunda davlat moliyasi, jumladan davlat byudjeti va byudjetdan tashqari maqsadli jamg’armalar ochiqligi hamda shaffofliginini ta‟minlash, xalq byudjetini shakllantirish borasida qator amaliy ishlar amalga oshirildi. Davlat byudjetiga mamlakatimizni iqtisodiy rivojlantirish, uzoq muddatli strategik maqsadlarni amalga oshirishda O’zbekistonning jahon bozoridagi raqobatdoshligini oshirish va mavqeini mustahkamlashga yo‟naltirilgan tarkibiy o’zgarishlar, zamonaviy yuksak texnologiyalarga asoslangan eksportbop mahsulotlar ishlab chiqarishni ta‟minlaydigan, ishlab chiqarishlarni jadal rivojlantirishning asosiy moliyaviy manbalardan biri sifatida alohida e’tibor qaratilmoqda. Ushbu yo‟nalishdagi islohotlarni davom ettirilgan holda, istiqbolda davlat byudjetini o’rta muddatli muddatga rejalashtirish, byudjetdan mablag‟larni ajratishda natijaga e’tibor qaratish, 2017-2021 yillarga mo’ljallangan Harakatlar strategiyasida mahalliy byudjetlar daromadlar qismini mustahkamlash, davlat byudjeti xarajatlarining ijtimoiy yo’naltirilganligini saqlab qolgan holda turli darajadagi byudjetlar mutanosibligini ta’minlash kabi vazifalar nazarda tutilgan.
Madomiki, respublikamizda davlat bosh islohatchiligi hamda aholini kuchli ijtimoiy himoyalash eng asosiy vazifalardan deb belgilangan ekan, o’z navbatida iqtisodiyotni boshqarishning ta‟sirchan dastagi hisoblangan davlat byudjeti mablag‟lari doimo aniq bir maqsadga yo’naltirilgan bo‟lishi kerak. Bunda, albatta, byudjet-soliq siyosatni ishlab chiqish va to’g’ri yuritish, byudjet mablag’laridan samarali va oqilona foydalanish talab etiladi. Chunki, byudjet ko’zda tutilgantadbirlar va dasturlarni aniq va o’z vaqtida moliyalashtirilishi ayni paytda davlat dasturlarining ham pirovard natijada to’liq bajarilishini ta’minlaydi.
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M. Mirziyoyev ta’kidlaganlaridek: “Shu bilan birga, hududiy boshqaruv organlarining byudjet mablag’larini shakllantirish, qo’shimcha zaxiralarni yaratish bo’yicha soliq, moliya va iqtisodiyot sohalari organlarining mas‟uliyatini oshirish yuzasidan qaror qabul qilindi. Biz mamlakatimiz byudjet tizimini qayta ko’rib chiqishimiz, byudjet daromadlari va xarajatlari xalqimiz uchun ochiq va oshkora bo’lishini ta’minlashimiz zarur”1.
Shu jumladan, strategiya moliya sohasida mamlakatda olib borilayotgan va kelgusida rejalashtirilayotgan islohotlarning aniq maqsadlari, vazifalari va asosiy yo‘nalishlarini bir hujjatda birlashtiradi.


Vazirlar Mahkamasining “2020–2024 yillarda O‘zbekiston Respublikasining davlat moliyasini boshqarish tizimini takomillashtirish strategiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.2
Moliya vazirligi xabariga ko‘ra, ushbu qaror Xalqaro valuta jamg‘armasi va boshqa xalqaro moliya institutlari ko‘magida ishlab chiqildi.
Strategiya moliya sohasida mamlakatda olib borilayotgan va kelgusida rejalashtirilayotgan islohotlarning aniq maqsadlari, vazifalari va asosiy yo‘nalishlarini bir hujjatda birlashtiradi.
2018 yilda Jahon bankining PEFA uslubiyati bo‘yicha o‘tkazilgan amaldagi budjet tizimining tahlili, davlat moliyasini boshqarish samaradorligini baholash natijalari hamda Xalqaro valuta jamg‘armasining shaffoflik Kodeksi asosida fiskal siyosat ochiqligi yuzasidan o‘tkazilgan diagnostik baholash natijalari Strategiyani ishlab chiqish uchun asos bo‘ldi.
Strategiya davlat moliyasi to‘g‘risida jamoatchilikka keng qamrovli ma'lumotlar berish va shaffoflikni ta'minlash, samaradorlik va natijadorlikka bosqichma-bosqich erishishga qaratilgan fiskal siyosatga o‘tish uchun strategik yondashuvlarni ishlab chiqish hamda budjet jarayoni ishtirokchilarining mas'uliyati va javobgarligini oshirish kabi 6 ta asosiy yo‘nalishga bo‘lingan.
Ular:
1-yo‘nalish. Soliq-budjet siyosatiga strategik yondashuvni tatbiq etish maqsadida o‘rta muddatli budjet asoslarini ishlab chiqish hamda yillik budjetni shakllantirishning yangi “natijaga yo‘naltirilgan budjet” tizimini joriy etish;
2-yo‘nalish. Makrofiskal prognozlar ishonchliligini ta'minlash bo‘yicha institutsional salohiyatni va budjet jarayoni ishtirokchilarining mas'uliyatini oshirish;
3-yo‘nalish. Budjet mablag‘larini taqsimlovchilar va mahalliy davlat hokimiyati organlarining budjet sohasidagi vakolatlarini va hisobdorligini oshirish hamda ularning mas'uliyatini kuchaytirish;
4-yo‘nalish. Fiskal tavakkalchiliklarni baholash, moliyaviy aktivlar va majburiyatlar hisobini yuritish hamda ularni samarali boshqarish tizimini joriy etish;
5-yo‘nalish. Budjet hisobi standartlarini birxillashtirish, ichki nazorat va audit tizimini takomillashtirish orqali moliyaviy intizomni mustahkamlash hamda budjet jarayoni ustidan parlament va jamoatchilik nazoratini kuchaytirish;
6-yo‘nalish. Budjet ma'lumotlarining ochiqligi, to‘liqligi va xalqaro standartlarga mosligini ta'minlash.
1.O’zbekistonda soliq tizmini isloh qilish hamda yanada takomillashtirish maqsadida olib borilayotgan fiskal siyosat.
Jismoniy va yuridik shaxslardan olinadigan soliqlar, yig’imlar, bojlar va boshqa majburiy to’lovlar va ularning tuzilishi tamoyillari, usullari, soliq nazoratining yig’indisi soliq tizimi asosini tashkil qiladi. Bu ta’rif soliq tizimini keng manoda tushunishdir. Soliq qonunchiligida soliq tizimi tor manoda talqin qilinib, bir xil mohiyatga ega bo’lgan va markazlashgan pul fondi tashkil etadigan soliq, yig’im, boj va boshqa majburiy to’lovlarning yig’indisi soliq tizimi deb ataladi. Takidlash joizki, soliq tizimiga nisbatan bunday ta’rif ayrim adabiyotlarda ham keltirilgan. Qayd
etilgan ta’rifda soliq va yig’imlar yagona mohiyat, ya’ni “majburiy harakterga ega bo’lgan munosabat” va ularning bir-biri bilan bog’liqligini ko’rsatadi. Bu esa O’zbekiston Respublikasi Soliq Kodeksi mazmuniga mos keladi.
Soliq islohotlari - soliq nazariyasi va amaliyotini muvofiqlashtirish asosida soliq yukini kamaytirish, soliqqa tortishni soddalashtirish, soliq yordamida iqtisodiy rivojlanishni taʼminlash maqsadlarida amalga oshiriladigan davlat tadbirlari. Iqtisodiyotni isloh qilishining asosiy, ajralmas qismidir.
Oʻzbekiston Respublikasida amalga oshirilayotgan Soliq tizimidagi islohotlar strategiyasi huquqiy va demokratik davlatni barpo etish konsepsiyasi asosida shakllanmoqda. 1991 yildan boshlab 2017 yilgacha Oʻzbekistonda oʻtkazilgan soliq islohotlarini 3 asosiy bosqichga boʻlish
mumkin:
Birinchi bosqich: 1991-1994-yillarda soliqqa oid qonun hujjatlarini yaratish; tamomila yangi soliqlar va toʻlovlar tizimini barpo etish va ularni xoʻjalik amaliyotiga joriy etish; moliyaviy mablagʻlar infratuzilmasini rivojlantirish, oʻzoʻzini strategik resurslar bilan taʼminlashga erishish maqsadlarida qayta taqsimlash; narxlarning oʻsishi va pasayishi sharoitida aholining turmush darajasi pasayib ketmasligi va ijtimoiy barqarorlikni saqlash; mustaqil tizim sifatida davlat soliq
xizmatini shakllantirish vazifalari bajarildi.
Ikkinchi bosqich: 1995-1999-yillarda soliq tizimini takomillashtirish va
korxonalarga nisbatan soliq yukini kamaytirish boʻyicha Soliq islohotlari amalga oshirildi. Bu davrda soliqlarga doir mavjud qonun hujjatlari asosida Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksi ishlab chiqildi va 1997 yilda qabul qilindi.
Uchinchi bosqich: 2000-yildan 2017-eilgacha soliq islohotlari qonunchilikka kiritilayotgan oʻzgarishlar asosida fuqarolar va korxonalar uchun soliq, yukini yana-da kamaytirish, ayrim soliq turlarini bekor qilish, kichik va oʻrta tadbirkorlik subyektlarini soliqqa tortish tizimini soddalashtirish, samarali soliq tizimi tamoyillarini yana-da toʻliq roʻyobga chiqarish, jahon andozalariga mos soliq tizimini bosqichma bosqich barpo etishga yoʻnaltirilgan edi.
Jahondagi rivojlangan mamlakatlarda Soliq islohotlari doimiy va davriy oʻtkazib turiladi. Aynan bir soliq turini joriy etish yoki bekor qilish, ayrim shakildagi soliqlar ulushini oshirish yoki kamaytirish, soliq daromadlarini qayta taqsimlash va boshqa koʻrinishlarda amalga oshiriladi.
Mamlakatimiz taraqqiyotini yangi, yuksak bosqichga ko’tarishimiz, buning uchun yangi islohotlarni amalga oshirish hozirgi davrda hayotiy zarurat hisoblanadi. Bu jarayonda iqtisodiy zanjirning muhim halqalaridan biri bo’lgan soliq tizimi barchaga teng va erkin raqobat sharoitini yaratishda tayyor bo’lishi kerak. Prezidentimiz tashabbusi bilan 2018 yilda yangi soliq konsepsiyasining qabul qilinishi ana shu maqsadlarga erishishning strategiyasini belgilab berdi. Tizimda yangi islohotlarni boshlab bergan ushbu konsepsiyadan oldingi holatga nazar
tashlasak, 97 foiz soliq to’lovchilar soddalashtirilgan rejimda faoliyat yuritib, mamlakatimiz yalpi ichki mahsulotida ularning ulushi qariyb 60 foizga yetgani, byudjet tushumlaridagi hissasi bor-yo’g’i 9,2 foizga teng bo’lgan yaqqol namoyon. Umumbelgilangan soliq to’lovchilar zimmasiga tushgan asosiy soliq yuki atiga 3 foizni tashkil etgan.
Yaqingacha nafaqa, maktab taʼlimi va yo’l jamg’armalariga soliq to’lash,
sug’urta badali, mol-mulk, QQS (qo’shilgan qiymat solig’i) stavkalarining yuqoriligi mamlakat taraqqiyotini yaratuvchilar bo’lmish tadbirkorlar zimmasidagi katta yuk edi. Shuning uchun ularning o’zlari istamagan holda, soliqdan qochish shaklini tanlashga yoki soddalashtirilgan tizimda qolish uchun korxona ishchilari soni, ularga
to’laydigan ish haqini sunʼiy yashirishga hamda “konvert” orqali to’lashga majbur bo’lar edilar.
2017-yildan boshlab soliq tizimiga o’zgacha yondoshilmoqda. Tadbirkorlikda mutloq boshqacha muhit. Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan adolatli, shaffof va uzoqqa mo’ljallangan tizimni yaratishga qaratilgan islohotlarning amalga oshirilishi natijasida butunlay yangi soliq maʼmurchiligi tashkil topdi. Birinchi navbatda, soliqlar turi 16 tadan 9 taga, nazorat shakllari 13 tadan 2 taga kamaytirildi. Prezidentimiz joriy yil 20 avgust kuni tadbirkorlar bilan o’tkazgan tarixiy muloqotida soliq sohasidagi ko’pchilikning esidan ko’tarilgan holatlarni yodga solgani bejiz emas. Chunki, yaqingacha tadbirkorlarga og’ir yuk bo’lib kelgan nafaqa, maktab va yo’l jamg’armalariga 3,2 foizli yig’imlar bekor qilindi. Byudjetdan tashqari jamg’armalarga mazkur yig’imlarni bekor qilish hisobiga har yili qariyb 6 trillion so’m mablag’ qoladigan bo’ldi.
Qisqa vaqtda sohani raqamlashtirish, jumladan, maʼlumotlarni qayta ishlash markazini bosqichma-bosqich takomillashtirish, aniqroq aytganda modernizatsiya
qilish o’z navbatida, soliq to’lovchilarga ro’yxatdan o’tish, soliq tizimini tanlash, byudjet bilan munosabatlarini masofadan kuzatish, hisobotlarni shakllantirish va topshirish, shaxs o’z shaxsiy kabineti orqali dunyoning istalgan burchagidan soliq majburiyatlarini elektron tarzda bajarish imkoniyatini berdi. Umumiy hisobda soliq organlarining elektron davlat xizmatlari portali - my.soliq.uz da 50 ga yaqin shu kabi masofaviy xizmatlar yo’lga qo’yildi. Bularsiz bugungi soliq maʼmuriyatchiligini va
umuman, bugungi tizim faoliyatini tasavvur etib bo’lmaydi.
Davr shiddat bilan o’zgarib boryapti. Yuqorida amalga oshirilgan keng ko’lamli ishlarga qaramay, iqtisodiy islohotlarni yanada chuqurlashtirish soliq ma’murchiligini soddalashtirishni, soliq idoralarining nazorat funksiyalarini takomillashtirish bo’yicha jiddiy choralar ko’rilmoqda. Bir soʻz bilan aytganda, soliq maʼmuriyatchiligida yangi tizim yaratildi. Navbatdagi vazifa uni amaliyotga toʻliq tatbiq qilishdir.
Ta’kidlash lozimki, hozirgi soliq islohotlari zaminida soliq tushumlari oshirilishininig bosh yo’li soliq bazasining iqtisodiy o’sish asosida mustahkamlanishi ekanligi yotadi.



  1. O’zbekistonda davlat moliya tizimidagi islohotlar va rivojlantirish istiqbollari.

Bugungi kunda jamiyat va davlat hayotining barcha sohalari shiddat bilan rivojlanayotgani islohotlarni mamlakatimizning jahon tsivilizatsiyasi еtakchilari qatoriga kirish yo‘lida tez va sifatli ilgarilashini ta’minlaydigan davlat moliyasini boshqarishni takomillashtirishga asoslangan holda amalga oshirishni taqozo etadi. Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida mamlakatimizda davlat moliyasining barqarorligini ta’minlashga qaratilgan islohotlar izchillik bilan amalga oshirilmoqda. Bu borada muhtaram Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyevning quyidagi fikrlarini keltirib o‘tish joizdir, “Makroiqtisodiy barqarorlikni yanada mustahkamlash va iqtisodiy o‘sishning yuqori sur’atlarini saqlab qolish, jumladan, Davlat byudjeti barcha darajada mutanosib, milliy valyuta va ichki bozordagi narx darajasi barqaror bo‘lishini ta’minlash - eng muhim ustuvor vazifamizdir.”[2] 2018 yilda PEFA metodologiyasi bo‘yicha amaldagi byudjet tizimining tanqidiy tahlili, davlat moliyasini boshqarish samaradorligini baholash natijalari hamda Xalqaro valyuta jamg‘armasining shaffoflik Kodeksi asosida soliq-byudjet siyosati ochiqligi yuzasidan o‘tkazilgan diagnostik baholashlardan kelib chiqib so‘ngi ikki yilda davlat moliyasi boshqarishni takomillashtirish bo‘yicha bir qator tadbirlar amalga oshirildi. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti (keyingi o‘rinlarda Davlat byudjeti deb yuritiladi) to‘g‘risidagi ma’lumotlarning ochiqligi va shaffofligini hamda fuqarolarni byudjet jarayonidagi ishtirokini ta’minlash maqsadida: 2018 yildan boshlab “Fuqarolar uchun byudjet” axborot nashri ishlab chiqilmoqda; Davlat byudjeti to‘g‘risida batafsil ma’lumotlar joylashtirilib kelinayotgan “Openbudget.uz” axborot portali 2019 yilning yanvar oyidan boshlab ishga tushirildi; Davlat byudjeti ijrosi to‘g‘risidagi ma’lumotlar Davlat moliyaviy statistikasi (GFS) standartlariga muvofiq shaklda Xalqaro valyuta jamg‘armasining saytida joylashtirib borilmoqda; 2019 yildan boshlab tuman va shahar byudjetlarida hosil bo‘ladigan qo‘shimcha manbalarining kamida 10 foizi fuqarolar tomonidan bildirilgan tadbirlarga asosan yo‘naltirish mexanizmi joriy etildi; Byudjet mablag‘larini tasarruf etuvchilar hamda mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan byudjet mablag‘laridan foydalanish jarayonini to‘liq o‘z rasmiy saytlarida e’lon qilib borishlarini tartibga soluvchi qonun va qonunosti hujjatlariga tegishli normalar kiritildi. Shuningdek, 2020 yildan boshlab ilg‘or xorijiy tajribadan kelib chiqqan holda Davlat byudjeti loyihasi ilk bora Qonun shaklida qabul qilindi hamda vazirlik va idoralarning vakolat va mas’uliyatini oshirish maqsadida byudjet xarajatlari avvalgidek sohalar bo‘yicha emas, balki vazirlik va idoralar kesimida tasdiqlandi. Shu bilan birga, O‘zbekiston Respublikasi respublika byudjeti xarajatlari O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis palatalari tomonidan, mahalliy byudjetlar esa tegishli xalq deputatlari kengashlari tomonidan tasdiqlash amaliyoti joriy etildi. 2018-2019 yillar davomida mamlakatda soliq islohotlari amalga oshirilib, iqtisodiyotga soliq yuki kamaytirishga erishildi, shuningdek soliq turlari maqbullashtirilib, qo‘shilgan qiymat soliq to‘lovchilar sonini oshirish hisobiga qo‘shimcha qiymat solig‘i zanjirini hosil qilishga erishildi. Yangi tahrirdagi Soliq kodeksida soliqlarni ortiqcha undirganlik uchun davlat soliq xizmati organlarining javobgarligi kuchaytirildi, zamonaviy usullarni qo‘llagan holda xorijiy amaliyotda sinalgan soliq nazorati shakllari joriy etildi, shuningdek, soliqlarni hisoblash va to‘lash tartiblari soddalashtirildi.Shu bilan birga, o‘tkazilgan tahlil natijalari davlat moliyasini boshqarish tizimida mamlakatning o‘rta va uzoq muddatli byudjet loyihalarini rejalashtirish bo‘yicha qo‘yilgan maqsadlarga erishish borasida qilinadigan ishlar ko‘pligini ko‘rsatdi. Xususan, byudjet tashkilotlari va muassasalari hamda davlat ulushi mavjud bo‘lgan korxonalarning hisobi alohida yuritilishi, shuningdek vazirlik va idoralarning byudjetdan tashqari mablag‘lari konsolidatsiyalashgan byudjetda aks ettirilmasligi Davlat byudjeti mablag‘larining shaffofligini to‘liq ta’minlashga to‘sqinlik qilmoqda. Mahalliy byudjetlarni mustaqil ravishda belgilab olish imkonini beradigan byudjetlararo transfertlarni hisoblashning shaffof metodologiyasini ishlab chiqilmagan. Davlat xaridlari va investitsiyalarini boshqarish samaradorligini oshirish, davlat qarzini boshqarish strategiyasini ishlab chiqish, davlat aktivlari va majburiyatlarini boshqarish uchun tavakkalchiliklarni baholashning samarali tizimini joriy etish taqozo etilmoqda. Ko‘rsatib o‘tilgan kamchilik va muammolar amalga oshirilayotgan byudjet siyosatini ob’ektiv va ishonchli baholash imkonini bermaydi hamda byudjet xarajatlarini o‘rta muddatga mo‘ljallangan davlat dasturlari bilan samarali tahlil qilishga to‘sqinlik qilmoqda. Shu munosabat bilan, bugungi kunda davlat moliyasini sog‘lomlashtirishga qaratilgan ilmiy tadqiqot ishlari olib borish zarur hisoblanadi. Mamlakatning uzoq muddatli rivojlantirish kontseptsiyalari hamda ustuvor davlat dasturlari, xususan, 2022-2026 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha Taraqqiyot strategiyasi [1], O‘zbekison Respublikasi Prezidentining har yilgi Oliy Majlis palatalariga murojaatnomasi, 2030 yilgacha Mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish kontseptsiyasi hamda boshqa shu kabi davlat dasturlari Strategiyani ishlab chiqish uchun asos bo‘lib xizmat qildi. Strategiyaning asosiy maqsadi har tomonlama puxta o‘ylangan byudjet siyosatini olib borishni, mamlakatni ijtimoiy - iqtisodiy rivojlantirishga yo‘naltirilayotgan byudjet mablag‘laridan foydalanish samaradorligini oshirishni, ularning shaffofligi va ochiqligini ta’minlashga qaratilgan davlat moliyasini boshqarishning samarali tizimini yaratishdan iborat. Strategiyaning maqsadlariga erishish uchun quyidagi asosiy vazifalarni amalga oshirish zarur:
− strategik maqsadlarga yo‘naltirilgan hamda o‘rta muddatga mo‘ljallangan soliq-byudjet siyosatini yuritish;
− fiskal nazoratni kuchaytirish, birinchi darajali byudjet mablag‘larini taqsimlovchilari uchun ajratiladigan byudjet mablag‘larining chegaralangan miqdorlarini Oliy Majlis tomonidan belgilash orqali byudjet jarayoni ishtirokchilarining mas’uliyatini va hisobdorligini oshirish;
− uzoq muddatga davlat moliyaviy barqarorligini ta’minlashga yo‘naltirilgan soliq-byudjet siyosatini joriy etish;
− byudjet jarayonining shaffofligi va byudjet ma’lumotlarining ochiqligini oshirib borish;
− byudjetlararo munosabatlarni tubdan isloh qilish, mahalliy byudjetlarning mustaqilligini va javobgarligini oshirish hamda byudjetlararo transfertlar taqdim etishning shaffof mexanizmini joriy etish.
Strategiyani ishlab chiqishda nafaqat iqtisodiyoti rivojlangan davlatlar, balki moliyaviy-iqtisodiy jihatdan tuzilishi bo‘yicha o‘xshash mamlakatlar tajribasi ham o‘rganib chiqilgan. Strategiyani amalga oshirish davri 2024 yilgacha mo‘ljallangan bo‘lib, quyidagi oltita muhim maqsadlarni o‘z ichiga oladi:




  1. rasm. Strategiyani amalga oshirishdagi muhim maqsadlar

Mazkur Strategiyani amalga oshirish uchun Moliya vazirligi tomonidan Strategiyada belgilangan maqsadlarga bosqichma-bosqich erishishni nazarda tutuvchi Harakatlar rejasi ishlab chiqilgan. Endi yuqorida belgilangan har bir maqsadga erish uchun belgilangan ustuvor vazifalar bilan tanishib chiqsak. Birinchi maqsaddan kelib chiqib, davlat byudjeti daromadlari va xarajatlarini samaraliroq boshqarish imkonini yaratish maqsadida byudjet jarayoni ishtirokchilarining o‘rni va byudjet vakolatlarini qayta taqsimlash zarur. Davlat byudjetining barqarorligi va daromadlarni prognoz qilish imkoniyatini oshirish, shuningdek samarali davlat siyosatini yuritish, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish uchun belgilangan maqsadlarga erishish uchun byudjet jarayonining barcha bosqichlarida vazirlik va idoralar faoliyatining o‘zaro muvofiqligi va hamkorligini ta’minlash yuzasidan zarur tadbirlarni amalga oshirish. Davlat faoliyatining sezilarli qismi Davlat byudjeti jarayoni doirasidan tashqarida, ya’ni vazirlik va idoralar tomonidan amalga oshirilayotgan choratadbirlarning bir qismi ularning byudjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan, shuningdek davlat ishtirokidagi korxonalar hisobidan amalga oshirilmoqda. Uzoq yillar davomida byudjetlarning darajalari o‘rtasida daromadlar va xarajatlarni o‘tkazish vakolatlari aniq mustahkamlanmaganligi sababli mahalliy hokimiyat organlarida byudjet mablag‘larining samaradorligi va natijadorligini oshirish uchun etarli rag‘batlantiruvchi omillar bo‘lmagan. Bundan tashqari, ayrim davlat korxonalari faoliyatining samaradorligi pastligiga qaramasdan iqtisodiyotda davlatning sezilarli ishtiroki saqlanib qolmoqda. Shu munosabat bilan davlatning iqtisodiyotdagi ishtirokini qisqartirishga yo‘naltirilgan davlat korxonalari faoliyatida tarkibiy o‘zgartirishlarni amalga oshirish lozim. Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda taklif etiladigan islohotlar byudjet ustuvorligini ta’minlash va Davlat byudjeti darajalari o‘rtasida majburiyatlarni ajratish hisoblanadi. Davlat byudjetining to‘liqligi, ishonchliligi va Davlat byudjetining strategik yo‘naltirilganligini oshirish maqsadida barcha davlat maqsadli jamg‘armalari hamda byudjet tashkilotlarining byudjetdan tashqari shaxsiy g‘azna hisobvaraqlaridagi mablag‘larni Davlat byudjetiga qo‘shish choralarini ko‘rish, shuningdek, byudjet hisobotida Davlat byudjeti va davlat maqsadli jamg‘armalarining konsolidatsiyalashgan jami moliyaviy ko‘rsatkichlarini yagona shaklda taqdim etish zarur. Davlat moliyasini boshqarishning yanada samarali va oqilona tizimini ta’minlash maqsadida byudjet tizimining byudjetlari o‘rtasida xarajatlar bo‘yicha majburiyatlarni aniq ajratishni va daromad olish manbalarini mustahkamlashni nazarda tutuvchi respublika va mahalliy byudjetlar o‘rtasidagi byudjetlararo munosabatlarni takomillashtirish zarur.[4] Ikkinchidan, byudjet ma’lumotlarining ochiqligi, to‘liqligi va xalqaro standartlarga mosligini ta’minlash maqsadi, davlat resurslariga oid oshkora, ishonchli va keng qamrovli ma’lumotlarni mavjudligi Davlat moliyasini boshqarish sohasida olib borilayotgan islohotlarning muvaffaqiyatli amalga oshirilishiga xizmat qiladi. Davlat moliyasi ma’lumotlarining keng qamrovliligi, qiyoslanuvchanligi hamda yaxlitliligi soliq-byudjet siyosatini shakllantirishga strategik yondashuvni muvaffaqiyatli joriy qilishda, keyinchalik byudjetdan ajratiladigan mablag‘larning samaradorligi va natijadorligini baholashga o‘tishda to‘liq, o‘z vaqtida va ishonchli axborot bazasini yaratishni ta’minlaydi.Amaldagi byudjet qonunchiligiga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasining konsolidatsiyalashgan byudjetini tuzishda byudjet tizimi byudjetlari va O‘zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi mablag‘larining barcha daromadlari va xarajatlari hisobga olinadi, byudjet tashkilotlarining byudjetdan tashqari jamg‘armalari mablag‘lari, shuningdek ayrim davlat maqsadli jamg‘armalari bundan mustasno. Bundan tashqari, davlat boshqaruvi sektori faoliyatining asosiy qismi byudjet tashkilotlarining byudjetdan tashqari mablag‘lari orqali amalga oshiriladi. Natijada, davlat sektorining ayrim xarajatlari, shuningdek, alohida pul oqimlar, shu jumladan davlat korxonalari faoliyati, davlat aktivlari va ayrim davlat majburiyatlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar byudjet hisobotida aks ettirilmaydi. Shundan kelib chiqqan holda taklif etilayotgan islohotlar quyidagilardan iborat: − Soliq-byudjet hisobotlarining keng qamrovliligini, solishtiriluvchanligini va yaxlitligini yaxshilash; − Davlat soliq-byudjet siyosati mo‘ljallari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni kengaytirish lozim. Uchinchi maqsad bo‘yicha davlat siyosatining o‘rta va uzoq muddatli maqsadlarini qo‘llab-quvvatlash va unga erishish talablariga javob beradigan samarali davlat moliyasini boshqarish tizimini yaratish maqsadida moliya yili davomida moliyaviy resurslarning etarliligini baholash tizimi bo‘yicha qabul qilingan siyosiy qarorlarning oqibatlari hamda ajratilgan byudjet mablag‘laridan foydalanish natijalarini baholashga o‘tishni nazarda tutuvchi hamda soliq-byudjet siyosatiga strategik yondashuvni joriy etish yuzasidan choralar ko‘rish lozim. Davlat byudjeti kelgusi moliya yili uchun asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar prognozlarini baholashni hamda kelgusi ikki yil uchun maqsadli ko‘rsatkichlarni o‘z ichiga oladi, lekin ularni ishlab chiqishda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan ko‘zda tutilmagan vaziyatlarni o‘z ichiga olmaydi. Bu esa makroiqtisodiy statistikaning sifati bilan bog‘liq muammolar prognozlarining ishonchliligini baholashni qiyinlashtiradi.[5] Byudjetni rejalashtirishning amaldagi tizimida strategik yondashuvning yo‘qligi fiskal siyosatning ustuvor yo‘nalishlari va Davlat byudjetining moliyaviy imkoniyatlari asosida byudjetdan ajratiladigan mablag‘larni taqsimlashni cheklaydi, bu esa byudjet majburiyatlarining mantiqsiz o‘sishiga va ajratilgan byudjet mablag‘laridan samarali foydalanishni nazorat qilinmasligiga olib keladi.Shulardan kelib chiqqan holda amalga oshirilishi zarur bo‘lgan islohotlar quyilagilardan iborat: 1. Byudjet jarayonini takomillashtirish 2. O‘rta muddatli byudjet asoslarini ishlab chiqish (MTBF) 3. Byudjetni samaradorlik va natijadorlikka qarab yo‘naltirilganligini oshirish4. Davlat investitsiyalarining samaradorligini oshirish To‘rtinchi maqsad bo‘yicha, davlat moliyasini uzoq muddatli barqarorligi va oldindan prognoz qilish imkoniyatini baholash uchun fiskal tavakkalchiliklar tahlilini va ularning oshkor etish jarayonini yaxshilash choralarini ko‘rish lozim. Fiskal tavakkalchiliklarni tahlil qilish va ularni boshqarish davlat sektorida soliq-byudjet siyosatiga oid qarorlarni qabul qilish jarayonini samarali muvofiqlashtirishni ta’minlaydi. Bu bo‘yicha taklif etilayotgan islohotlar quyidagilardan iborat:[6] 1. Tavakkalchiliklarni boshqarish tizimini joriy etish 2. Aktivlar va majburiyatlarni boshqarish tizimini mustahkamlash 3. Davlat qarzini boshqarish tizimini takomillashtirish Beshinchi maqsad bo‘yicha, byudjet jarayoni ishtirokchilarining o‘rni va vazifalarini qayta ko‘rib chiqish, vazirlik va idoralar - byudjet mablag‘larini taqsimlovchi (oluvchi)larning mustaqilligini va byudjetdan ajratiladigan mablag‘lardan samarali foydalanish va natijadorlik bo‘yicha javobgarliklarini oshirishni nazarda tutgan holda davlat sektorida hisob yuritishning amaldagi tizimini qayta ko‘rib chiqish va byudjet mablag‘larini taqsimlovchi (oluvchi)larning soliqbyudjet sohasida javobgarligini va hisobdorligini kuchaytirishni talab qiladi. Hozirgi vaqtda buxgalteriya hisobining xalqaro standartlarini davlat sektoriga joriy etish bo‘yicha choralar amalga oshirilmoqda. Shu bilan birga, davlat sektorida buxgalteriya hisobining xalqaro standartlariga to‘laqonli o‘tish, qadrlar tayyorlash va tegishli dasturiy ta’minotlarni takomillashtirish zarurati tufayli uzoq vaqt talab etishi mumkin. Bundan tashqari, alohida vazirlik va idoralarda ichki nazorat va audit xizmati ta’sis etilgan. Biroq, ichki audit xizmati faoliyatining huquqiy va metodolik asoslari mavjud emasligi, ularninig faoliyati faqat byudjet mablag‘laridan maqsadsiz va samarasiz foydalanish bilan bog‘liq tartib buzilish holatlarini aniqlashga qaratilganligi tufayli ushbu xizmatlar faoliyatining samaradorligi chegaralanib qolgan. Bu sohada taklif etilayotgan islohotlar quyidagilardan iborat: 1. Davlat sektorida byudjet hisobi standartlarini unifikatsiyalash; 2. Ichki nazorat va ichki audit tizimini takomillashtirish; 3. Davlat moliyasi ustidan tashqi nazoratni kuchaytirish; 4. Byudjet jarayonida jamoatchilik ishtirokini ta’minlash. Oltinchi maqsad bo‘yicha, davlat moliyasini boshqarish tizimida islohotlarni amalga oshirish va ularning natijalarini mustahkamlash uchun davlat organlarida institutsional salohiyatni oshirish-strategiyaning muhim yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. O‘rta muddatli byudjetni rejalashtirishga to‘liq muvaffaqiyatli o‘tish uchun mas’ul bo‘lgan moliya organlarining makro-fiskal faoliyati cheklangan va jahonamaliyotiga mos kelmaydi. Jumladan, Iqtisodiyot va sanoat vazirligining makroiqtisodiy prognozlarni tayyorlash uchun mas’ul ekanligi buning isbotidir. Moliya vazirligi Davlat byudjeti daromadlarini prognozlash va tahlil qilish funktsiyasini bajaradi, ammo o‘rta muddatda davlat moliyasi va fiskal tavakkalchiliklarning barqarorligini baholash funktsiyasi mavjud emas. Shundan kelib chiqib taklif etilayotgan islohotlar quyidagilardan iborat:[7] 1. Davlat moliyasini boshqarish sohasida qonunchilik bazasini mustahkamlash; 2. Makro - fiskal tahlil funktsiyalarini mustahkamlash; 3. Moliya vazirligi tarkibiy tuzilmasini qayta ko‘rib chiqish; 4. Davlat xaridlari tizimini mustahkamlash; Xulosa Tadqiqotimiz oldiga qo‘yilgan maqsad va unga samarali yo‘llar bilan erishish uchun rejalashtirilgan vazifalarni maxsus adabiyotlar hamda me’yoriy xujjatlar, shuningdek xorijiy tajribalarni o‘rganish, tahlil qilish va tadqiq etish jarayonida qator ilmiy asoslangan xulosalarni chiqarishga muvafaq bo‘lindi. Shulardan asosiylari bo‘lib quyidagilar hisoblanadi. Xususan: 1. Byudjet mablag‘larini taqsimlovchilar va mahalliy davlat hokimiyati organlarining byudjet sohasidagi vakolatlarini va hisobdorligini oshirish hamda ularning mas’uliyatini kuchaytirish. 2. Byudjet ma’lumotlarining ochiqligi, to‘liqligi va xalqaro standartlarga mosligini ta’minlash. 3. Soliq-byudjet siyosatiga strategik yondashuvni tatbiq etish maqsadida o‘rta muddatli byudjet asoslarini ishlab chiqish hamda yillik byudjetni shakllantirishning yangi “natijaga yo‘naltirilgan byudjet” tizimini joriy etish. 4. Fiskal tavakkalchiliklarni baholash, moliyaviy aktivlar va majburiyatlar hisobini yuritish hamda ularni samarali boshqarish tizimini joriy etish. 5. Byudjet hisobi standartlarini unifikatsiya qilish, ichki nazorat va audit tizimini takomillashtirish orqali moliyaviy intizomni mustahkamlash hamda byudjet jarayoni ustidan parlament va jamoatchilik nazoratini kuchaytirish; 6. Institutsional va qonunchilik bazasini mustahkamlash



  1. Moliya va soliq sohalarini isloh qilishda xorij tajribasi.

Bozor iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlarida g’aznachilikni joriy
etishning qator afzalliklari mavjud, Davlatning moliyaviy resurslari, shu
jumladan, byudjet mablag’lari va maqsadli jamg’armalar mablag’larini jalb qilish asosida davlatni moliyaviy resurslarining tezkor boshqarilishini
amalga oshirish mumkin. Byudjetning maqsadli va samarali ijro etilishi
ustidan muttasil hamda samarali nazorat qilib borishni ta’minlash imkoniyati paydo bo’lishi singari uning asosiy afzalliklari bilan bog’likdir. Davlat moliyasini boshqarishning g’aznachilik tizimi barcha davlat resurslarining g’aznachilikning yagona hisobraqamlarida jamlanishini va barcha byudjetdan mablag’ oluvchilar tomonidan g’aznachilik bo’limlarida o’z shaxsiy hisobraqamlari ochilishini nazarda tutadi. Tajribalar shuni ko’rsatadiki, byudjet g’aznachilik asosida ijro etilganda vaqtinchalik kassa tafovutlari amalda barham topadi, butun birlamchi to’lov hujjatlari aylanishi g’azna muassasasi qo’lida to’planadi, hamda byudjetning ijro etilishi oydinlashadi, tahlil sifati va tezkorligi oshadi. G’aznachilikni joriy etish davlat moliyasini boshqarishning mavjud tizimini yanada takomillashtirishga ko’maklashadi. G’aznachilik muassasasidan o’z vaqtida va muhim axborot olinishi tufayli Moliya Vazirligi
tomonidan moliya tizimi hamda iqtisodiyotdagi qisqa muddatli kundalik holatlarni tezkor aniqlashga yordam bergan holda, mamlakat byudjetining
ta’sirchan rolini kuchaytiradi. Bunday tizimda byudjet bozorga doir ma’lumotlarga va yuzaga keladigan muammolarga monand ravishda munosabatda bo’lish, nomaqbul holatlarning oldini olish imkoniyatiga ega bo’ladi. Bundan tashqari, davlat byudjetini samarali nazorat qilish va uning taqchilligini boshqarish ta’minlanadi.
Davlat mablag’larini boshqarish, davlat o’zining moliyaviy siyosatini olib
borishi, moliyaviy rusurslarni boshqarishi va moliyaviy qonunchilikni ishlab chiqishdan iborat bo’lgan faoliyatidir. Har qanday davlatning moliyaviy tizimi har xil bo’lgani kabi, undagi davlat moliyasini boshqarish tizimi ham har xildir. Bunda asosiy o’rinni davlatning tuzilishi o’ynaydi. Davlat moliyasini boshqarish davlat boshqaruvi tizimiga asoslangan holda turli mamlakatlarda farqlanadi. Davlat moliyasini umumiy boshqaruvini turli mamlakatlarda turli organlar amalga oshiradi, biroq barcha mamlakatlarda bu funksiyani oliy qonun chiqaruvchi organ amalga oshiradi. Mamlakat oliy qonunchilik organlariga ko’ra AQShda bu Kongress, Buyuk Britaniyada Parlament, Germaniyada Bundestag, Rossiyada- Federal Sovet O’zbekistonda esa Oliy majlis amalga oshiradi. O’z navbatida davlat mablag’larini operativ boshqaruvi, davlat moliyaviy apparati tomonidan amalga oshiriladi, apparat strukturasi esa o’z navbatida davlatning boshqaruviga bog’liq. Ular mamlakat moliyaviy siyosatini hayotga tadbiq qilib, tezkor (operativ) moliyaviy rejalashtirishni, hisob-kitob ishlarini va nazoratni amalga oshiradi.
Jahon tajribalari shuni ko’rsatadiki, turli mamlakatlar g’aznachilik organlariga har xil vazifalar yuklatilar, ularning mahalliy xususiyatlaridan kelib chiqqan holda yangi vazifalar yuklatilidi yoki bekor qilinadi. Ba’zi mamlakatlarda g’aznachilik tasdiqlangan byudjet asosida byudjet tashkilotlariga faqatgina resurslar ajratish bilan cheklangan.
G’aznachilikni tashkil etishning asosiy maqsadi davlatning moliyaviy resurslarini samarali boshqarilishiga ta’sir etishdan iboratdir. G’aznachilik deb ataladigan organlar davlat moliyasini boshqarishda taalluqli turli vazifalarni bajaradilar.
Jahon tajribasi shuni ko’rsatadiki har bir mamlakat byudjet tizimi o’z
xususiyatiga ega, davlat tashkiliy tuzulmasi bilan, hududiy-ma’muriy bo’linganligi bilan, iqtisodiy rivojlanish darajasi bilan, uning strukturaviy tuzulmasi bilan ajralib turadi.
Xorijiy mamlakatlarda davlat byudjeti mablag’larini boshqarishning ikki usuli mavjud: Unitar davlatlar ( Buyuk Britaniya, Avstraliya, Frantsiya, Italiya, Yaponiya va boshqalar) boshqaruv ikki bosqichda amalga oshiriladi.
A) Markaziy boshqaruv
B) Mahalliy boshqaruv
Federal davlatlar ( AQSh, Kanada, Rossiya Federatsiyasi, Shvetsariya va
boshqalar) - bularda esa davlat boshqaruvi uch bosqichda amalga oshiriladi.
A) Markaziy boshqaruv
B) Federatsiya a’zolari boshqaruvi
C) Mahalliy boshqaruv
Jahon amaliyotida g’aznachilik, yoki boshqa davlat organlari orqali
boshqarish, davlat moliyasini boshqarish samaradorligini va shu davlat iqtisodiyoti rivojlanishiga xizmat qiladi.
Rivojlangan mamlakatlardagi amalda ishlayotgan g’aznachilikning yagona hisobraqami kontseptsiyalardan va kassadagi naqd pul oqimlarini va pulli operatsiyalarni boshqarishning ushbu usuli: bunda faol g’aznachilikning yagona hisobraqami faoliyat ko’rsatadi va markazlashtirilgan buxgalteriya nazorati amalga oshiriladi. Barcha byudjet mablag’lari g’aznachilikning yagona hisobraqamida to’planadi, to’lovni amalga oshirish uchun so’rovnoma va uni tasdiqlaydigan hujjatlar g’aznachilikka yo’naltiriladi, g’aznachilik nazorat qiladi, to’lovlarni rejalashtiradi va to’lovni amalga oshiradi. Xorijiy mamlakatlar tajribasida, g’aznachilikning asosiy vazifalari bir-biriga o’xshaydi:
 davlat byudjetining kassali ijrosini amalga oshirish;
 davlatning moliyaviy aktivlarini boshqarish;
 davlat qarzlarini boshqarish;
 davlatning moliyaviy resurslarini hisob-kitobini yuritish, yig’ish, ishlash, tahlil qilish tizimini faoliyat ko’rsatishini ta’minlash;
 davlat moliyasining holati to’g’risida doimiy ravishda
hisobotlarni tayyorlash va taqdim qilish;
 moliyaviy nazoratning qoidalarini va mexanizmlarini ishlab chiqish va
amaliyotga kiritish.
Umumiy axborotni tayyorlash muddati hisobotning murakkabligiga bog’liq. Kassa operatsiyalari bo’yicha umumiy axborot har kuni tayyorlanadi, tarmoq vazirliklaridan kengaytirilgan axborotni olish mumkin.Buyuk Britaniyada davlat moliyasini bir qator davlat organlari amalga oshiradilar, biroq ular ichida asosiy o’rinni g’aznachilik egallaydi, unda davlat byudjetini ishlab chiqish, tuzish va bajarish, soliq siyosati, xalqaro moliyaviy munosabatlarni moliyaviy va iqtisodiy rejalashtirish va uning ustidan nazorat qilish yuklatilgan. Bundan tashqari mamlakatda Bojxona bojlari va aktsizlar departamenti va Ichki daromadlarni boshqarish departamenti faoliyat yuritadi. Ulardan birinchisining asosiy vazifasiga bojxona va aktsiz yig’imlarni jamlashdan tashqari, bu sohadagi qonunlarning bajarilishi yuklatilgan, bo’lsa ikkinchisi to’g’ri soliqlarni undirilishini boshqaradi. Mamlakatning davlat qarzlari bilan Angliya Banki shug’ullanadi. Uning huquqlariga zayomlar chiqarish, kapital zayomlar summasini so’ndirish va joriy qarzdorlik bo’yicha barcha operatsiyalarni amalda yuritish kiradi. Yevropa davlatlarining rivojlangan davlatlarida biri Buyuk Britaniyada davlat moliyasini boshqarish quyidagicha taqsimlangan.
Davlat jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyoti uchun zarur bo‘lgan moliyaviy resurslarni tashkil etish va foydalanishga qaratilgan munosabatlar tizimini boshqarishi, tartibga solishi va bu resurslardan samarali hamda oqilona foydalanish ustidan nazoratni amalga oshirishi kerak. Ana shu vazifani bajarish moliyaviy boshqaruvning zimmasiga yuklatilgan.
Moliyaviy boshqaruv murakkab jarayon bo‘lib, boshqa￾riladigan (obyektlar) va boshqaruvchi (subyektlar) tizimlarning yagonaligidan iboratdir. Boshqaruvchi tizim, bu yerda moliyaviy institutlarning (tashkilotlarning) to‘plamidan (majmuidan) iborat bo‘lgan moliyaviy tizimni nazarda tutsa, boshqariladigan tizim esa pul munosabatlari to‘plamidan (majmuidan) iborat bo‘lgan moliyaviy tizimni o‘z ichiga oladi. Bunda moliyaviy boshqaruv jarayoni bir xil tarzda bo‘lmasdan, u bir tomondan, faqat obyektlarni boshqarishni emas, balki ikkinchi tomondan, boshqaruv subyektlarini tashkil qilishni va ular faoliyatini
takomillashtirishni ham o‘z ichiga oladi. Moliyaviy boshqaruvning obyekti sifatida moliyaviy munosabatlarning turli ko‘rinishlari, shu jumladan, davlatning ijtimoiy tuzilishi, mamlakatdagi siyosiy kuchlarning mavqei (nisbati) va qayta taqsimlash jarayonlariga ta’sir ko‘rsatadigan boshqa omillar bilan belgilanadigan o‘ziga xos bo‘lgan moliyaviy munosabatlar maydonga chiqadi. Davlat moliyasi, mahalliy moliya va xo‘jalik yurituvchi subyektlar moliyasida moliyaviy boshqa-ruvning subyekti bo‘lib moliyaviy apparat deb nomlanuvchi maxsus xizmatlar hisoblanadi.Davlatning xo‘jalik yurituvchi subyektlar va uy xo‘jaliklari bilan moliyaviy munosabatlar sohasidagi o‘zaro munosabatlari soliq tizimi, kredit munosabatlarini boshqarish (tartibga solish), moliya bozorini tartibga solish, davlatning qo‘llab-quvvatlash tizimi, pensiya ta’minoti tizimi, ishlovchi aholining daromadlarini tartibga solish mexanizmi va h.k.lar orqali amalga oshiriladi.Moliyaviy boshqaruvning maqsadi makroiqtisodiy muvozanatda, byudjet profitsitida, davlat qarzining kamayishida, milliy valyutaning barqarorligi va mustahkamligida va, nihoyat, davlat va jamiyat barcha a’zolari iqtisodiy manfaatlarining yagonaligida (mushtarakligida) namoyon bo‘ladigan moliyaviy barqarorlik va moliyaviy mustaqillikni ta’minlashdir. Shunga monand ravishda uning asosiy metodologik prinsiplari quyidagilardan iborat:
• pirovard maqsadga bog‘liqlik;
• xo‘jalik barcha tarmoqlarining makroiqtisodiy muvozanatliligi;
• jamiyat barcha a’zolarining manfaatlariga mos kelish;
• iqtisodiy qonunlardan foydalanish;
• real imkoniyatlar asosida ichki va tashqi iqtisodiy
sharoitlarni hisobga olish.
Moliyaviy boshqaruvning konkret metodlari va shakllari
quyidagilardan iborat bo‘lishi mumkin:
• moliyaviy rejalashtirish;
• bashoratlash (prognozlashtirish);
• dasturlashtirish;
• moliyaviy tartibga solish;
• moliyaviy nazorat;
• moliyaviy qonunlarni (qonunchilikni) qabul qilish;
• moliyaviy resurslarni jalb qilish metodlari tizimi.
• moliyaviy resurslarni jalb qilish metodlari tizimi.
Moliyaviy tizimni umumiy boshqarish mamlakatning oliy hokimiyat va boshqaruv organlari tomonidan amalga oshiriladi. Umumdavlat miqyosida moliyaviy boshqaruv tizimi quyidagi boshqaruv organlaridan tashkil topishi mumkin:
• Prezident;
• Oliy Majlis Senati va Qonunchilik palatasi hamda moliya,
byudjet, soliq va bank masalalari bo‘yicha Oliy Majlis har ikki
palatasining tegishli qo‘mitalari;
• Vazirlar Mahkamasi;
• Hisob palatasi;
• Moliya vazirligi va uning quyi, jumladan, G‘aznachilik tizimi
organlari;
• Markaziy bank;
• Davlat soliq qo‘mitasi;
• Davlat bojxona qo‘mitasi;
• Qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha komissiya;
• Byudjetdan tashqari davlat maxsus fondlarining ijroiya
direksiyalari;
( 2-rasm) Eng umumiy ko‘rinishda moliyaviy boshqaruv tizimini:



1 https://qrfinans.uz/about/



2 https://kun.uz/uz/29268091?q=%2Fuz%2F29268091



Yüklə 0,63 Mb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin